Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 11.09.2025 18:30
      • Mash’al
      • 2:1
      • Sho‘rtan
      • 12.09.2025 18:30
      •   So‘g‘diyona
      • 3:1
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      •   Navbahor
      • 0:0
      • Surxon
      • 13.09.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 13.09.2025 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Neftchi
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Mash’al 21 21
13 Xorazm 20 19
14 Qo‘qon-1912 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 21 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro
21-тур Mash’al 2-1 Sho‘rtan
21-тур So‘g‘diyona - OKMK
21-тур Navbahor - Surxon

Navbatdagi o'yinlar.

12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3995 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1691 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 32 muhim voqea

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Amaldagi Oltin to‘p sohibi Krishtianu Ronaldu 32 yoshga to‘ldi va shu munosabat bilan Ispaniyaning sport nashri jurnalistlari portugaliyalik taniqli futbolchi karyerasida o‘ta muhim o‘rin tutgan 32 muhim voqeaga e’tiborni qaratishni lozim topishdi.

 1. Lissabonga ko‘chib o‘tish

Krishtianu Ronaldu 11 yoshga to‘lganida hayotidagi balki eng muhim qarorga keldi - quyoshli Madeyrani olovli Lissabonga almashtirdi. Albatta, bu bolakay uchun ma’lum bir stressni ham keltirib chiqargani aniq, ammo aynan uning futbolchi sifatida qaror topishida va intizomga o‘rganishida katta o‘rin tutdi. Krishtianu 17 yoshga to‘lganida Lissabonning birinchi jamoasi - «Sporting»da o‘z debyutini o‘tkazdi: voqea Chempionlar Ligasiga chiqish bosqichida Milanning «Inter» klubiga qarshi bahs doirasida yuz berdi.

2. Yurak bilan bog‘liq muammolar

Krishtianu 15 yoshga to‘lganida barchasi boshqacha kechishi mumkin edi: o‘shanda o‘smir yuragida operasiya o‘tkazildi - shifokorlar buning sababini Krishtianu haddan ortiq jismoniy zo‘riqishlarga zo‘r bergani bilan bog‘lashdi. Amaliyotdan so‘ng yurak normal faoliyat ko‘rsata boshladi va buni uning futbolchilik faoliyatidagi ilk muvaffaqiyat deb baholash mumkin.

3. Portugaliya termasidagi debyut

2003 yilning 20 avgustida Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida debyutini o‘tkazdi. Voqea Qozog‘iston milliy termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuviga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, futbolchi aynan mazkur bahs karyerasidagi o‘ta muhim voqea sifatida qolishini qayd etdi.

4. Superklubga o‘tish

2003 yilning yozida Krishtianu Ronaldu ko‘hna qit’a futboli elitasiga yorib kirdi - Aleks Fergyusonning «Manchester Yunayted»iga Yevropadagi kelajagi porloq futbolchilaridan biri sifatida o‘tdi.

5. Birinchi sovrin

Krishtianuning «Manchester Yunayted»dagi ilk mavsumi u darajada ishonchli chiqmagan bo‘lsa-da, «qizil iblislar» tarkibida o‘zining ilk sovrinini - Angliya kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Albatta, «MYU»ga omadsiz kelgan mavsumni saqlab qolish uchun bu yetarli emasdi va klub finalda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, Ronaldu esa hisobiga ilk golini yozib qo‘ydi.

6. Portugaliyadagi ko‘z yoshlar

2004 yil Portugaliya Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi va asosli ravishda unda g‘olib bo‘lishni rejalashtirgandi. Aytish mumkinki, terma muvaffaqiyatga erishishiga bir qadam qolgan ham edi, eng achinarlisi esa bunday sharafga erishishga Otto Rexagel yetakchiligidagi kamtaringina Gresiya termasi to‘g‘anoq bo‘ldi. Angelos Xaristeasning final uchrashuvida kiritgan goli butun Portugaliyani motamga burkadi, butun mamlakat bilan Krishtianu ham yig‘ladi.

7. UYEFAning ramziy termasi

2004 yili Krishtianuning kelajagini belgilab beradigan yana bir voqea yuz berdi: aynan o‘shanda u yil yakunlariga ko‘ra ilk bor UYEFAning ramziy termasidan o‘rin oldi. Krishtianu bilan birga ramziyga Manishe, Ronaldinyo va Nedved kabi taniqli futbolchilar, shuningdek, 4ta eng yaxshi yarim himoyachi kiritilgandi. Eng yaxshi 2 himoyachi sifatida esa Tyerri Anri va Andrey Shevchenko e’tirof etildi.

8. Otasining o‘limi

2005 yilning 7 sentyabri tongida, Portugaliya termasi Moskvada JCHning saralash bosqichi doirasida Rossiya termasiga qarshi o‘tkaziladigan bahsga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda, Luiz Felipe Skolari Krishtianuga otasi vafot etganligini ma’lum qildi. Futbolchi bu musibatni haqiqiy erkaklarga mos tarzda qabul qildi - terma jamoa tarkibida qolibgina qolmay, Rossiya termasiga qarshi uchrashuvning boshidan-oxirigacha maydonda to‘p surdi.

9. Jahon chempionati yarim finali

Krishtianu o‘zining birinchi jahon chempionatidayoq (2006 yili) terma jamoasi bilan finalda to‘p surishi mumkin edi. Ammo Zinedin Zidanning - Krishtianuning Madridning «Real» jamoasidagi ustozining goli portugaliyaliklarni uchinchi o‘rin uchun nemislarga qarshi kurashga ro‘para qildi. Krishtianu ilk mundialida birgina goli bilan yodda qoldi (to‘p Eron darvozasiga guruh bosqichida kiritilgandi).

10. Premyer-ligadagi chempionlik

2006/07 yillar mavsumi Krishtianu uchun juda omadli kechdi: «Manchester Yunayted» Angliya chempioni bo‘ldi, yosh portugaliyalikning gollar ko‘rsatkichi esa futbol eksperlarini iqtidorli futbolchi haqiqiy yulduzga aylana boshlagani to‘g‘risida gapirishga majbur qildi.

11. Aniq yo‘llanmagan penalti va birinchi Chempionlar Kubogi

2008 yilning 21 mayida Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasidagi birinchi finalini o‘ynadi: Moskvadagi «Lujniki» stadionida «Manchester Yunayted» Roman Abramovichning «Chelsi»siga qarshi maydonga tushdi. Bahsning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga yetdi, darvoqe, «MYU»ning goliga Krishtianu mualliflik qildi. Oqibatda, «qizil iblislar» o‘yindan keyingi penaltilar bo‘yicha g‘alaba qozonishdi. E’tiborli yana bir jihat, o‘shanda Krishtianu «nuqta»dan darvozani aniq nishonga ololmadi, biroq «Chelsi» tarkibida bundaylar soni ikkita bo‘lib chiqdi - Jon Terri va Nikolya Anelka.

12. Sovrinlar yomg‘iri

2008 yilda - Chempionlar Ligasi va Angliya birinchiligidagi muvaffaqiyatdan tashqari, Krishtianu individual kolleksiyasini boyitgan bir talay  sovrinlarni ham qo‘lga kiritdi: France Footballning «Oltin to‘p»i egasi bo‘ldi, FIFA versiyasiga ko‘ra jahonning eng yaxshi futbolchisiga aylandi, World Soccer va boshqa taniqli tashkilotlar hamda nashrlar e’tiboriga tushdi. Shu bilan birga, u Yevropa ligasining eng yaxshi bombardiriga beriladigan «Oltin butsa»ga munosib topildi. 32 yoshiga qadar u yana 3 marta «Oltin to‘p» va «Oltin butsa»ga egalik qildi.

13. «Barsa»ga yutqazilgan final

«Manchester Yunayted» 2008G‘09 yillar mavsumida Yevropa superklublariga tinchlik bermaydigan natijaga erishishni - qatorasiga ikki bor Chempionlar Kubogini qo‘lga kiritish orzusi bilan yashadi. Aleks Fergyuson jamoasi Yevropa klublar turnirining finaligacha yetib borishni uddaladi ham, lekin «Barselona» tomonidan mag‘lub etildi. O‘shanda Lionel Messi nomi endigina tilga tushayotgandi.

14. Hala Madrid!

Krishtianu «Manchester» uchun yana bir mavsum to‘p surdi, ammo shunday keyin ingliz klubini tashlab ketishi ayon bo‘ldi. 2009 yil yozida portugaliyalik futbolchi Madridning «Real» jamoasiga ko‘chib o‘tdi - mazkur klub Yevropa transfer bozorida portugaliyalik uchun bo‘lgan kurashda boshqa «nahang»lardan ustun chiqqandi. «Santyago Bernabeu»da haqiqiy qirollarga xos tarzda tashkillashtirilgan taqdimotda Krishtianu yangi jamoasidagi muxlislar hammadan ham ko‘proq eshitishni xohlaydigan so‘zlarni aytdi: «Uno, dos, tres «Hala Madrid!».

15. Kuboklar qiroli

 Bu hali hammasi emas Ronalduga bog‘liq yana 17ta faktni bu yerdan o‘qishingiz mumkin

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:30, 23.04.2017. O'qildi: 10252 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.