Bugun 12 oktyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6261 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2573 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.10.2025

      05:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      06:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      14:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      18:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      18:40 "Непобедимый".
      19:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      01:00 Д/ф "Месси".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.10.2025

      05:30 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      05:55 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      06:20 Д/ф "17 часов до вершины".
      06:55 "Непобедимый".
      07:25 LIVE Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка. Прямая трансляция.
      08:15 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      10:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:30 "Вы это видели".
      11:20 "География спорта". Камышин.
      11:50 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
      13:40 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      14:30 "Команда мечты".
      15:00 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Отдельные виды. Финалы.
      17:55 LIVE Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      20:00 "Непобедимый".
      20:30 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      20:55 LIVE Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Финал. Прямая трансляция.
      23:00 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      23:25 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      00:25 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 7 в Краснодаре, Россия.
      02:25 "Команда мечты".
      02:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США. Прямая трансляция.
      04:30 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Отдельные виды. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.10.2025

      07:00 Матч! Парад.
      08:00 Профессиональный бокс. Мэнни Пакьяо против Эрика Моралеса. Бой за титул WBC International во 2-м полулёгком весе.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Команда МАТЧ".
      11:25 Д/ф "Лев Яшин - номер один".
      12:40 "Вы это видели".
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. Финал. Прямая трансляция.
      16:45 LIVE Футбол. Женщины. Winline Кубок России. Финал. ЦСКА (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:30 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Зенит" (Санкт-Петербург) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Рио-де-Жанейро, Бразилия. Чарльз Оливейра против Матеуша Гамрота.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/4 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.10.2025

      06:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      07:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/4 финала.
      09:00 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      14:50 LIVE Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Мужчины. Прямая трансляция.
      17:20 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала.
      21:15 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Южном Лимбурге, Нидерланды. Мужчины.
      22:15 LIVE Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Олимпийский кросс-кантри. Прямая трансляция.
      00:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Даунхилл.
      00:15 LIVE Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри. Прямая трансляция.
      02:15 Велоспорт. Париж-Тур во Франции.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала.
      04:30 Велоспорт. Париж-Тур во Франции.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: Terma jamoa haqida haqiqatlar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Oldingi sonlarimizda bir qator hamkasblarimiz terma jamoamiz borasida ne-ne fikr bildirib tashlashmadi. Hisob-kitoblar ham yog‘dirib tashlandi. Hatto termamiz bahonasida nemislarni qay suratda yomon ko‘rishimiz bayonini ham keltirdik. Bu safar esa, boshqacharoq yo‘nalish tanladik. Oddiy haqiqatlar haqida gaplashmoqchimiz. Ko‘z yumib bo‘lmaydigan haqiqatlar haqida gapirmoqchimiz.

Germaniyaning ikkinchi tarkibi KKni osonlik bilan yenggani qanchalik haqiqat bo‘lsa, bu gaplar ham shunchalik haqiqatdir. 90-daqiqadan keyin o‘yin tugadi, degan tuyg‘u asta-sekinlik bilan yo‘qolib borayotgani qanchalik haqiqatga aylanib ulgurgan bo‘lsa, bizning so‘zlarimiz ham shu qadar haqiqat bo‘lib bormoqda.

Odatda raqamlarga suyanib maqola yozsak, muvaffaqiyatli chiqadi. Bugun ham raqamlarga suyansak, nima deysiz? Qosimovning sevimli raqamiga suyanamizmi? Tashakkur, rozi bo‘lganingiz uchun. Demak, hozircha hazm qilib olishimiz uchun 4 ta mashhur haqiqatni eslatib o‘tsam. Haqiqatlarning yangrashi uchun taxminan bo‘lsa-da bittadan savol berib boramiz, shunda o‘sha haqiqatga oydinlik kiritiladi.

Savol o‘ta oddiy, doimgi savol: Nega terma jamoamiz nuqul jahon chempionatiga chiqa olmaydi?

Hozir sizga bayon etajak “haqiqatlarim”ning qiziq tomoni shuki, ularda har bir haqiqat  oldingi haqiqatni inkor etib boraveradi. Falsafada “haqiqat bahslar orqali chiqadi”, degan gap bor. Ko‘ramiz, bu bahslarimiz oxirida haqiqat bulog‘i qayerdan topilarkan?

1-haqiqat: Bizga omad kulib boqmaydi.

Mashhur sabab, a?! Ha, rostanam-da, bizga hamisha omad yetishmay qoladi. Omad kuchlilarga kulib boqadi, demay turing. Chunki omad kuchlilarga emas, omadlilarga kulib boqadi. Aks holda, nega Leonel Messidek iqtidoriga ega bo‘lgan Argentina 2018 yilgi mundialdan qolib ketish arafasida turibdi yo Portugaliya nimaning hisobiga Yevropa chempioni bo‘ldi?

Buni izohlashning yagona yo‘li omadni o‘rtaga olib chiqishdir.

1998 yili terma jamoamiz ajoyib tarkibga ega bo‘lgan holda mag‘lubiyatlarga uchragan. Aslida, Yaponiya bilan uyimizda kechgan bahs, Koreyaga borib durang o‘ynashimiz mumkin bo‘lgan vaziyat, Qozog‘istondagi alamli durang va terma jamoamiz tarkibi masalasida yuzaga kelgan juz’iy kamchiliklar dastlabki qatnashuvimizning muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga sabab bo‘lgan.

2002 yilgi JCH saralash bellashuvi ham yodimda. Xitoyni uyda yengganmizu, ammo bungacha qilar ishni qilib bo‘lganmiz. BAA bilan uydagi mag‘lubiyatimizni omadsizlikdan boshqa narsaga yo‘ya olmaymiz, kechirasiz! Chunki butun o‘yin hujum qilib, Qosimov isitma bilan, ukol qilingan holatda to‘p surishi va boshqa fidoyiliklar ham BAA futbolchilarining Davron Fayziyev xatosidan unumli foydalanib urib ketgan goli oldida ojiz qoldi. Shunaqa! Omadimiz chopmagan edi. Xitoydagi bahs ham terma jamoamiz uchun yaxshi kechishi kerak edi aslida. Ammo to‘satdan aeroportda ma’lum bo‘ladiki, Maksim Shaskix betob, uning o‘rniga Maminov boradi. Men o‘shanda Salkov bilan bu borada suhbatlashganimda, shunday degandi: “Bekor bo‘ldi Maksning yo‘qligi. Maminovning qo‘shilishi esa, undan-da yomonroq ish bo‘lyapti! Afsus, nachora!”

Hayron qolgandim, qanday qilib Rossiya chempionatining yetakchilaridan biri keladiyu, bizga yomon bo‘ladi, deb. O‘yinni kuzata turib, bu gaplar behuda gapirilmaganiga amin bo‘ldim. Chunki Maminov Xitoyga uzoq havo uchishlaridan so‘ng borgan, yetib kelgan zahotiyoq maydonga tushishi talab etilgan. Salkov “Lokomotiv”dan kelgan yigitni zaxirada olib qolish darajasida qudratli inson emasdi. U buni o‘sha gapida tan olgan. Maminov tushganu, Qosimov bilan o‘rtada g‘alati juftlik paydo bo‘lgan. Ko‘rinishidan ikki yulduz, ammo bu yerda o‘zbeklarning mashhur “qozonda qaynamaydigan qo‘chqorlarning boshi”dan boshqa narsa bo‘lmay qolgandi. Xullas, arzimagan sabablar tufayli nuqul omadsizligimiz ko‘zga tashlanadi.

2006 yilgi Bahrayn mojarosigacha ham omad bizni chetlab o‘tgan holatlar bo‘lgan. Eslang, yaxshilab eslang. Bahraynliklar bilan kechgan o‘yinlar esa, dramatizmning bir ko‘rinishi bo‘lgan, xolos. Yutib turgan o‘yinimizni o‘zimiz yo‘q qilganimizni eslasam, omad degan so‘z O‘rta Osiyo degan tomonlardan allaqachon yuz o‘girib ketganmi, deb o‘ylab qolaman.

Keyin yana Bahrayn, Qatarga yetarlicha urilmagan gollar, xullas, nuqul omad yonimizdan lip etib o‘tib ketayotgandek tuyulaveradi.

Hozir ham vaziyat shunaqa. Juda qiziq, yo biz shunchalik kuchlimizmiki, oxirgi daqiqalargacha sinovlar kuchayib boraversa?! Mashhur filmlarga o‘xshab, oxirida hammasini daf etadigan qudratimiz bordek tuyulyapti. Ammo aslida unaqa emasku, biz oddiy jamoamiz. Oddiy bo‘lganda ham, to‘qson daqiqada ikki uchta gol urib tashlaydigan yulduzi yo‘q jamoamiz. Shunday bo‘lsa-da, omad degan so‘zning yonimizdan vishillab o‘tib ketaverishi odamni qon qildi.

2-haqiqat: Biz mundialga hozircha arzimaymiz.

Ha, bu ham haqiqat. Jahon chempionatiga yo‘l olayotgan terma jamoalarning holatiga qarab shu so‘zlarni aytishga majburmiz. Odatda, mundialga boradigan har qanday jamoa yo juda kuchli o‘yin ko‘rsatib chiqadi, yoki matonatli va irodali natijalar qayd etib boradi. Shaxsan men Suriya terma jamoasi ko‘rsatayotgan o‘yinni kuzata turib, ushbu yurt pley-off bahslarida o‘ynab qolsa, ajablanmasligimni aytmoqchiman. Yo‘q, yo‘q, ular bizdan kuchli emas, zinhor. Suriyaliklar o‘zlarining imkoniyatlari darajasidan balandroq o‘yin ko‘rsatishyapti, hamma gap shunda. Biz esa, o‘z imkoniyatimiz darajasida o‘ynay olmayapmiz. Shuning uchun har doim mag‘lubiyatlarimizni omadsizlikka yo‘yamiz. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmay, nuqul yig‘laymiz va terma jamoamiz boshida qora bulut aylanayotganini bot-bot aytamiz. Aslida, hech qanday qora bulutning futbolga aloqasi yo‘qligini bilamiz. O‘zimizni ertaklardagidek his qilamiz. Biz qachon jahon chempionatiga chiqa olmagan bo‘lsak, tan olaylikki, o‘shanda arzimaganmiz. Vassalom!

Menimcha, Kongo degan davlatda ham muxlislar terma jamoasi haqida xuddi bizga o‘xshab qayg‘urishsa kerak. Ruminiyada bir jurnalist terma jamoasi haqida qayg‘uraverib, Ruminiya prezidenti bo‘lishiga ham ozgina qolgan, deyishadi. Xullas, hammaning o‘z vatani bor, hamma o‘z diyori uchun xuddi bizdek qayg‘uradi. Demak, bizning qayg‘urishimiz aslida terma jamoamiz jahon chempionatiga arzigani uchun emas, balki shu diyor farzandi ekanimizdan mazkur ishga jazm etamiz, xolos. Shuning uchun, keling, azizlar, har bir mag‘lubiyatimizni omadsizlikka yo‘yavermaylik-da, oddiygina uslubda, hali arzimayotganimizni tan olaylik. Shunda arzishga harakat qilamiz, yo‘q omadni qidirib vaqtimizni sarflamaymiz.

3-haqiqat: Biz mundialga chiqadigan darajada to‘g‘ri munosabat qila olmaymiz.

Biz mundialga arzimaymiz, deb tan olish to‘g‘rimikan? Aslo. Chunki tan olishlik aslida mardlikning bir qismi bo‘lsa-da, haqiqiy mardlik uni daf etishlikda ko‘zga tashlanadi. Biz nima uchun arzimasligimiz kerak, axir bizda ham qorako‘z yigitlar to‘p surishadi. Xalqimiz futbolni yaxshi ko‘rishda Braziliyadan kam bo‘lsa bordir, Rossiyadan ustunroq. Chunki ruslarda xokkey ham bor. Bizda esa, faqat futbol. Futbol, futbol va yana futbol! Arzishimiz kerak, deb kurashsak yaxshimasmi tan olgandan ko‘ra?! Demak, biz mundialga chiqa olmayotganimizning bosh sababini izlashimiz kerak, tamom!

Adashmasam, terma jamoamizning mundialdan qolib ketayotganiga bosh sabab futbolga bo‘lgan munosabatlarimizning noto‘g‘riligidir. Terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqish uchun kurash boshlaganida hammamiz ulkan natijalar tilaymiz va salgina noxush voqealar sodir bo‘lsa, darhol keyingi mundial haqida bong uramiz. Negaligini bilasizmi, millatimiz mentalitetida oxirigacha sabr qilish u qadar yaxshi ko‘rsatkichda emas. Og‘ir ishdan qochmaymiz, ammo o‘sha og‘ir ishni daf qiladigan kashfiyotlarni amalga oshirmaymiz. Bu esa, afsuski, sabr qilish degan ishga to‘g‘ri kelmaydi.

Mundialga chiqmoqchi bo‘lgan terma jamoa borini to‘kishi kerak. Mutasaddilaridan boshlab muxlislargacha, futbolchilardan tortib jurnalistlargacha faqat shu ish uchun kurashishi lozim. Hech kim oqsamasligi darkor. Fransiya 1998 yili jahon chempioni bo‘ladigan darajada edimi? Yo‘q, ularning bu natijani qayd etishlariga yuksak xohish sabab bo‘lgan. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi kerak, degan gap aynan mana shu yerda rol o‘ynagan. Biz ham toki munosabatimizni o‘zgartirmagunimizcha, milliy chempionatimizning hamma jihatlariniyu, futbol borasidagi fikrlashlarimizni butunlay terma jamoaga qaratmagunimizcha, jahon chempionati chiqa olmaymiz.

Xitoy 2002 yili o‘z tarixida birinchi va hozircha oxirgi marta JCHga yo‘l oldi. Nima uchun deb o‘ylaysiz? Sababi oddiy. Butun mamlakat shunga harakat qildi. O‘sha yili Janubiy Koreya yarim finalga chiqish uchun urindi va uddasidan chiqdi. Bu yerda xohishdan tashqari o‘sha xohishga yarasha munosabat va harakat ham bo‘lganini yashirib bo‘lmaydi. Bizda esa, xafa bo‘lmaysizu, o‘rtoqlik o‘yinlari masalasidaki g‘alati bahonalar yangrasa, uyog‘ini bir chetga qo‘ya turaylik. Har yutqiziqdan keyin turli sabablar ro‘kach qilinadi va oxiri yoshlarimizni tarbiyalab, keyingi mundialga chiqishimiz lozimligi uqtiriladi. Demak, o‘zi arzimas ekanmiz!

4-haqiqat: Yuqoridagi haqiqatlarni daf qiluvchi oxirgi haqiqat.

Aslini olganda ikkitagina o‘yinni yengaylik, hammasi bekor bo‘ladi. Omad ham biz tomonga og‘aydi, birdan JCHga ham arzib qolamiz va munosabatlarimiz ham to‘g‘rilanganini sezib qolamiz. Ikkitagina o‘yinni yengsak, tamom! Yuqorida aytilgan haqiqatlar butunlay chilparchin bo‘ladi, safsataga aylanadi-qo‘yadi.

Bu ish anchayin og‘ir. Bilamiz. Lekin muxlislarga bu narsalarni tushuntirib o‘tirish mumkin emas. Ular haqiqatlarni ham yo‘qotib tashlaydigan afsona borligini bilishadi. Ular yoriltoshlaru, Alibobo qaroqchilarini eshitib ulg‘ayishgan. Qandaydir ilohiy tushuncha borligini his qilib yashaydilar. Aks holda, hisob-kitobli hayotning dardida qo‘llarimizni samoga ko‘tarib duo qilmasdilar.

Dunyoda haqiqat bo‘lib ko‘ringan jamiki tuyg‘ulardan yuqoriroq tuyg‘u bor, u ham bo‘lsa, mo‘’jiza! Mo‘’jizalarga ishonmagan odam dunyodagi eng baxtsiz odam. Bizni boshqarib turgan Ilohiy Kuch borligini inkor qilmoqchi bo‘lgan ong aslida eng farosatsiz ong. Dunyoda hamma narsa inson o‘ylaganidek bo‘ladi, degan odam o‘ta kulgili va jirkanch mahluq. Dunyoni qonun-qoidalarga o‘rab tashlagan ko‘ngil ilohiy muhabbatdan mosuvo va bechoradir.

Xudoga ming qatla shukrlar bo‘lsinki, futbol ishqibozlarini yuqorida biz ta’kidlab o‘tgan sabablar, haqiqatlar qiziqtirmaydi va shuning uchun ham umuman o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmagan terma jamoani qo‘llab quvvatlash uchun-da stadionga oqib kelaveradilar. Shuning uchun ham umid qilaveradilar.

Janubiy Koreyani tasodifan bir marta yengib qo‘ygan terma jamoasi borligidan uyalmaydi bu yurt, balki shu ishni yana bir marta bajaradi, degan umid bilan “Bunyodkor”dagi o‘yinga chipta sotib oladi. Yutqazib qo‘ysa yomon kayfiyatga tushib qolishini bilsa-da, o‘yinni tomosha qilayotganda bu jamoa hech qachon yengilmaydi, degan tasavvurda tomosha qila oladi. Hatto Babayan boshchiligidagi jamoadan ham xuddi oldingidek umid qilaveradi. Shunaqa. Haqiqatlarni bir chetga surib qo‘ya oladi u.

Oddiy misol tariqasida bir voqeani aytib beray. Futbol tomosha qilib o‘tirganimda, bir ishqibozga shunday degandim: “Bilasizmi, mutaxassislar sizlarga achinishadi, chunki ular futboldagi hisoblarni taxminan bo‘lsa ham oldindan chamalab sezishadi. Sizlar esa, hech narsani bilmagandek muxlislik qilib o‘tirasizlar? Achinib qarashadi sizlarga ular”.

Uning javobi yuragimni teshib yuborgandi: “O‘zlariga achinishsin, muxlis ko‘zi bilan o‘yinni ko‘ra olmaganliklari uchun o‘zlariga yig‘lashsin. Ertangi kunini bilgan odam yashay olmaganidek, ular ham futbolni haqiqiy ma’noda tomosha qilishlik baxtidan mosuvolar. Aytib qo‘ying o‘sha mutaxassislaringizga, ULARGA BIZ ACHINAMIZ!”

Ta’sirli gap-a, shuning uchun, keling azizlarim, yuqorida yozganlarimni ikki sahifani to‘ldirish uchun yozilgan gaplar, deb qabul qilib qo‘yavering. Va terma jamoamizga telba bo‘lib muxlislik qilishda davom etavering. Futbolchilarimizga bir kuni insof kirib qolar, mana shunday muxlislari bor yurt sharafini himoya qilayotganliklarini his qilib qolishar, shunda rostakamiga bugungi maqolada aytilgan haqiqatlar parchalanar. Axir, mo‘jiza faqat unga ishonilgan joyda bo‘ladi, deyishadi-ku…

Xayrulla HAMIDOV, «Erudit SPORT» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 09:39, 15.07.2017. O'qildi: 14421 marta. Fikrlar: 14 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.