Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 02.05.2026 00:00
      • Lids
      • 3:1
      • Byornli
      • 02.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 02.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 3:0
      • Vest Xem
      • 02.05.2026 19:00
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Brayton
      • 02.05.2026 21:30
      • Arsenal
      • 3:0
      • Fulhem
      • 03.05.2026 18:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 03.05.2026 19:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Liverpul
      • 03.05.2026 23:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Tottenhem
      • 04.05.2026 19:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 05.05.2026 00:00
      • Everton
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 02.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 0:1
      • Malyorka
      • 02.05.2026 17:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Levante
      • 02.05.2026 19:15
      • Valensiya
      • 0:2
      • Atletiko
      • 02.05.2026 21:30
      • Alaves
      • 2:4
      • Atletik Bilbao
      • 03.05.2026 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Barselona
      • 03.05.2026 17:00
      • Selta
      • -:-
      • Elche
      • 03.05.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 03.05.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 04.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Madrid
      • 05.05.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • «A» Seriya
      • 02.05.2026 18:00
      • Udineze
      • 2:0
      • Torino
      • 02.05.2026 21:00
      • Komo
      • 0:0
      • Napoli
      • 02.05.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Jenoa
      • 03.05.2026 15:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Kalyari
      • 03.05.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Milan
      • 03.05.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Verona
      • 03.05.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Parma
      • 04.05.2026 21:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Lasio
      • 04.05.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 02.05.2026 19:00
      • Dinamo
      • 3:1
      • Mash’al
      • 02.05.2026 19:00
      • Buxoro
      • 2:1
      • So‘g‘diyona
      • 03.05.2026 17:00
      • OKMK
      • -:-
      • Neftchi
      • 03.05.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 03.05.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Paxtakor
      • 04.05.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Andijon
      • 04.05.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qizilqum
      • 04.05.2026 20:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Navbahor
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Buxoro 11 20
4 Bunyodkor 10 19
5 Navbahor 10 19
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Dinamo 11 11
13 Surxon 10 11
14 So‘g‘diyona 11 9
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 11 0

O'tgan o'yinlar.

11-тур Dinamo 3-1 Mash’al
11-тур Buxoro 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

03/05/26 OKMK - Neftchi
03/05/26 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05/26 Surxon - Paxtakor
04/05/26 Xorazm - Andijon
04/05/26 Lokomotiv - Qizilqum
04/05/26 Nasaf - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oxirgi imkoniyat: O‘zbekiston terma jamoasiga endi Murabbiy kerak

Baho:
+4 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbek futbol muxlislarining muborak Ramazon oyidagi ohu-zorlari kechikmasdan Xudoga yetib bordi!

Uchinchi o‘rin uchun ta’qibchilarimiz Xitoy va Suriya 2:2 hisobida durang o‘ynab, ikkisidan biri bizga xavfli masofada yaqinlasha olmay, biz uchun ideal natijaga erishishdi, ikkinchi o‘rin uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchimiz Janubiy Koreya esa Qatarda 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Garchi Eronga yutqazib, ularga mundial yo‘llanmasini (va birinchi o‘rinni) muddatidan avval taqdim etgan bo‘lsak-da, JCH-2018ning ikkinchi yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatni saqlab turibmiz...

Faqat buning uchun Samvel Babayanga zudlik bilan chiqish eshiklarini ko‘rsatib, xorijdan yetakchi murabbiy chaqirish lozim bo‘ladi. Xitoy va J.Koreyaga qarshi kechadigan qolgan ikki o‘yinda Babayan bizni qoniqtiradigan 100 foizlik ko‘rsatkichga erisha olmasligi aniq. Sergeev, Lobanov, Andreev, Hoshimov kabi o‘yinchilari bunday muhim o‘yinlarda qovun tushirishi aniq!

Rossiya mundialiga chiqishimiz va u yerda qatnashishimiz shart. Buning asosiy sababini pastroqda tushuntiraman. Butun xalq, futbolchilarimiz ham buni istashayapti. Axir bunday imkoniyat boshqa qachon kelishini yolg‘iz Alloh biladi. Babayan istamaydi faqat, demoqchi emasman. U ham istaydi albatta, uning ham tarixda qolgisi keladi. Lekin Babayanni istagi o‘z imkoniyatlariga mos emas.

Birgina men uchun emas, barcha uchun terma jamoamiz qadrli va suyukli. Babayan ham, boshqa murabbiylar ketadi — terma jamoa qolaveradi. Biz muxlislar uchun terma jamoa manfaatlari har doim ustun bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Butun dunyo futbolida g‘alabalar jamoaniki, mag‘lubiyat uchun murabbiy mas’ul hisoblanuvchi «yozilmagan qonun» mavjud. Bizda esa teskarisi! G‘alaba — Babayanniki, mag‘lubiyat esa biz — muxlislarga!

Har qanday xorij terma jamoalarida bizda hozir qaytadan paydo bo‘lgan imkoniyat kabi vaziyat yuz berganida, allaqachon bosh murabbiyni iste’foga chiqarib yuborgan va vaziyatni o‘nglagan bo‘lar edi. E, imkoniyat paydo bo‘lmaganida ham Erondan keyin yo o‘zi iste’foga ariza yozardi yo pattasi qo‘lga tutqazilardi har qanday murabbiyning!

Ey, baraka topgurlar! Shu jafokash terma jamoamizni ham bir martagina professional ustasiga topshiraylik! Bo‘ldi endi «mahallamizning mardikorlari»ga ishonganimiz.

Xullas, aynan xorijlik yetuk murabbiyga JCH saralashi+bonus+mundial+OFK kubogi ko‘rinishida shartnoma taqdim etibgina asriy orzumizga erishishimiz mumkin. Chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishdan ko‘ra, uchinchi o‘rinni egallab, pley-offlarda ishtirok etishimiz aniqroqqa o‘xshayapti. Babayan va MTJ bir-biriga mos emasligi kundan-kunga kunday ravshanlashmoqda. U eplolmaydi. Sal noto‘g‘ri taktika va strategiya tanlasa, shu uchinchi o‘rindan ham quruq qolishimiz hech gap emas.

Hozirgi vaziyatimizni Abduqayum Yo‘ldoshevning «Timsohning ko‘z yoshlari» qissasida tasvirlangan holatga o‘xshataman. Xalqimiz sevadigan, ardoqlaydigan, mag‘lubiyatlarini tezda unutadigan terma jamoamizni xokisor bir qizga mengzasak, uni xorlaydigan, kaltaklab mayib qiladigan johil «er»ga «hammasi hali yaxshi bo‘ladi», deb qayta-qayta ishonib topshiraverish insofdanmikan?

O‘zingiz eslang: M.Qosimov rahbarligidagi jamoaning kutilmaganda KXDRda qaqshatkich mag‘lubiyat qabul qilib olganidan so‘ng terma jamoa Babayanga ishonib topshirildi. KXDR, Yaman, Filippin, Bahrayn kabi o‘rtamiyona terma jamoalardan iborat guruhda ketma-ket 7 ta g‘alaba qozonildi. O‘shandayoq Babayan endi terma jamoa rulini tark etishi, uchinchi bosqichni yetukroq murabbiy bilan boshlash kerakligini ta’kidlagandim.

Avval boshda JCH saralashining uchinchi bosqichi uchun qur’a o‘ta omadli keldi. Saudiya bilan o‘zimiz tushganidan tashqari qolgan 5 ta savatga bo‘lingan juftliklardan qay biri guruhimizda bo‘lishi ma’qulroq, deya tahlil qilinganida, aynan maqbul, deb topilgan jamoalar raqiblik qila boshladi.

Saralash turnirini ham ikki g‘alaba bilan, tarixda ilk marta juda omadli tarzda boshladik. Boz ustiga, o‘sha qayg‘uli kunlarda bu xalqimiz uchun o‘ziga xos yupanch vazifasini bajarib berdi. Yigitlarga har qancha rahmat aytsak arziydi.

Ammo, sekin-asta omad deganlari bizni tark eta boshladi. Koreyada va mehmonda Suriya bilan o‘yinda ketma-ket mag‘lubiyat alamini tortdik va Babayan bilan ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin bo‘lishi oydinlashdi-qoldi.

Shaxsan men hech qachon bu mutaxassisga ishonmaganman. Shu lavozimga tayinlanganidan buyon uni bu vazifaga noloyiq, deb bilib kelaman. Chunki bizni mahalliy mutaxassislar JCHga olib chiqolmasligi kundek ravshan narsa. Bo‘lib ham, Babayandek mutaxassis. Uning Olimpiya terma jamoasini nima qilganini hali hech kim unutgani yo‘q!

Endi guruhimizdagi va ikkinchi guruhdagi terma jamoalar tarkibiga ko‘z yugurtiring. Ularni boshqarayotgan mutaxassislar qayerlik? Ularning barchasi xorijdan top mutaxassislarni jalb qilishgan.

Nima demoqchiman? Men futbolchi yigitlarimizning salohiyati JCHga chiqish va u yerda o‘ynash uchun mutlaqo yetarli, deb bilaman va ularga har doim ishonib kelganman. Qolganlar ham ishonadi. Barcha ko‘rguliklarimizda mahalliy mutaxassislarni aybdor, deb bilaman.

Mabodo, xorijlik mutaxassis ikkinchi o‘rin bilan ham yoki uchinchi o‘rin bilan OFK va qit’alararo pley-off o‘yinlari orqali JCHga chiqarishni uddalay olmagan taqdirda ham Babayan «menga imkoniyat berilganida chiqara olardim», deya ta’na qilishidan hayiqmaslik kerak. Uning ta’nasi o‘zidan boshqa hech kimga qiziq ham emas va darhol unutiladi ham.

Eron bilan o‘yindan avval terma jamoamiz tayanch yarimhimoyachisi Aziz Haydarov bilan uyushtirilgan suhbat Internetda tarqaldi. Unda Aziz terma jamoamiz JCHga chiqishga tayyor emas, degandek fikrni ilgari suribdi...

Avvalo, general bo‘lishni orzu qilmagan askar askar emas.

Ikkinchdan, milliy chempionatimizda yaxshi ishlov berilsa bemalol JCH darajasida to‘p sura oladigan futbolchilar talay. Faqat uni Babayan izlab, topib ko‘rishi kerak, xolos. Lekin tabiatan unga bunday tuyg‘u berilmagan ko‘rinadi. Babayan faqat o‘zi ishongan, ko‘rib yurgan «Paxtakor»da o‘ynayotgan va «Paxtakor»da o‘ynagan futbolchilariga ishonadi.

Yo‘qsa, Davron Hoshimov, Igor Sergeev kabi futbolchilardan Eron bilan o‘yinda shu tarzda foydalanarmidi?

Aziz va aziz futbolchilarimiz!

Viktor Borisov qo‘l ostida 2003 yilda ilk bor yoshlar o‘rtasida JCHda ishtirok etgan «oltin avlod» futbolchilarimizdan ayrimlari hamon MTJ tarkibida. Inileev sayqal bergan futbolchilar, Abramov davrida maydonda qanot yozgan yulduzlarimiz hamon tarkibda.

Sizlar o‘zlaringiz boshlagan xayrli ishni yakunlab berishlaringiz — Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, uni keyingi avlodga topshirib ketishlaringiz kerak.

Sizlar JCHda katta hisoblarda yutqazamiz, hozir tayyormasmiz, chiqishdan foyda yo‘q, demanglar aslo! Sizlar futbolimizning «Gagarini» bo‘linglar — ilk marta mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritib beringlar. Aynan sizlar boshlab beringlar, shundan so‘ng Mundialda ishtirok o‘zbek futboli uchun doimiy bo‘ladi. Bu — aniq!

Mundialda sizdan hech kim natija talab qilmaydi, muhimi u yerda ishtirok etishingiz!

Ayni paytda yurtimizni iqtisodiy tomondan ravnaq toptirish uchun turizm sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun qator qaror va farmonlarni imzolab bo‘ldi.

Endi yurtimizga keladigan mehmonlar uchun o‘zimizni, yurtimizni, tariximizni tanitishimiz qoldi, xolos. Birinchi prezidentimiz I.Karimovning «Hech narsa sportchalik mamlakatni dunyoga mashhur qila olmaydi», degan purma’no gaplari bor edi.

32 ta baxtli terma jamoa ichida Rossiyada o‘tadigan mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilsa, butun dunyo bizni tanib olishi uchun juda katta qadam tashlangan bo‘lardi. Bu borada aynan sizlar yurtimizni beminnat tekin reklama qilib bergan bo‘lardingizlar. Mundialni milliardlab insonlar kuzatadi, axir! Ularning aksariyati potensial turistlar va ular yurtimiz, uning shonli tarixidan bexabar.

Boz ustiga, Rossiya maydonlarida sizlar xuddi o‘z uyingizda o‘ynayotgandek, sizni sevuvchi muxlislaringizga to‘la stadionlarda to‘p surasizlar! Bunaqa imkoniyat bir asrda bir marta beriladi.

Mutasaddilarimiz ham bu borada bir yoqadan bosh chiqarib, jiddiy o‘ylab ko‘rishsa bo‘lar edi. Yevropada ko‘plab yetuk murabbiylar ayni paytda ishsiz. Ulardan birining MTJmiz ruliga taklif qilinishining o‘ziyoq jahon miqyosida katta shov-shuv keltirib chiqaradi.

Xullas, futbolchilarimiz ortiqcha o‘y-xayollarga Vatan ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayratini ishga solsa, Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa xalq ulardan abadul-abad rozi bo‘ladi.

Faqat bu orzu-umidlarimizga Samvel Babayan bilan erisha olarmikanmiz?

Menimcha, hech qachon!

Shuhrat Shokirjonov.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 08:34, 14.06.2017. O'qildi: 28515 marta. Fikrlar: 65 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Бухоро Sherzod Esanov 5
6 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик