Angliyaning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya Chempionlar Ligasi 1/4 finali birinchi o‘yinida Portugaliyaning «Sporting» jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
«Doim jamoamga maksimal darajada yordam berishga harakat qilaman. Bugun ham men uchun, ham butun jamoa uchun yaxshi kun bo‘ldi. Biz so‘nggi daqiqada gol urdik. Ikkala jamoa ham o‘ynashni xohlagan juda qiyin bahs bo‘ldi. Shu sababli to‘pni nazorat qilish mushkul kechdi. Ular hayotimizni anchagina qiyinlashtirishdi.
O‘yinning borishiga va yakuniy natijaga katta ta’sir ko‘rsatadigan bunday lahzalarga ega bo‘lish juda muhim. Bugun g‘alaba qozonish va javob o‘yini oldidan ustunlikka ega bo‘lish ahamiyatli edi. Garchi ikkinchi bahsda ham qiyin bo‘lsa-da.
Ularda yaxshi jamoa bor. Bugun bu yaqqol ko‘rindi. Ularga qarshi o‘ynash murakkab, ular juda yaxshi futbol namoyish etishadi va yo‘q joydan vaziyat yarata olishadi. Xavf ularning standart vaziyatlaridan ham kelib chiqadi, shuning uchun hamma narsaga tayyor turishimiz kerak», — deya Rayyaning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.