Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 05.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vest Xem
      • 06.12.2025 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Arsenal
      • 06.12.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 06.12.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Sanderlend
      • 06.12.2025 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Byornli
      • 06.12.2025 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brentford
      • 06.12.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Chelsi
      • 06.12.2025 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Liverpul
      • 07.12.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 07.12.2025 21:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 06.12.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Malyorka
      • 06.12.2025 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Xetafe
      • 06.12.2025 20:15
      • Alaves
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 06.12.2025 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Barselona
      • 07.12.2025 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Atletiko
      • 07.12.2025 18:00
      • Elche
      • -:-
      • Jirona
      • 07.12.2025 20:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Sevilya
      • 07.12.2025 22:30
      • Espanyol
      • -:-
      • Rayo Valyekano
  • «A» Seriya
      • 06.12.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Fiorentina
      • 06.12.2025 22:00
      • Inter
      • -:-
      • Komo
      • 07.12.2025 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.12.2025 16:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Lechche
      • 07.12.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Roma
      • 07.12.2025 22:00
      • Lasio
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 15 37
2 Real Madrid 15 36
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 15 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 15 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Malyorka 15 14
16 Valensiya 14 14
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Real Ovyedo 15 10
20 Levante 14 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Real Ovyedo - Malyorka
06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futboldagi mashhur ota-o‘g‘illar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mana, mashhur Patrik Klyuyvertning o‘g‘li «Ayaks» safida o‘z debyutini nishonladi, Diyego Simeonening zurriyodi - Jovanni esa allaqachon «Jenoa» uchun biri-biridan muhim gollar urishni boshladi. Madridning «Real» klubida Zayniddin Zidanning butun boshli oilasi shug‘ullanmoqda. Soccer.ru sayti Jastin Klyuyvert debyuti munosabati bilan mashhur futbolchilarning mashhurlikka intilayotgan farzandlariga yana bir bora e’tibor burdi. Albatta, quyidagi ro‘yxatga Kasper Shmeyxel va Denis Cherishev kabilarni ham kiritish mumkin edi. Biroq ular ancha ulg‘ayib qolishdi. Ya’ni endilikda taniqli otalari obro‘si bu futbolchilarga ortiqcha bosim yuklamasa kerak. Xullas, bugun faqat 21 yoshdan kichik yigitchalar haqida so‘z yuritiladi.

Jo van der Sar («Ayaks»; Gollandiya) - 18 yosh, darvozabon

Ma’lumki, «MYU»da dong taratgan taniqli posbon Peter Shmeyxelning o‘g‘li Kasper otasi izidan borib, darvozabonlikni tanladi va o‘tgan yili APL chempionidek yuksak maqomga sazovor bo‘ldi. Biroq «Lester»ning daniyalik golkiperi allaqachon 30 yoshni qoralab qolganini unutmaslik kerak. «MYU»ning yana bir mashhur kiperi Edvinning o‘g‘li esa endi 18 yoshini qarshiladi va kelajagi hali oldinda. Ta’kidlash joiz, Jo 2013 yili kamtarin «Nordviyk»dan «Ayaks» akademiyasiga ko‘chib o‘tdi. Ayni payt esa Amsterdam jamoasi tizimidagi U-19 jamoasi darvozasiga javobgar sanaladi. Klub bosh direktori sifatida ishlayotgan Edvin van der Sar o‘g‘lining harakatlariga hozircha faqat tanqidiy baho berish bilan ovora. Chunki sobiq golkiper yaxshi biladiki, van der Sar familiyasiyoq o‘g‘lining zimmasiga og‘ir mas’uliyat yuklaydi. Demakki, yigitchani shunga yarasha, jiddiy toblab borish zarur.

Kristian Maldini («Redjina»; Italiya) - 20 yosh, markaziy himoyachi

Italiya futbolidagi asosiy sulolalardan birini bilmaydigan muxlis topilmasa kerak. Zero, Maldini familiyasi «Milan» klubida shunchalik obro‘-e’tibor va hurmatga egaki, uning sohiblariga doimo 3-raqam ishonib topshiriladi - bu kafolanlangan. Kristian Maldini  - Paoloning o‘g‘li yoxud Chezarening nabirasi. U ham vaqtida «rossonerlar» yoshlar jamoasida to‘p surib (3-raqamda, albatta), hatto sardorlik darajasiga ko‘tarilgan. Ammo o‘tgan yili yozda «Redjina» safiga qo‘shilib, bu klubdan ijara kelishuvi asosida Maltaga yo‘l oldi. Tabiiyki, bunday yo‘nalish 20 yoshli Kristian uchun unchalik muvaffaqiyatli hisoblanmaydi. Biroq tashvishlanishga hojat yo‘q: Paoloning kichik o‘g‘li, 2001 yili tug‘ilgan Daniel ayni payt aynan «Milan» akademiyasida tahsil olmoqda.

Nayl Kioun («Reding»; Angliya|Ir-landiya) - 21 yosh, markaziy himoyachi

«Arsenal» klubi sharafini himoya qilib, 400tadan ortiq rasmiy o‘yinda maydonga tushgan va afsonaga aylangan Martin Kioun zurriyodi sekin-asta quyidan yuqoriga intilmoqda. Qizig‘i shundaki, Martin  faoliyatini aynan «Reding»da yakunlagandi. Nayl esa barchasini shu klubda boshladi. Kichik Kioun va «Reding» o‘rtasidagi shartnoma 2018 yilning  yozigacha amalda bo‘ladi. Ehtimol, Nayl orzulariga to‘liq erishish uchun kattaroq jamoa safiga ko‘chib o‘tishi kerakdir? Aytgancha, Martin vaqtida Angliya milliy jamoasi sharafini himoya qilgandi, o‘g‘li esa Irlandiya termasini tanladi. Bilmadik, kelajak voqealari qanday rivojlanadi-yu, ammo fakt shuki, kichik Kioun «yashil qo‘shin»ning yoshlar jamoasida bir marta maydonga tushishga ulgurdi.

Jastin Klyuyvert («Ayaks»; Gollandiya) - 17 yosh, qanot hujumchisi

Patrik Klyuyvertning o‘g‘li 2017 yilning 15 yanvarida, ya’ni kuni kecha eredivizion doirasidagi o‘yin-da ilk marta ko‘rinish berdi. Aniqrog‘i, u «Ayaks»ning «Zvolle»ga qarshi o‘yini 39-daqiqasida jarohatlangan Amin Yunes o‘rnini egalladi. E’tiborlisi, kichik Klyuyvert otasidek markaziy hujumchi rolini bajarishni emas, balki qanotda to‘p surishni ma’qul ko‘rmoqda. Chunki Jastin ancha tezkor va aynan qanotda o‘zini erkinroq sezadi. Darvoqe, u bir jihat bo‘yicha hozirning o‘zida otasini ortda qoldirishga erishdi: erta debyut masalasida.

Timoti Vea («PSJ»; AQSH|Liberiya) - 16 yosh, hujumchi

Jastin Amsterdamda to‘p sura boshlagan bir vaqtda uning otasi - Patrik «PSJ» sport direktori lavozimini egallagancha Timoti Vea harakatlarini kuzatmoqda. Ha, 1995 yili «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan mashhur Jorj Vea zurriyodi Klyuyvert nazoratida shug‘ullanmoqda. Timotining hali o‘smir ekanligi va hozirgacha qayd etgan natijalarini e’tiborga olib, bemalol taxmin qilish mumkin: uni porloq kelajak kutmoqda. Chunonchi, yigitcha parijliklar safida o‘smirlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi doirasida «Ludogores»ga qarshi kechgan bitta o‘yinda naq 5ta gol urishni epladi. Agar Timoti xuddi shunday rivojlanish va o‘sishda davom etsa, yana 1-2 yildan so‘ng «kichik Vea» maqomida butun dunyoga tanilsa, ajabmas.

Rivaldinyo («Internasyonal»; Braziliya) - 21 yosh, hujumchi

Rivaldo o‘z o‘g‘li bilan bitta jamoa - «Moji Mirim»da to‘p surishga ulgurdi. Ammo keyinchalik yigitcha otasi qanotidan ajralib, shaxsiy faoliyatini mustaqil rivojlantirishga qaror qildi. Shu tariqa Rivaldinyo 2015-2016 yillar mavsumida Portugaliyaning «Boavishta»si safida o‘ynadi. Lekin bu jamoada o‘zini ko‘rsatishga ulgurmay turib, «Internasyonal» qiziqishlari doirasiga tushdi. Qarangki, Braziliyaning eng ilg‘or jamoalaridan biri o‘z tarixida ilk marta elitadan tushib ketgach, aynan iste’dodli mahalliy yoshlar yordamida yana oliy ligaga qaytmoqchi bo‘lyapti. Tabiiyki, bu Rivaldinyo uchun o‘ziga xos imkoniyatdir. Muhimi, yigitchaning texnikasi havasga arziydigan darajada. Biroq ochig‘ini aytish kerak, Rivaldinyoda otasiga xos mehnatsevarlik va sabr xislatlari yetishmayapti, chog‘i. Ehtimol, bu kamchiliklar ulg‘aygani sari yo‘qolib borar...

Enso Zidan Fernandes («Real»; Fransiya|Ispaniya) - 21 yosh, hujumkor yarim himoyachi

Barchaga ma’lum - Ensoning otasi ayni vaqt «Real» bosh murabbiyi vazifasini munosib bajaryapti. Aynan Zayniddinning qarori bilan Enso yaqinda «Qirollik klubi»da ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazdi. Qolaversa, u «Qirol kubogi» doirasida «Leones»ga qarshi kechgan ushbu uchrashuvda raqib darvozasini nishonga olishni ham uddaladi. Biroq tan olish lozim, Enso 22 yoshga qadam qo‘yayotgan bo‘lsa hamki, hanuz «Kastilya» darajasida yuribdi. Aftidan, uning  uchun o‘z baxtini Madriddan tashqarida qidirib ko‘rish yaxshi, shekilli.

Yanis Xadji («Fiorentina»; Ruminiya|Turkiya) - 18 yosh, hujumkor yarim himoyachi

Yanis katta futboldagi faoliyatini Ruminiyaning «Vitorul» klubida, «Karpat Maradonasi» laqabi bilan tanilgan otasi - George Xadji qo‘l ostida boshladi. Muhimi, yigitchaning maydondagi harakatlari shunchalik e’tiborni  tortdiki, Yevropadagi ko‘pgina mashhur klublar unga darhol alohida qiziqish bilan qarashdi. Da’vogarlar orasida esa Italiyaning «Fiorentina» klubi qat’iyatliroq va jur’atliroq chiqib, Yanis uchun 2 million yevro sarflashdan tiyilmadi. Shunday qilib, kichik Xadji o‘tgan yilning oktyabrida «A» seriyasida debyut qildi, ya’ni «Kalyari»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Jovanni Simeone («Jenoa»; Argentina|Ispaniya) - 21 yosh, hujumchi

Yanis hozircha Italiya chempionatida debyutini nishonlaganidan quvonib yurayotgan bo‘lsa, «Atletiko» murabbiyining o‘g‘li hisoblangan Jovanni «A» seriyasida muntazam ravishda maydonga tushib, «Jenoa» uchun ketma-ket gollar urmoqda: 18ta o‘yinda 7ta gol. Eslatish o‘rinli, turinliklar Jovannini avgust oyida 3 million yevro evaziga xarid qilishgandi. Hozirga kelib esa, yosh futbolchining narxi 8 millionga ko‘tarildi.

Xorxe Gonsales Sans («Fordxem», Nyu-York; Ispaniya) - 16 yosh, hujumchi

Aytishlaricha, Xorxe o‘yin harakati bo‘yicha otasi - Raul Gonsalesning o‘zginasi ekan. Yigitcha amaldagi futbolchilardan esa, Alvaro Morata uslubiga ko‘proq maftun. Shunga qaramay, Xorxening kelajagi haqida hozirdan bir narsa deyish qiyin. Zero, u futboldagi ilk saboqlarni Madrid emas, Nyu-Yorkda o‘zlashtirdi. Marca nashrining ta’kidlashicha, Xorxe AQSH talabalar ligasidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘lib turibdi. Aytgancha, Raulning yana bir o‘g‘li - 13 yoshli Ugo «Nyu-York Siti» akademiyasida tahsil olmoqda. Kim biladi, ikki o‘g‘lidan biri balki o‘zi kabi mohir goleador bo‘lib yetishar hali...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:51, 09.02.2017. O'qildi: 14970 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 8
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Эспаньол Pere Milya 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.