Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lushchan ichmagan edi! Yoxud Sardor Rashidov va Sergey Lushchan «so‘z olishuvi»ga bir nazar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Toshketning «Bunyodkor» klubi 20 yosh atrofidagi yigitlari bilan Qatarning badavlat «Al Jaish» klubini mag‘lub etdi va Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi. Taqsinga sazovor natija. O‘yindan keyin maydon tashqarisida va matbuot anjumanlarida ko‘pchilikning e’tiborini tortadigan vaziyatlar bo‘ldi. Lushchan Dilshod Ahmadaliyev «Al Jaish» hujumchisi Sardor Rashidovga umuman o‘yin bermaganini aytdi. Sardorga esa bu yoqmadi chog‘i, murabbiyni ichgan bo‘lishi mumkin dedi. Xullas, bizda ham jahon futbolidagi kabi shov-shuvli voqealardan biri sodir bo‘ldi. Bundan har kim har narsani angladi. Biz esa quyidagilarni…

Sardor qanday futbolchi?

O‘sha kuni Lushchan Sardorni kamsitadigan gap aytgani ham yo‘q. Ko‘pchilik uning gaplariga xamirturush qo‘shib, bo‘rttirdi. Lushchan Sardorning Osiyodagi eng kuchli qanot hujumchilaridan biri ekanini, Ahmadaliyev unga o‘yin bermaganini aytdi? Qani bu yerda noprofessionallik? Sardor «Bunyodkor»da o‘ynab yurgan vaqtida, xususan, Osiyo chempionatida o‘ynagan vaqtida o‘zining eng yuqori sport formasida edi. Keyin Qatarga ketdi va tan olish kerak (futbolchining o‘zi hech qachon tan olmasa ham), o‘yinida pasayish kuzatildi. Qatar chempionati bizdan kuchli demoqchimisiz? Kechirasiz, faqat nomlarga uchmang. Birorta o‘yinida stadion to‘lmaydigan, mikrofonda qo‘shiq kuylanadigan, falon-falon qariyalar o‘ynaydigan havaskor chempionatni kuchli deb bo‘lmaydi.

Qatarga pul topish uchun boriladi, xuddi Malayziya, BAA, Xitoyga borilgani kabi. Sardor ham shu maqsadda bordi. U Qatarda o‘yin sifatini yaxshilash uchun bormaganini hamma biladi. «Bunyodkor»da esa yangi avlod futbolchilari yetishib chiqishni boshladi. Sardor hamon mamlalatimizdagi eng talantli futbolchi, Qatar chempionatida to‘purarlardan, Osiyoda eng kuchlilardan biri, lekin u Qatarga ketib, orqaga qadam tashladi. Shu sabab bizdan chiqayotgan yangi futbolchilarning unga o‘yin bermayotganiga ko‘nishga majbur. Bu normal holat. U ketdi. Endi yana yaxshilar chiqmoda.

Kimning futboli oldinda?

Arab futboli vakillari Osiyoda o‘zlarini tengsiz deb hisoblashadi. Buni ularning o‘zlarini tutishidan bilsa bo‘ladi. Lekin iqtisod birinchi o‘rinda bo‘lgan asrimiz talablaridan kelib chiqib fikr yuritsak. Sardor Jizzaxda futbol sirlarini o‘rgandi. U mamlakatning eng o‘ziga tinch jamoasi «Bunyodkor»ning e’tiborini tortdi. Klub akademiyasida bir muddat o‘ynagach, Mirjalol Qosimov uni asosiy jamoada o‘ynatdi. Terma jamoadagi birinchi o‘yinida gol urdi, bosh jamoaning asosiy hujum kuchiga aylandi. Osiyo Kubogida o‘zini ko‘rsatdi va 2,1 million dollar evaziga o‘zi aytganiday La Liga jamoasiga emas, Qatarga yo‘l oldi. Unga qilingan xarajat – 0 so‘m, yoki dollar. Uning transferidan qilingan foyda – 2,1 million dollar. Xo‘sh, kim rivojlangan? Bizning biror klubimiz Qatardan futbolchi olishini tasavvur qila olasizmi? O‘zi shunday futbolchi bormi Qatarda? Yo‘q. Bo‘lmagan ham. Kuintana Urugvaydan, yana boshqa futbolchilar Afrika-yu Yevropadan. Birgina Rashidov va Ahmadaliyev misolida Osiyo futbolida qaysi mamlakat to‘g‘ri rivojlanish yo‘lidan borayotgani ko‘rindi. Sardor uchun million dollarlab sarflagan qatarliklarni uning ortidan yetishib chiqayotgan Ahmadaliyevlar ortda qoldirishdi.

Endi qatarliklar Shomurodov, Hamdamovlarni ko‘zlashayotgandir. Har yili o‘nlab yosh futbolchi chiqarayotgan O‘zbek futboli shubhasiz Osiyodagi eng to‘g‘ri rivojlanish yo‘lini tanlagan mamlakatlardan biri. Eron, Yaponiya, Koreya qatorida. Faqat ba’zi tizimlardagina muammolar bor. Jiddiy muammolar. Eng asosiysi, bizda resurs bor. Butun futbolimizni qurilishga o‘xshatsak, bizning Rashidovlar, Hamdamovlar, Masharipovlar – xomashyo. Qosimovlar, Abramovlar, Lushchanlar – ustalar. Bu borada juda ortdamasmiz. Lekin… To‘g‘risi, ish beruvchilarda muammo bor. Agar mana shu sohani yaxshilasak, sezilarli darajada oldinga siljiymiz. Axir eslang, bir vaqtlar Maminov, Pashinin qilib Rossiya-yu Gruziyadan futbolchi olib yurardik. Qaysi mamlakatda bosh murabbiy tarkib tanlashda boshi aylanib qolsa, o‘sha yerda futbol rivojlanmoqda. Mana, bizda Babayan juda ko‘p variantlar orasidan Islom To‘xtaxo‘jayevni o‘ng qanot himoyasida o‘ynatmoqda. Kerak bo‘lsa bu chiziqda Davron Hoshimov ham, Shuhrat Muhammadiyev va Akmal Shorahmedovlar ham o‘ynay oladi.

Rashidov va Figu

Luish Figu «Barselona»dan to‘ppa-to‘g‘ri «Real»ga o‘tib ketgan va Kataloniyadagi birinchi tashrifi hech qachon uning yodidan ko‘tarilmaydigan bo‘ldi. Rashidovning o‘yindan keyin «Bunyodkor» futbolchilari bilan gap talashgani va o‘yindan keyin Lushchan haqida aytgan gaplariga unchalik ham jiddiy qarash kerak emas. O‘z navbdatida Lushchanning ham Rashidovni himoyachimiz «eb qo‘ygani» haqida aytgan gaplarini ham. Biri g‘alabadan sarmast murabbiyning shogirdi o‘yinidan zavqlanib, aytgan fikrlari. Biri mag‘lubiyatdan alamzada futbolchinining asabiylashgandagi holati. O‘tgan yil Sardor «Nasaf»ga gol urib, xursand bo‘lganida bir guruh muxlislar chiqishgandi uni qoralab. Nima, «Nasaf»da uning kindigini kesishganmidiki, gol urgach, qo‘llarini ko‘tarib, uzr so‘rasa? Masalan, Mata «MYU» safida «Real» yoki «Barselona»a gol ursa, nishonlamaydimi? Butun stadionni boshiga ko‘taradi. Shunday ekan ikki tomonni ham ayblash kerak emas. Lekin bir narsa aniq – Lushchan o‘sha kuni ichmagan edi…

O‘tkir JALOLXONOV

Manba: «Erudit Sport» gazetasi

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 13:55, 28.02.2017. O'qildi: 23351 marta. Fikrlar: 20 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.