Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sardor Rashidov transfer bozorida 2 million yevro, Lobanov esa 300 mingga qimmatlashdi

Baho:
+-1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Germaniyaning Transfermarkt.de sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining yangi transfer baholarini e’lon qildi, deb yozdi «Erudit Sport» nashri. Unda bosh jamoaning bir qator futbolchilari o‘z narxini ko‘tarib olganini, yana aksarida pasayish kuzatilganini ko‘rish mumkin.

Quyida transfer bahosi ko‘tarilgan futbolchilar haqida ma’lumot beriladi.

Sardor Rashidov
Klubi: «Al-Jaish» (Qatar)
2016 yil —1,3 million yevro
2017 yil —2 million yevro
Qimmatlashdi — 700 ming yevro
So‘nggi bir yil davomida transfer bahosi eng katta o‘sishga erishgan o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov bo‘ldi. 26 yoshli hujumkor yarimhimoyachi o‘tgan yili O‘zbekiston terma jamoasida ham, klubi «Al-Jaish»da ham yomon taassurot qoldirmadi. Qatarliklar safida to‘purarlar qatoridan joy olib, Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar bora oldi. O‘yin borasida ham, transfer narxi borasida ham hali yana o‘sishi kutilayotgan Rashidov bugungi kunga kelib Vitaliy Denisov va Odil Ahmedovdan keyingi O‘zbekistonning eng qimmatbaho uchinchi futbolchisi bo‘lib turibdi.

Temurxo‘ja Abduxoliqov
Klubi: «As-Sayliya» (Qatar)
2016 yil — 600 ming yevro
2017 yil — 1 million yevro
Qimmatlashdi — 400 ming yevro
O‘tgan mavsum O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylangan Temurxo‘ja Abduxoliqov «Lokomotiv»dan Qatarning «As-Sayliya» klubiga o‘tib adashmadi. Oliy Liga to‘purari sifatida tahlilchilar tomonidan 600 ming yevro deya baholangan 26 yoshli hujumchi, Qatar Super ligasidagi faoliyatini ham gollar urish bilan boshlab, o‘zini ko‘rsata oldi. Legionerga aylangach, milliy terma jamoadan ham taklif olayotgan Temurxo‘janing bugungi transfer bahosi 1 million yevro. Termadagi raqobatchisi Igor Sergeev 400 ming yevroga arzonlashgan bir paytda, Abduxoliqovning transfer narxi shunchaga qimmatlashgan.

Aleksandr Lobanov
Klubi: «Paxtakor»
2016 yil — 300 ming yevro
2017 yil — 600 ming yevro
Qimmatlashdi — 300 ming yevro
Samvel Babayan tomonidan bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi raqamli posboniga aylantirilgan Aleksandr Lobanov Erondagi muvaffaqiyatsiz mavsumidan keyin transfer bahosini ko‘tarishga erishdi. O‘tgan yili 300 ming yevroga baholangan Lobanovning transfer qiymati bir yil ichida yana 300 ming yevrogacha «tosh bosa oldi» va 600 ming yevroga aylandi. Darvozabonning transfer bahosi oshishiga «Paxtakor»dagi o‘yinlari emas, asosan milliy terma jamoa darvozasini muntazam qo‘riqlayotgani sababligi sir emas.

Eldor Shomurodov
Klubi: «Bunyodkor»
2016 yil — 300 ming yevro
2017 yil — 600 ming yevro
Qimmatlashdi — 300 ming yevro
Yosh futbolchilar orasidan bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Eldor Shomurodovga tegishli bo‘ldi. O‘tgan mavsumda www.transfermarkt.de sayti tomonidan 300 ming yevroga baholangan 21 yoshli «Bunyodkor» futbolchisi klubi safida Oliy Liga va OCHL bahslarida, milliy terma jamoamiz safida esa JCH-2018 saralash bahslarida maydonga tushib, mutaxassislar e’tiborida bo‘ldi. Muhim pallalarda Shomurodovning ishonchni oqlagani uning transfer bahosiga ijobiy ta’sir etgan va Eldornnig transfer narxi 300 ming yevroga oshib, hozirda 600 ming yevroni tashkil etmoqda.

Jaloliddin Masharipov
Klubi: «Lokomotiv»
2016 yil — 250 ming yevro
2017 yil — 450 ming yevro
Qimmatlashdi — 200 ming yevro
Tobora Oliy liganing eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida O‘zbekiston termasidan ham chaqiruv olayotgan Jaloliddin Masharipovning o‘yini bilan parallel ravishda transfer bahosi ham o‘smoqda. O‘tgan mavsumda 250 ming yevroga baholangan 23 yoshli futbolchining ijara asosida «Lokomotiv» safida OCHL o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatishi uning qiymatini yana 200 ming yevroga oshirdi va ajoyib texnikaga ega yarim himoyachining transfer qiymati bugungi kunda 450 ming yevroni tashkil etmoqda.

Marat Bikmayev
Klubi: «Lokomotiv»
2016 yil — 450 ming yevro
2017 yil — 600 ming yevro
Qimmatlashdi — 150 ming yevro
2000 yillar boshida «Paxtakor» safida porlab chiqqan Marat Bikmayev hozirda faoliyatidagi «ikkinchi yoshligi»ni o‘tkazmoqda. 31 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda «temiryo‘lchilar»ga ikkita sovrinni qo‘lga kiritishda yordam bergan bo‘lsa, bu yil Oliy liganing eng yaxshi to‘purari sifatida jamoasini chempionlik sari dadil boshlamoqda. Odatda futbolchilarning transfer bahosi 30 yoshdan keyin «sho‘ng‘ish»ni boshlasa-da, Bikmayevda buning aksi kuzatilmoqda. Marat 31 yoshida faoliyatidagi eng yaxshi sermahsullikni ko‘rsatib, «Lokomotiv»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lish bilan birga, terma jamoaning Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarida gol ham urdi. Bunday natijalar uning transfer bahosi oshishini — 450 mingdan 600 ming yevrogacha ko‘tarilishini ta’minladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:29, 09.06.2017. O'qildi: 21794 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик