Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Husniddin G‘ofurov: «Evropa Ligasi sabab jamoamni o‘zgartirdim»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Hujumkor yarimhimoyachi Husniddin G‘ofurov faoliyatini Serbiyaning boshqa bir klubi «Mladost Luchani»da davom ettiradi.

Hamyurtimiz 2013 yildan buyon ushbu mamlakatning «Yavor» jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgandi.

To‘rt yillik faoliyatdan so‘ng Husniddin jamoasini va shu bilan birga muhitni o‘zgartirishga qaror qildi. O‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga taklif etilgan futbolchi o‘tgan hafta «Mladost Luchani» klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

E’tiborlisi, bu jamoa «ko‘hna qit’a»da nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi Yevropa Ligasida ishtirok etadi. Kuni kecha tashlangan qur’aga ko‘ra, «Mladost» turnirning ilk saralash bosqichida Ozarbayjonning «Inter» klubi bilan to‘qnash keladi.

Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Legioner futbolchimiz allaqachon yangi jamoasi tarkibida mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Biz Husniddin G‘ofurov bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Husniddin, «Yavor»da 4 yil o‘ynadingiz. Shu jihatdan olib qarasak, klubdan ketish oson bo‘lmagandir?

- Ha, albatta. Bu qarorga kelish men uchun juda ham qiyin bo‘ldi. Lekin bu hayot. Ba’zida kutilmagan qarorlar ham qabul qilib turish kerak.

- Ketishingizga nima sabab bo‘ldi?

- «Yavor» bilan imzolagan shartnomam yakuniga yetgandi. Erkin agentga aylanganim uchun bu transfer oson amalga oshdi.

- Jamoada qolishingiz ham mumkinmidi?

- Albatta. Menga shartnomani uzaytirish taklifi ham berilgandi. Lekin barchasini o‘ylab ko‘rgach, ketishga qaror qildim. O‘zimni boshqa jamoada ham sinab ko‘rish istagi ustun chiqdi.

- Muhitni o‘zgartiray debsizda?

- Xuddi shunday. «Mladost»dan tushgan taklifni rad eta olmasdim. Chunki Yevropa Ligasida o‘ynash imkoniyati yuzaga kelgandi.

- Umuman, bu taklif qanday paydo bo‘ldi?

- «Mladost Luchani» klubi bosh murabbiyi Nenad Milovanovichning o‘zi menga qo‘ng‘iroq qilib, jamoaga taklif qildi. Taklifni ko‘rib chiqib, javobini aytishimni so‘radi. Ko‘p ham o‘ylamay, taklifga ijobiy javob qaytardim.

- «Yavor» siz bilan to‘liq hisob-kitob ishlarini amalga oshirdimi?

- Ha, do‘stona ruhda xayrlashdik.

- Maoshingizni to‘liq oldingizmi?

- Maosh va mukofot pullarini to‘liq olganman. Bu borada hech qanday muammo yo‘q. Yevropada bunday muammolarga duch kelmaysiz.

- «Yavor»da o‘tkazgan 4 yilingizdan qanday umumiy taassurotlar qoldi?

- Faqat ijobiy. Men uchun ajoyib va unutilmas yillar bo‘ldi.

- Yevropada futbolchi sifatida o‘sishga erishdim, deb hisoblaysizmi?

- Bu yerda juda ko‘p narsa o‘rgandim. Futbolga qarashim ham o‘zgardi. «Yavor»da o‘tgan yillarimdan afsuslanmayman.

- Yangi jamoangiz bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- Ikki yillik shartnoma imzoladim. Agar hammasi joyida bo‘lsa, kelishuvni yana uzaytirishim ham mumkin.

- Tanishtiruv marosimi qachonga belgilangan? Yangi klubingizda raqam tanladingizmi?

- Tanishtiruv marosimi Yevropa Ligasi o‘yinidan oldin o‘tkaziladi. «Mladost»da 10-raqam ostida to‘p suraman.

- Bosh murabbiy bilan gaplashib oldingizmi? Yangi klubingizda ham o‘z pozisiyangizda o‘ynar ekansizmi?

- Gaplashib oldik. Murabbiy meni chap va o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynatmoqchi. Ya’ni, o‘zimning pozisiyamda harakat qilaman. Hujumchilarga yaqindan yordam beraman.

- Moliyaviy tomondan berilgan taklif «Yavor»dagidan yaxshiroqmi?

- Ha, nisbatan olganda yaxshiroq. Har tomonlama menga qulay taklif berishdi. Bundan xursandman.

- Alohida uy berishdimi?

- Ayni payt boshqa shaharda yig‘in o‘tkazyapmiz. Qaytganimizdan so‘ng yangi uyga ko‘chib o‘taman.

- Tanaffus vaqtida O‘zbekistonga keldingizmi?

- Mavsum yakunlanishi bilan ona Vatanga qaytgandim. Oila a’zolarim davrasida ta’tilni maroqli o‘tkazdim.

- Qaysi o‘yinni bevosita stadiondan tomosha qildingiz?

- Olmaliq shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Rossiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni stadiondan kuzatdim. Boshqa uchrashuvlarni ko‘ra olmadim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:27, 02.07.2017. O'qildi: 6206 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик