Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Interfutbol.uz blogida: O‘zbekiston terma jamoasi statistikasiga nazar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mart oyiga belgilangan FIFA kunlari ham ortda qoldi. Osiyoda JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichi 6-7-turlaridan so‘ng har ikki guruhda yetakchilar mavqesi nisbatan yaxshilandi.

Mehdi Taremi (Eron) va Mettyu Leki (Avstraliya) esa ketma-ket 2ta o‘yinda gol urishgani bilan e’tiborga tushishdi. Diqqatga sazovor tomoni, O‘zbekiston milliy jamoasi joy olgan «A» guruhi doirasidagi 6ta o‘yin ham 1:0 (yoxud 0:1) hisobi bilan xotima topdi.

*** Ayni paytga kelib, OFK miqyo-sidagi JCH-2018 mundiali saralash bosqichlarida jami 206ta o‘yin o‘tkazildi va ularda 615tagol qayd etildi.

*** Muhammad al Sahlaviy (Saudiya Arabistoni)va Ahmad Xalil (BAA) 15tadan gol bilan saralash sikli to‘purarlari bo‘lib turishibdi.

*** Qit’amizda mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan 12ta jamoadan birgina Tailand termasida nazariy jihatdan ham imkoniyat qolmadi. Qatar va Iroq termalari esa faqat «pley-off» raundiga chiqish uchun kurashni davom ettirishlari mumkin. Lekin ularning bu boradagi imkoniyatlari minimal darajada past.

*** O‘yinlarni jami 38 008 273 muxlis bevosita stadionlarda kuzatdi. Demakki, har bir o‘yinga o‘rtacha hisobda 18 487 muxlis to‘g‘ri kelmoqda.

*** O‘zbekiston terma jamoasi vakillari JCH-2018 saralash raund-larida jami 19ta sariq kartochka olishdi: Aziz Haydarov (3ta), Javohir Sohibov (2ta), Yegor Krimes (2ta), Sardor Rashidov (2ta), Islom To‘xtaxo‘jayev (2ta), Anzur Ismoilov (2ta), Odil Ahmedov (2ta), Server Jeparov (1ta), Davron Hoshimov (1ta), Aleksandr Lobanov (1ta) va Marat Bikmayev (1ta).

*** Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov mundial saralashi hisobidan 9-golini nishonladi. Milliy jamoamizning 69ta o‘yini (mundial saralashi - 42ta, Osiyo kubogi saralashi va final bosqichi - 18ta, o‘rtoqlik bahslari - 9ta)da qatnashgan Odil atigi 2 marta zaxiradan maydonga tushgan va 3tagina sariq kartochka olgan. Shuningdek, uning hisobida 1ta «qizil» ham bor.

*** Qatar termasiga qarshi uchrashuvda sariq kartochka olgan Aziz Haydarov terma jamoamizning mundial saralashi doirasidagi jami 31ta o‘yini (21ta g‘alaba, 2ta durang, 8ta mag‘lubiyat)da maydonga tushib, 1ta gol urgan va 5 marta ogohlantirilgan. Haydarov jahon chempionatlari saralashidagi debyutini 2007 yilning 28 oktyabr kuni Xitoy Taypeyi termasiga qarshi safar bahsi (2:0)da nishonlagandi.

*** Milliy jamoamiz shu kungacha JCH-2018 saralashi o‘yinlarida 30 nafar futbolchiga tayandi. O‘yin qaydnomasiga kiritilgan yana 17 nafar futbolchiga esa maydonga tushish nasib etmadi.  Umuman, joriy saralash siklida terma jamoamiz safida eng ko‘p o‘yinda qatnashgan futbolchi Igor Sergeevdir. U 15ta uchrashuvda jami 1264 daqiqa harakatlanib, 4ta gol urdi.

*** Qatar termasiga qarshi bahsda maydonga tushgan futbolchilarimiz orasida eng yoshi kattasi - Server Jeparov. U o‘sha kuni 34 yosh 5 oy 25 kunlik edi. Bu milliy terma jamoamiz tarixidagi 3-yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

*** Suriya termasi Osiyoning JCH saralash bosqichida eng ko‘p qatnashib, mundialga biror marta chiqolmagan jamoasi hisoblanadi. Qadim Shom yurti vakillari 1950 yildan buyon naq 13ta siklda o‘z omadlarini sinab ko‘rishgan. Lekin ularning birortasi yakunida oliy maqsadga yetolmaganlar. Bu borada jahon antirekordi Lyuksemburg termasiga tegishli. UYEFAning ushbu kamtarin a’zosi hisobida  19ta omadsiz urinish bor.

*** Eron terma jamoasi posboni Alirizo Safar Beyranvand uchinchi raund davomida 6ta o‘yinda maydonga tushib, ularda birorta gol qo‘yib yubormadi. U bu masalada jahon miqyosida Jo Xart (Angliya, 5ta «quruq» o‘yin) va Jeymi Penedo (Panama, 5ta)dan o‘zib ketdi. Forslar posboniga OFK miqyosida Yosir al Musaylim (Saudiya Arabistoni, 4ta), Ibrohim Almeh (Suriya, 4ta) va Aleksandr Lobanov (O‘zbekiston, 4ta) raqobat taqdim etishlari mumkin.

*** O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari qatarliklar bilan o‘yinda

Bu hali hammasi emas, davomi bu yerda

Kiritildi: 18:29, 06.04.2017. O'qildi: 11247 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик