Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Bobur Akbarov: «Murabbiy ishonchisiz futbol o‘ynash qiyin»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Malayziya premyer-ligasining joriy mavsum qizg‘in pallaga kirib boryapti. Ayni payt chempionatda tanaffus yuzaga kelgan. Jamoalar ta’tilga chiqishgan bo‘lsada, tayyorgarlik to‘xtab qolgani yo‘q.

Shu kungacha hisob bo‘yicha Malayziyaning ikkinchi chempionatida 12ta tur o‘yinlari ortda qoldi. Xabaringiz bor, bugungi kunda premyer-ligada bir yo‘la besh nafar hamyurtimiz o‘ynayapti. ATM klubida Sirojiddin Rahmatullayev, Sirojiddin Allayev va Iqbol Boboxonov to‘p surishyapti. Lutfulla To‘rayev «Terengganu», Boburjon Akbarov esa «Kuala-Lumpur» sharafini himoya qilmoqda.

Ortda qolgan 12ta turdan so‘ng «Kuala-Lumpur» 23 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. Lekin jamoada chempionatning kichik oltin medallarini qo‘lga kiritib, superligaga yo‘l olish imkoniyati yuqori.

Sababi, peshqadam bilan o‘rtadagi tafovut unchalik katta emas. Biz aynan shu klubda o‘ynayotgan tajribali himoyachi Bobur Akbarov bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Bobur, siz bilan Malayziya chempionati boshlanishi oldidan suhbatlashgandik. Mana, hozir chempionat ayni qizigan payti. O‘tgan o‘yinlarni tahlil qilgan holda umumiy taassurotlaringiz qanday bo‘ldi?

- «Kuala-Lumpur» bilan chempionatni juda yaxshi boshlagandik. Lekin 5-turga kelib o‘yinimizda pasayish yuzaga keldi. Shu bilan bir qatorda jamoamizda bosh murabbiy o‘zgardi. Uning qo‘l ostida natijamizni ancha yaxshilab olishga erishdik. Hozirda o‘yin uslubimiz anchagina ijobiy tomonga o‘zgargan. O‘zimga kelsak, muntazam ravishda maydonga tushyapman. O‘z o‘yinim bilan jamoam g‘alabalariga hissamni qo‘shib kelyapman. Albatta, bundan xursandman. Shu o‘rinda Malayziya chempionatini ko‘pchilik o‘ylagandek kuchsiz, deb aytmagan bo‘lardim. Sababi har bir o‘yin keskin kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda. Futbolchilar o‘zlarini ham, raqib o‘yinchilarini ham ayab o‘tirishmaydi. Shaxsan men shunday futbolni yaxshi ko‘raman. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi juda ajoyib.

- Demak, Malayziya klubiga o‘tganingizdan hecham afsuslanmaysiz, shu klubni tanlab, to‘g‘ri qarorga kelgansiz, shundaymi?

- Shunday desa ham bo‘ladi. Bu yerda o‘z o‘yinim bilan jamoam va muxlislarni xushnud etish uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solishga intilyapman. Legioner nomini oqlashga urinyapman. Malayziyaliklar o‘zbekistonlik futbolchilarning nimalarga qodir ekanligini ko‘rib qo‘yishsin.

- Legionerlarga munosabat qanday ekan?

- Talab juda yuqori. O‘z o‘rnida, biz ham har daqiqada mas’uliyatni his qilib turamiz.

- Jamoalarning saviyasi qanday ekan? O‘tkinchi o‘yinlar ko‘p emasmi?

- Saviya deyarli bir xil. Bitta jamoani kuchli yoki aksincha, kuchsiz deb bo‘lmaydi. Sababi aynan kuchli deb qaralgan jamoa turnir jadvalining eng quyidagi klubiga yutqazib qo‘yishi hech gap emas.

- Jamoa oldiga superligaga chiqish vazifasi qo‘yilganmi?

- Shubhasiz. Buni uddalashimiz uchun hali imkoniyatimiz yetarli. Hozirda ikkinchi o‘rindagi jamoadan 2 ochkoga ortda qolyapmiz. Bu farqni bitta o‘yindayoq yo‘qqa chiqarish mumkin. O‘ylaymanki, mavsum yakunida biz superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz.

- Yangi bosh murabbiy malayziyalikmi? U legionerlarga qanday munosabat bildirar ekan?

- Avvalgi murabbiyimiz ham, yangisi ham braziliyalik. Ushbu mutaxassis bilan munosabatimiz juda a’lo darajada. Bu men uchun juda muhim. Murabbiyning ishonchi bo‘lmasa, futbol o‘ynash qiyin.

- Sizdan tashqari yana 4 nafar futbolchimiz premyer-ligada o‘ynash-yapti. Ular bilan ham ko‘rishib turibsizmi?

- Lutfulla To‘rayev, Farhod Tojiyev va Dilshod Sharofutdinov bizdan ancha uzoqda joylashgani uchun ular bilan ko‘risha olmayapmiz. Smolyachenko, Boboxonov va Rahmatullayev bilan uyimizning oralig‘i 6-7 kilometrni tashkil etadi, shu bois tez-tez ko‘rishib turamiz.

- Ayni payt o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qayerda o‘tkazilyapti? Chempionat qachon davom ettiriladi?

- «Kuala-Lumpur» stadionida ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Shu sababli hozir mashg‘ulot uchun muqim maydonimiz yo‘q. Yig‘inlar turli hududlarda tashkil etilyapti. 24 may kuni navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘z maydonimizda ATM jamoasini qabul qilamiz. Bu klub tarkibida o‘zbekistonlik uch futbolchi to‘p suryapti.

- Maosh va mukofot pullarini vaqtida olyapsizlarmi?

- Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Maoshimiz har oyning 28-29-kunlari chiqadi.

- Xarajatlarga yetyaptimi?

- Nolimayman.

- O‘zbekiston chempionatini kuzatib boryapsizmi? Fikringiz qanday?

- Albatta, kuzatyapman. E’tiborga loyiq jihati shundaki, vodiy futboli o‘z o‘rnini topib boryapti. Kelasi yili bu jamoalar safida sobiq klubim «Andijon»ni ham ko‘rishni xohlardim. Mirjalol Qosimovning «Bunyodkor»ga qaytganidan xursandman. «Paxtakor»da ham katta o‘zgarishlar bo‘lyapti. Bu esa o‘zbek futbolining o‘sishiga yordam beradi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:53, 30.05.2017. O'qildi: 2750 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик