Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xorijdagi legionerlarimizdan xabarlar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Yutuqlar
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Xorijda to‘p surayotgan futbolchilarimizning ahvoli qanday?

Tursunovdan gol. Hamyurtimiz Sanjar Tursunovning klubi - «Al-Huraytiyat» Qatar Yulduzlar ligasi 25-turida «Al-Muaydar» maydoniga safar qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan Sanjar jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. «Al-Huraytiyat» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 31taga yetkazib, 7-o‘ringa chiqib oldi.

Shoahmedov ham gol muallifi. «Al-Sadd» - «Al-Sayliya» uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi. Mehmon jamoaning dastlabki goli Sanjar Shoahmedov tomonidan urildi. «Sayliya» safidagi Temurxo‘ja Abduxoliqov ham o‘yinda faol harakatlandi. Ikki hamyurtimizni o‘z tarkibiga jamlagan jamoa chempionat tugashiga 1ta tur qolganida 28 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Ahmedov «asosiy»da. Xitoy super-ligasida 4-tur ortda qoldi. «Shanxay SIPG»  uning doirasida chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqiblaridan biri - «Shandon Luneng»­ni qabul qilib, 2:1 hisobida ustun keldi. Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov to‘liq 90 daqiqa faol to‘p surib, shanxayliklar g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Muhimi, «SIPG» ushbu natijadan so‘ng musobaqa jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. Villash-Boash jamoasi hisobida 9 ochko bor.

Krimes hamon chetda. «Pekin Guoan» o‘z maydonida «Xenan Jianye» bilan kuch sinashib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. Klub safidagi hamyurtimiz Yegor Krimes bu safar ham tarkibga kiritilmadi. Umuman olganda, terma jamoamiz himoya­chisi joriy mavsum hali biror marta maydonga tushmadi.

Haydarov jamoasida durang. «Al-SHabab» BAA chempio­nati 22-turida «Xatta»ni mehmon qilib, 1:1 hisobi bilan kifoyalandi. «Shabab» sharafini himoya qilayotgan terma jamoamiz yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur uchrashuvda to‘liq vaqt o‘ynadi va sariq kartochka oldi. Ayni payt «Al-SHabab» 26 ochkoga ega va musobaqa jadvalining 8-pog‘onasini egallab turibdi.

Fomin OFK kubogida. Ummonda o‘ynayotgan Maksimilian Fomin o‘tgan hafta OFK kubogi 4-tur bahsida maydonga tushdi. Biroq uning klubi - «Saham» o‘z maydonida «Al-Vihdat» (Iordaniya)ni yengish uddasidan chiqolmadi. Umuman, hamyurtimiz 1:1 hisobida yakunlangan mazkur uchrashuvda to‘liq vaqt davomida harakatlandi. 4-turdan so‘ng «Saham» hisobida atigi 3 ochko bor va u guruhda 3-o‘rinda boryapti.

Musayev haqida videolavha. Yaponiyadagi yagona legionerimiz Fozil Musayevning jamoasi -  «Jubilo Ivata» J-ligasi 6-turida «Yokogama» mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berli. Hamyurtimiz bu safar ham jamoasining boshlang‘ich tarkibidan joy oldi. Mag‘lubiyatga qaramay, avvalgi 5ta o‘yinda 10 ochko olgan «Ivata» 7-o‘rinda qoldi. E’tiborli tomoni, Musayev harakatlari «Jubilo» muxlislarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shuni inobatga olgan Jubilo TV futbolchimiz haqida alohida videolavha tayyorladi. Fozil unda o‘zining kuchli taraflari, klub maqsadlari va jamoadoshlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

Xorijliklar uchun qo‘shimcha to‘lov. Shimkentning «Ordabasi» klubi yana 2 nafar legionerni ro‘yxatga kiritish uchun qo‘shimcha pul to‘ladi. Bu haqda vesti.kz sayti xabar tarqatdi. Qozog‘iston chempionati reglamentiga ko‘ra, klublar «zayavka»sidagi futbolchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak va ulardan 22 nafari mahalliy bo‘lishi shart. Agar klub yana 2 nafar xorijlikni ro‘yxatga kiritishni istasa, har biri uchun 35 million tenge to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Ayni payt «Ordabasi» tarkibida 10 nafar legioner bor: Pablo Fontanelyo (Italiya|Argentina), Zoran Rendulich (Serbiya), Abdulla Diakate (Senegal), Nikita Bocharov (Rossiya), Kirill Kovalchuk (Ukraina|Moldova), Otar Marsvaladze (Gruziya), Pres­lav Yordanov (Bolgariya), Aleksandr Geynrix (O‘zbekiston), Aleksandr Simchevich (Serbiya) va Gogita Gogua (Gruziya). Xullas, klub me’yoridan ortiq 2 nafar xorijlik uchun 70 million tenge to‘ladi. «Ordabasi»ning oxirgi turdagi natijasiga kelsak, jamoa «Taraz» maydonidan mag‘lub holda qaytdi - 1:2. Geynrix mazkur uchrashuvning 57-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. «Atirau» sharafini himoya qilayotgan Shavkat Salomov esa «Astana»ga qarshi kechgan va 0:1 hisobida tugagan mag‘lubiyatli o‘yinda 86 daqiqa to‘p surdi.

Azizov «dubl» muallifi. Qirg‘iziston chempionatiga ham start berildi. Hamyurtimiz Alisher Azizovning klubi - «Dordoy» dastlabki turda «Qorabolta» (bu klub safida ham vakilimiz bor - Shohruh Murotov)ga qarshi bahs olib borib, 3:0 hisobida g‘alaba  qozondi. E’tiborlisi, Bishkek jamoasining 2ta goli Alisher Azizov hisobiga yozildi.

Kleskov uchun noxush debyut. Shampionat.asia sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston termasi va «Paxtakor» klubi sobiq himoyachisi Aleksandr Kleskov Gruziya oliy ligasi (Erovnuli-liga) ishtirokchisi - «Shukura» bilan shartnoma tuzdi. Kobuleti shahri jamoasi chempionatning dastlabki 6ta turidan so‘ng atigi 2 ochkoga ega va 10ta ishtirokchi orasida so‘nggi pog‘onani band etib turibdi. «Shukura» avvalgi hafta o‘z uyida peshqadam - «Lokomotiv» (Tbilisi)ga 0:5 hisobida yutqazdi. Kleskovning Gruziya chempionatidagi debyuti shu o‘yinga to‘g‘ri keldi. U yangi jamoa­sida 27-raqam ostida maydonga tushdi.

Guseynov jamoasi 2-o‘rinda. Tai­land birinchi divizioni 10-turi Javlon Guseynov va «Chainat Xornbill» klubiga omadli keldi. Ya’ni jamoa o‘z maydonida «Krabi»ni 4:1 hisobida yenggan uchrashuvda Guseynov to‘liq vaqt  harakatlandi. «Chainat» 10ta o‘yindan so‘ng 21 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda.

Sharofutdinovning muhim goli. Malayziya super-ligasining navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Tarkibida ikki nafar futbolchimiz - Farhod Tojiyev va Dilshod Sharofutdinov to‘p surayotgan «T-Tim» jamoasi bu safar «Perak» mehmoni bo‘ldi va 2:2 hisobini qayd etdi. «T-Tim»ning ortga 1 ochko bilan qaytishida Sharofutdinov urgan gol katta ahamiyatga egaligi o‘z-o‘zidan tushunarli.

Pardayev zaxira vakili. Bahodir Pardayevning yangi jamoasi - «Bucheon 1995» Janubiy Koreya birinchi divizioni navbatdagi turida «Seongnam»dan ustun keldi - 2:1. Bahodir Pardayev bu uchrashuvning 71-daqiqasida zaxiradan safga qo‘shildi.

Denisov jamoasi finalga chiqdi. Rossiya kubogi yarim finalida «Ufa»ga qarshi o‘ynagan Moskvaning «Lokomotiv» jamoasi yagona gol evaziga zafar quchib, hal qiluvchi uchrashuvga yo‘l oldi. Terma jamoamiz himoyachisi Vitaliy Denisov mazkur uchrashuvda safga qaytdi. Ya’ni jarohat sabab, ma’lum vaqt chetda qolgan ham­yurtimiz 75-daqiqada Ignatyev o‘rnini egalladi. «Temiryo‘lchilar» chempionat doirasida esa «Rostov» bilan to‘qnash kelishdi. O‘yin 0:0 hisobida tugadi va Denisov 90 daqiqa to‘p surdi. Yana bir hamyurtimiz Vadim Afoninning jamoasi - «Orenburg» 22-tur o‘yinini kecha mehmonda «Ural»ga qarshi o‘tkazdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:20, 11.04.2017. O'qildi: 7459 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик