Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ilhom Mo‘minjonov: “Maqsadimiz faqat oldinga intilish”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Navbahor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etib o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: - O‘yin shiddatli bo‘ldi, bunga o‘zinglar ham guvoh bo‘ldinglar. Prinsipial ahamiyatga ega “vodiy derbi”siga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rgan edik. G‘alabani qo‘ldan chiqardik. So‘nggi ikki-uch daqiqada himoyadagi xatolar pand berdi. Yosh himoyachimiz Abbos Otaxonovga o‘yin oxirida tajriba yetishmadi. Mana shunday o‘yinlar orqali futbolchimiz toblanib boradi. Oxirida o‘tkazib yuborilgan gol alamli bo‘ldi. Kovalenkoni oliy darajadagi hakam deb bilaman. Uni qanday saviyadagi hakam ekanligini muxlislarimiz ham yaxshi bilishadi. Hakamlarni xatti-harakatini muhokama qilishni istamayman. Hakamlarni o‘yinini nazorat qiladigan mas’ul shaxslar bor. Shunday ekan, Kovalenkoni o‘yiniga nazoratchilar baho berishsa to‘g‘riroq bo‘lardi. Shu sababli, bu mavzuda boshqa fikr bildirmoqchi emasman. E’tiborli jihati, Javohir Sidiqovni o‘zi maydondan chiqib ketayotib, penalti bo‘lmaganligi aytib, futbolchilarimizdan uzr so‘radi. Hattoki ko‘zidan yosh oqqanligini ham e’tirof etishdi.
Bu yilgi mavsumda chempionatimiz saviyasi ancha oshdi. Bu haqda oldingi matbuot anjumanlarida ham gapirib o‘tganman. Shu sababli har bir jamoa maydonga birinchi bor tushayotgandek taassurot uyg‘onmoqda. Hozirgi kunda “Navbahor” shiddatli o‘yinlarni olib kirishga harakat qilmoqdaman. Qanday raqib bo‘lishidan qat’iy nazar futbolchilarimiz bor kuchlari bilan to‘p surishmoqda. Shiddatli o‘yinlarni nafaqat “Navbahor” balki boshqa klublar ham namoyish etishmoqda. Bu ketishda futbolimiz yanada rivojlanadi deb o‘ylayman. Chempionatimiz shu tarzda davom etadigan bo‘lsa yaqin yillar ichida albatta jahon chempionati yo‘llanmasiga ham ega bo‘lamiz. Hozirda jamoamizda to‘p surayotgan futbolchilar iroda ko‘rsatib, jamoaning ijobiy natija qayd etishi uchun intilishmoqda. Buning uchun ularga rahmat aytaman.
Navbatdagi “Buxoro”ga qarshi uchrashuv oldidan ayrim yo‘qotishlarimiz bor. Yovanovich bu safar maydonga tusha olmaydi. U bugun ham jarohat sababli maydonga tushmasligi kerak edi. Shunga qaramay uni maydonga tushirgandik. Birinchi bo‘limdan keyin Yovanovich almashtirishimizni so‘ragandi. Ammo, o‘yin ahamiyatidan kelib chiqib, uning xizmatlaridan ko‘proq foydalanishga qaror qildik. Bu esa jarohatini yanada jiddiylashishiga olib keldi va uni tiklanishi biroz cho‘zilsa kerak. A’zam Aliyev esa sariq kartochkalari soni to‘rttaga yetganligi sababli Buxoroda jamoaga yordam bera olmaydi. Ro‘zimboy Ahmedovda ham jarohat mavjud. Ikki oldin Ro‘zimboy gipsdan xalos bo‘ldi. Uni tiklanib, tayyor bo‘lishini kutamiz. Yo‘qotishlar bo‘lishiga qaramay ularni o‘rnini bosa oladigan futbolchilarimiz bor. Shunday ekan ularga ham imkon beramiz.
Buxoroda o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz. Bir necha kun Namanganda shug‘ullanib, keyin Toshkentga yo‘l olib, shundan so‘ng Buxoro sari yuzlanamiz. Xudo xohlasa Buxorodan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz. Sababi ortga yo‘l yo‘q. Qanday raqib bo‘lishidan qat’iy nazar faqat oldinga intilib, murosasiz tarzda qarshilik ko‘rsatamiz. Chempionatning 10-turiga qadar jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarga bugungidek ko‘p muxlis yig‘ilmagandi. Agarda jamoamix maydonda munosib tarzda to‘p surmaganida, bu qadar ko‘p ishqiboz yig‘ilmasdi. Yigitlarga bu mehnatlaring samarasi ekanligini aytib o‘tdim. Bugungi natijani muxlislarimiz  qanday qabul qilishadi bilmayman. Ularni yana o‘yingohni to‘ldirishlari uchun ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishimiz lozim. Agarda muxlilarimiz jamoani hurmat qilib “Bunyodkor” bilan o‘tadigan bahsda ham o‘yingohni to‘ldirishsa bundan xursand bo‘lamiz va chiroyli o‘yinlar va ijobiy natija orqali ishonchni oqlashga harakat qilamiz.
Komilovni jarohatini jiddiy deb aytishdi. Oyog‘ining tizza qismi qayrilgani uchun maydonga qaytishi uchun qancha vaqt ketishi noma’lum. Qilichevni o‘zi almashtirishimizni so‘radi. Shunga qaramay, uni ham maydonda ma’lum vaqt ushlab turdik. Katta xajmdagi ishni amalga oshirdi va biroz toliqib qoldi. Hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Xursanov va Sultonovlarga imkon berdik.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:38, 12.05.2017. O'qildi: 2854 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик