Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ingliz «Barselona»sining ustozi bilan tanishing

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyada «Born­mut» klubini ingliz «Barselona»si, uning yosh, lekin tajribasizlik o‘rnini tinimsiz izlanishlar bilan to‘ldirayotgan murabbiyi - Eddi Xauni mahalliy «Benazir» deya sharaflashmoqda. FootballHD.ru sayti ijodkorlari ushbu mutaxassis haqida quyidagi maqolani havola etishdi.

30ga chiqmay, butsalarini mixga ilgan paytida, Eddi oldinda qanday kelajak kutib turganidan batamom bexabar edi. Aksariyat sportchilar kabi u ham jarohat tufayli sevimli mashg‘ulotidan barvaqt xayr­lashishga majbur bo‘ldi.

Odatda, suyukli jamoadan ayrilish juda qiyin. Biroq Xauning baxtiga, bunday judolik alamini tatib ko‘rish nasib etmadi - 2006 yil dekabrda «olchalar» ustozi Kevan Bond o‘z shogirdini o‘ynovchi murabbiy lavozimiga taklif etdi. Shu tariqa u murabbiylik va menejment olamiga qadam qo‘ydi. Aniq maqsad sari intiladigan futbolchilik va murabbiylik sohalarining uyg‘un jihatlari ko‘p bo‘lsada, ular o‘rtasidagi tafovut ham sezilarli. Vaholanki, mutasaddilar murabbiydan ham, futbolchilardan ham qisqa vaqt ichida ulkan muvaffaqiyatlarni talab etishadi.

Xau saviyali futbolchi edi. Murabbiylik faoliyatining ilk kunlaridanoq buyuklik anqiy boshladi. Chindan ham, kimlardir uddaburon yetakchi rahbarligida zafarlarga erishadi, boshqalar esa dovyurak jangchilarini nurli manzillar sari yetaklashidan umidvor bo‘ladi. So‘nggi natijadan kelib chiqsak, Eddi Xau yo‘lboshchi bo‘lish uchun yaralgandek.

Futbolchilik davrida «Din Kort»da qulay sharoitlarga ega emasdi. Aks holda, u jarohatidan to‘la-to‘kis qutulib, yana bir necha yil bemalol to‘p surardi. Afsuski, taniqli shifokor Richard Stedman ko‘rigidan o‘tish uchun AQSHga borganida vaqt o‘tib bo‘lgandi - noto‘g‘ri tashxis va muolajalar tufayli futbolchi sport formasini yo‘qotib ulgurgandi. Shu bois o‘z vaqtida Ronaldo va Alan Shirerga ikkinchi futbol faoliyatini hadya etgan shifokor Xauga yordam berolmadi. Futbolchi uchun asosiy ustunlik hisoblangan sakrash qobiliyatini tiklashning iloji topilmadi. Bo‘yi unchalik baland bo‘lmagan himoyachi esa aynan shu xususiyati evaziga talab darajasida o‘ynay olishini yaxshi bilardi.

Asosiy «kuziri»dan judo bo‘lgach, Xau achchiq taqdirga tan berdi. Shu tariqa himoyachi ko‘p vaqtini maydonda emas, balki zaxira o‘rindig‘ini isitish bilan o‘tkazdi. Ana shu  salbiy holat - «ortiqchalik»dan ham samarali foydalandi - jamoadoshlarining maydondagi harakatlarini chetdan turib kuzatdi, qayerda qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yayotganlarini qunt bilan o‘rgandi. Muhimi, Eddi maydon tashqarisidan jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘ldi.

Taqdir taqozosi bilan 2009 yil yanvarda jamoa bosh murabbiyi Jimmi Kvinn iste’foga chiqarildi. Mutasaddilar o‘ylab o‘tirmay, sobiq futbolchiga murojaat qilishdi. O‘qimay uqqan mutaxassis yeng shimarib ishga kirishdi. Rejalashtirib qo‘ygan g‘oyalarini amalga oshira boshladi. Albatta, avvaliga jiddiy sinovlardan o‘tishiga to‘g‘ri keldi. «Bornmut» moliyaviy muammolar girdobida qolib, jangovarlikni butunlay boy bergandi.

Shu bois muxlislar undan hech narsa kutishmagandi. Jamoaning quyi divizionga tushib ketishiga oldindan ko‘nikma hosil qilishgandi. Yosh murabbiy bor kuchini o‘zi uchun yaxshi tanish bo‘lgan soha - futbolga sarflay boshladi. Moliyaviy hamda salbiy masalalarni mutasaddilar ixtiyoriga havola etdi. Bosh murabbiylik lavozimini egallashi futbolchilar kayfiyatini ko‘tardi, ishlar yurisha boshladi. Natija ketidan natija kela boshlagach, muxlisu futbolchilar yuzida tabassum paydo bo‘ldi. Quyi divizionga tushib ketish xavfi ostida turgan jamoa nafaqat elitadagi o‘rnini saqlab qolish, balki yuqoriga ko‘tarilishni ham uddaladi. Biroq muxlislar yosh mutaxassisning muvaffaqiyatlaridan qanchalik quvongan bo‘lsalar, jamoaning kelajak taqdiri xususida shunchalik jiddiy xavotirga tushib qoldilar.

Chunki Eddi Xauni o‘z jamoasiga jalb qilish istagidagilar ko‘paydi. Yosh murabbiy bir qator takliflarni rad etgan bo‘lsada, «Byornli»ning chorlovidan voz kecha olmadi - o‘zining eng yaqin maslakdoshi Jeyson Tindall bilan birgalikda «Tyorf Mur»­ga yo‘l oldi. Yangi jamoada «Bornmut» muvaffaqiyatining takrorlanishidan mutasaddilar ham, muxlislar ham umidvor edilar.

Xullas, «Byornli»da ishlar yurishmadi, Eddi ham u yerda uzoqroq ishlashni istamadi. Ustiga-ustak, kutilmaganda onasi Enn vafot etgach, ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Xau uni jonidan ortiq ko‘rar, og‘ir damlarda volidasi maslahatlariga quloq tutardi. Futbolda erishayotgan yutuqlarini onasiga bag‘ishlardi. Judolikdan so‘ng bor alamini ishdan olishga qaror qilgan mutaxassis yanada ko‘proq

Bu hali hammasi emas, davomi: www.iff.uz

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 16:19, 17.04.2017. O'qildi: 8167 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик