Bugun 2 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 01.05.2026 23:45
      • Piza
      • 1:2
      • Lechche
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • 2:0
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • -:-
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Parma
  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • 3:1
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Fulhem
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 0:1
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • -:-
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 02.05.2026 19:00
      •   Dinamo
      • 3:1
      • Mash’al
      • 02.05.2026 19:00
      •   Buxoro
      • 2:1
      • So‘g‘diyona
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • -:-
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Paxtakor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

02/05/26 Dinamo - Mash’al
02/05/26 Buxoro - So‘g‘diyona
03/05/26 OKMK - Neftchi
03/05/26 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05/26 Surxon - Paxtakor
04/05/26 Xorazm - Andijon
04/05/26 Lokomotiv - Qizilqum
04/05/26 Nasaf - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Terma jamoaning bor e’tibori 12 iyundagi o‘yinga qaratilgan

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan haftadan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik, Eron bilan bo‘lib o‘tadigan JCH-2018 saralash o‘yiniga tayyorgarlikni boshladi. Dastlabki kungi mashg‘ulotlar «Jar» stadionida o‘tkazildi. Xabaringiz bor, Samvel Babayan jamoasi «A» guruhi 8-turi doirasidagi o‘yinda Eron termasi bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv 12 iyun kuni muhtasham «Ozodi» stadionida bo‘lib o‘tadi. Undan avval esa terma jamoamiz bugun «Bunyodkor» stadionida Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur bahs bevosita Eron bilan bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga 28 futbolchini jalb qildi. Ular orasida yangi nomlar va shu bilan birga anchadan beri milliy terma jamoaga chaqirilmay qo‘ygan futbolchilar ham bor.

Jumladan, Akmal Shorahmedovni bosh jamoada ko‘rmaganimizga ancha bo‘lgandi. Har holda, mundial saralashining bu siklida uni murabbiylar terma jamoaga chaqirishmagandi. Tajribali himoyachi «Nasaf»ga o‘tganidan keyin yanada ishonchli o‘yin ko‘rsata boshladi. Jamoasining har bir hujumida faol ishtirok etyapti. Ayniqsa, «Paxtakor» bilan O‘zbekiston kubogi doirasidagi Toshkentda o‘tgan uchrashuvda o‘yin qahramonlaridan biriga aylandi. Uning o‘ng qanotdan hujumga faol qo‘shilishi va jarima maydonchasiga aniq to‘p uzatishlari terma jamoa murabbiylarini befarq qoldirmadi. O‘sha o‘yinni Samvel Babayanning o‘zi ham bevosita «Paxtakor» stadionidan tomosha qilgandi. Akmalga o‘zini ko‘rsatishi uchun yaxshi imkoniyat taqdim etildi. Lekin Babayan Shorahmedovni maydonga tushirarmikan? Chunki «Paxtakor» klubida bu chiziqni yopishi mumkin bo‘lgan himoyachilar bor-ku! Agar ayni paytdagi o‘yin holatidan kelib chiqilsa, Shorahmedov o‘ng qanotda o‘ynashga har tomonlama haqli. Boz ustiga, Islom To‘xtaxo‘jayev jarohat olgan. Afsuski, chap qanot himoyachimiz Vitaliy Denisov ham «Lokomotiv» tarkibida jarohat orttirib oldi va u ham terma jamoamizga yordam bera olmaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Samvel Vyacheslavovich «Nasaf» jamoasi a’zosi Farrux Sayfiyevni yig‘inga chaqirdi. Yangi futbolchilardan Islomjon Qobilov ham ilk bor terma jamoadan chaqiruv oldi.

Yarim himoya chizig‘ida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar bor. Yaponiya J-ligasida o‘ynagan birinchi va hozircha yagona futbolchimiz Fozil Musayev nihoyat, terma jamoadan taklif oldi. Universal yarim himoyachi «Jubilo Ivata» tarkibida ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatyapti. Azizjon G‘aniyev, Odil Hamrobekov  va Javohir Siddiqov singari yoshlarga ham e’tibor qaratildi. Ayniqsa, Siddiqov «Qo‘qon-1912» jamoasi safidagi o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislarda katta taassurot qoldirmoqda. Bejizga ijarada o‘ynayotgan futbolchi mavsum o‘rtasidayoq yana «Paxtakor»ga qaytarilmayapti.

Hujumchilar masalasida kutilgan trio. Igor Sergeev «Paxtakor» tarkibida bu yil ham sermahsullik ko‘rsatmagan bo‘lsada, asosiy hujumchimiz sifatida yig‘inda ishtirok etyapti. Temurxo‘ja Abduxoliqov Qatarning «Al-Sayliya» klubi safida to‘purarlik mahoratini namoyish etdi. Temurxo‘ja Suriya bilan o‘yinda terma jamoaga chaqirilgandi. Lekin uni o‘yinga moslashib ketishi uchun ozgina vaqt kerak. «Sehrli tayoqcha» sifatida e’tirof etilgan Adeksandr Geynrix hujumchilar uchligini yakunlab berdi. Yarim himoyachilar ro‘yxatiga kiritilgan Marat Bikmayevning ham hozir ayni «ochilgan» payti. Albatta, maydonga kimni tushirishni bosh murabbiy hal qiladi. Bizni quvontirgani, terma jamoada yangi nomlar bor, anchadan beri ko‘rinish bermagan futbolchilar chaqirilgan. Lekin ularning maydonga tushirilishi bu boshqa masala.

Xullas, sizu bizni oldinda iyun oyining qaynoq haftasi kutyapti. Eron bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin guruhda ko‘p savollarga javob beradi. Buni Karlush Keyrush ham o‘z intervyusida ta’kidlab o‘tdi. Bu mutaxassis O‘zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuvni Eron uchun jahon chempionati finaliga qiyosladi. Bundan avvalgi JCH saralashida biz Tehrondan g‘alaba bilan qaytganmiz. Bu natijani yana bir bor takrorlash kerak.

Ma’lumot uchun, JCH-2018 3-saralash bosqichi «A» guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Demak, ko‘rinib turibdiki, vaziyat ancha chigal. Uni yanada chigallashtirib olmaslik uchun «Ozodi»dan g‘alaba bilan qaytish kerak. Hech bo‘lmaganda durang hisob ham biz uchun yomon bo‘lmasdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:56, 06.06.2017. O'qildi: 5085 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Бухоро Sherzod Esanov 5
6 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик