Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yo shohsupa, yoki inqiroz. «Barselona» nega aynan Valverdeni tanladi?

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kataloniya superklubida Luis Enrike davri yakunlandi. Uch mavsum davomida 13 imkoniyatdan 9ta sovrinni qo‘lga kiritgan murabbiy o‘z lavozimini tark etdi. U xayrlashish vaqti kelganini sezdi va bo‘shatmaslaridan avval o‘z qarorini e’lon qildi. Hech kim uning bu qaroriga jiddiy qarshilik qilmadi, xuddi buni hamma ich-ichidan istagandek. Bu lavozimning yuki shunchalik og‘irki, qo‘lga kiritilgan shuncha sovrin ham Luchoning klubda qolishiga kafolat bo‘lolmadi.

“Barselona”da nafaqat sovrinlar qo‘lga kiritilishi, balki butun mavsum davomida jamoa ideal darajadagi hujumkor futbol namoyish etishi kerak. Ideal hujumkor futbol+sovrinlar talab qilinadi bu klubdan. Shu shartni bajara olmagan murabbiy, avvalgi natijalaridan qat’i nazar, ertami kech klubni tark etishi aniq. Shuning uchun bo‘lsa kerak, “Barselona”da kamdan-kam murabbiy 3 mavsumdan ortiq ishlay oladi. Shu uch mavsumda murabbiy o‘zining bor energiyasini sarflab bo‘ladi.

Luis Enrike ketdi, uning “Barsa”dagi davri tugadi. Superklubdagi super yulduzlarni boshqarish navbati kimga keldi? Enrike Ispaniya Kubogi finalidan so‘ng klub muxlislariga qarata quyidagi fikrlarini aytib o‘tdi: “O‘rinbosarim mendan ko‘ra tajribaliroq. Shunday ekan, maslahatim: Rohatlaning!”

Bugun klub yangi murabbiy bilan shartnomani imzoladi. Ernesto Valverde – “Barselona”ni navbatdagi yutuqlar sari yetaklashni boshlaydi.

Nega aynan Valverde?

Enrike mavsum yakunida ketishini e’lon qilgach, nomzodlar sanala boshlandi – ularning aksariyati klub an’alaridan xabardor mutaxassislar. Unsue, Kuman, Valverde, Sakristan va Barsa uslubiga yaqin o‘yin ko‘rsatadigan Sampaoli va boshqalar. Rahbariyat bu nomzodlar orasida Valverdeda to‘xtadi. Balki boshdanoq undan o‘zga nomzodlar ko‘rib chiqilmagandir ham. Sababi Gvardiola klubni tark etgan paytdan boshlab, har safar murabbiy qidirilganda Valverde ham asosiy nomzod sifatida sanalib kelinadi. Hatto klubning o‘sha paytdagi sport direktori Andoni Subisarreta mutaxassis bilan muzokara qilishga ulgurgandi ham. Subisarreta va Valverde bir-birlarini juda yaxshi tanishadi, ikkisi ham Kroyff davrida “Barsa”da to‘p surishgan, keyinchalik “Atletik”da birga ishlashgan. Ammo klub rahbariyati Tito Vilanovaga ishonch bildirdi.

Bu mutaxassis og‘ir xastalikka uchragani ma’lum bo‘lgach, yana Valverde nomzodi birinchi planga chiqdi. Ammo klub rahbariyati Pep Gvardioladan qolgan merosdan darhol chetga chiqishga cho‘chidi shekilli, o‘yin uslubiga yaqinroq mutaxassis – Tata Martino varianti tanlandi. O‘sha mavsumda “Barsa”ning ishlari ancha orqaga ketdi, yangi murabbiy qidirila boshlandi. Va yana Valverde nomzodlar ro‘yxatini boshqardi. Bu vaqtda Valverde "Atletik" bilan ancha muddatdan so‘ng Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olgandi. Jamoani shu yo‘lda tashlab ketishi osonmasdi. Xullas, bu safar ham basklar murabbiyi bilan kelishuvga erishish ortga surildi. Luis Enrike bosh murabbiylikka tasdiqlandi.

Mana, deyarli to‘rt urinishdan so‘ng, nihoyat Valverde variantiga to‘xtalishga qaror qilishdi. Shuning uchun bugun bu mutaxassis tanlanganidan ko‘pam ajablanmaslik kerak. U yillar davomida hozirgi rahbariyat ro‘yxatidan tushmay kelgan. Demak, yetarlicha o‘rganilgan, tahlil qilingan. Kataloniya klubining hozirgi sport direktori Robert Fernandes ham Valverde bilan o‘sha Kroyff murabbiyligi davridan beri tanish.

U qanday murabbiy?

 Ernesto Valverde tajribali mutaxassis sanalsa-da, top-klublarda ishlamagan. Murabbiylik tajribasi “Atletik”da boshlanib, so‘ng “Espanyol”, keyinchalik Gresiyaning “Olimpiakos” klubida yaxshi natijalar qayd etgan. “Vilyarreal” va “Valensiya”dagi faoliyati u qadar muvaffaqiyatli chiqmagan. Yana “Atletik”ka qaytib, so‘nggi to‘rt mavsum davomida bu klubni boshqarib keldi, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Taktik jihatdan kuchli mutaxassis sanaladi. Bir klubda uzoq muddat ishlab kelgani futbolchilar bilan iliq munosabat o‘rnata olishidan darak beradi. Tarkibga yosh futbolchilarni qo‘rqmasdan jalb etishi va ularga imkon berishi “Barsa” rahbariyatini birinchi o‘rinda qoniqtirgan jihat bo‘lsa, ajabmas.

Ammo...

Valverde garchi Kroyff maktabi vakillaridan bo‘lsa-da, uning o‘yin uslubi “tiki-taka”dan birmuncha farq qiladi. Albatta, umumiy konsepsiyada o‘xshashlik bor – yuqori pressing va hujumkorlik, ammo boshqa jihatlarda tafovutlar bor. Jumladan, u o‘yinda to‘pni to‘liq nazoratga qilishga intilmaydi, qisqa paslar soni kam va bunda aniqlik ham yuqori emas. Buning o‘rniga uzun paslar, qanotlar va ikkinchi qavatdagi o‘yinga ko‘proq urg‘u beriladi.

Taktik uslublarda ham farq bor: Valverde “Atletik”da deyarli har doim 4-2-3-1 uslubini qo‘llab kelgan. Kataloniyaliklar esa bunday taktik sxemada deyarli o‘ynab ko‘rishmagan. Albatta, jamoalarning xarakteridan kelib chiqib, Valverde o‘z taktik ishlanmalarini o‘zgartirishi mumkin. Harqalay, bilbaoliklar bilan kataloniyaliklarning tarkibi, ijrochilarning xususiyati umuman boshqa-boshqa.

Yana bir jihat – Luis Enrike so‘nggi uch yil davomida jamoa o‘yin uslubini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Endi kataloniyaliklarning uslubi to‘liq “tiki-taka”ga asoslanmaydi. To‘p nazoratidan tashqari, tezkor qarshi hujumlar, taktik sxemadagi rang-barangliklarga jamoa ancha ko‘nikdi. Balki aynan shuning uchun ham taktik mutaxassis – Valverde shu vaqtgacha zaxirada saqlab kelingandir. Unga imkon berishning ayni vaqtidir hozir.

Qolaversa, uning top-klublarda hali ishlamagani, bor salohiyatini namoyish qilib ulgurmaganiyam muhim. Yuqorida eslatib o‘tdik, murabbiylar uchun “Barselona”dagi bir yillik umr – odatiy 2-3 yillik umrga teng. Yangi murabbiy o‘zining ishlatilmagan zaxiralarining borini va barini “to‘kib-sochadi” bu yerda.

Yo shohsupa, yoki inqiroz

Aynan Gvardiolaning ketishi arafasida “Barselona”ning hozirgi rahbariyati shakllana boshlagandi. Klub siyosatini endi to‘liq ular boshqarishyapti, barcha o‘zgarishlarga ular daxldor. O‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilgan natijalar ham, xato qarorlar ham ularning zimmasida. Shu jihatdan biroz o‘zgacha falsafaga ega Valverdening tayinlanishi hozirgi rahbariyat taqdirini (shundoq ham ancha qimirlab qolgandi o‘rnilarini) uzil-kesil hal qilib beradi. Ularning bu qarori yo jamoaning qayta shakllanishiga ko‘maklashib, yanada ko‘p yutuqlar va shon-shuhrat keltiradi, yoki ko‘zlangan reja amalga oshmay qolsa, Xosep Bartomeu loyihasiga yakuniy nuqta qo‘yadi. Klub boshqaruvchilarini qandaydir “oltin o‘rtaliq” qutqarib qola olmaydi bu safar – yo shohsupa, yoki inqiroz. Menga shunday tuyulyapti, negadir.

Lutfullo Tursunov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:59, 30.05.2017. O'qildi: 14225 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик