Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Sho‘rtan»ning ahvoli qanday? Klub rasmiy bayonot berdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Sho‘rtan
Rukn: Yangiliklar
A A A

Shu kunlarda, matbuotda “Sho‘rtan” PFK xususida bir qator turli fikr va mulohazalar bitilgan maqolalar chop etilmoqda.

Ulardagi asosiy mavzu klubimiz bilan yuzaga kelgan muammolar yechimi va “Oq bo‘rilar”ning ikkinchi davraga tayyorgarligi, shuningdek keyingi faoliyatimiz qanday kechishi to‘g‘risida bormoqda. Biz ushbu maqolamiz orqali saytimiz o‘quvchilari, “Sho‘rtan”ning ko‘p ming sonli muxlislari va Respublika miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan shu soha mutaxassislari, OAV vakillariga quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz:

Avvalo, muammolar haqida gap ketganida, bugungi kunda bu holat nafaqat “Sho‘rtan”, balki boshqa jamoalarda ham kuzatilayotganligini tan olishimiz kerak. Faqat uning darajasi har qaysi klubda turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Muammolar yechimini ham har bir jamoa o‘z bilganicha hal qiladi. Shu jumladan bizning “Sho‘rtan” klubimiz ham bu borada o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib va birinchi navbatda ishonchli bosh homiymiz – “Sho‘rtanneftgaz” MCHJ ko‘magiga tayanib ish olib bormoqda. Aynan mana shu masala yuzasidan kuni kecha klubimizning yangi tayinlangan Bosh direktori Kamoliddin Rahimov ham yig‘ilib qolgan savollarga saytimiz orqali to‘la-to‘kis, aniq va ravshan javob berdi.

Shuning uchun tashqaridan turib, nima bo‘ladi?, qanday bo‘ladi? kim yordam beradi? qabilidagi gap-so‘zlarni ko‘paytirish, o‘quvchilar ommasining fikrini chalg‘itish o‘rinsiz va mantiqsiz holat deb bilamiz.

O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tishimiz kerak, ayni paytda jamoada ikkinchi davraga tayyorgarlik bo‘yicha aniq reja asosida qizg‘in ish olib borilmoqda. Malakali mutaxassislar – Vitaliy Legay hamda Gennadiy Kochnev qo‘l ostida tajribali futbolchilar bilan bir qatorda mahalliy iste’dodlar, o‘rinbosarlar tarkibida o‘z o‘yinlari bilan murabbiylar ishonchini qozonib kelayotgan umidli yoshlar ham mashg‘ulotlar jarayonida faol ishtirok etishmoqda. 11 iyul sanasida esa O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi musobaqalarni o‘tkazish Reglamantiga asosan “Sho‘rtan” jamoasining murabbiylar guruhi va futbolchilari Toshkentdagi Respublika Sport tibbiyot ilmiy-amaliy markazida o‘z sog‘liklarini ko‘rikdan o‘tkazishadi.

Yana bir eng asosiy mavzu bu - bosh murabbiy masalasi. To‘g‘ri, hozircha jamoada ushbu o‘rin bo‘sh turibdi. Lekin bu vaqtincha holat. Hech kimga sir emas, o‘zbek futbolida “Sho‘rtan”ning o‘z o‘rni, mustahkam mavqei, obro‘-e’tibori bor va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Shuning uchun ham “Oq bo‘rilar” jamoasini boshqarishni o‘ziga munosib va sharaf deb biladigan mutaxassislar mamlakatimizda yetarlicha topiladi. Shu kunlarda bir qator nomdor, malakali murabbiylar klub rahbariyatining e’tiborida turibdi. Nomzodlar bilan qizg‘in muzokaralar olib borilmoqda. Tez orada kun tartibidagi ushbu muhim masala ham o‘z yechimini topadi. 

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 10:56, 10.07.2017. O'qildi: 5913 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик