Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chiyriqda chiniqqan chempion yoxud Yoaxim Lyovning hayot yo‘li haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Konfederasiyalar kubogi-2017ga ikkinchi tarkib bilan tashrif buyurgan Germaniya terma jamoasi musobaqa g‘olibiga aylandi. Muvaffaqiyatning asosiy sababchisi sifatida yana Yoaxim Lyov e’tirof etilmoqda.

Biz esa Bundestimning bosh murabbiyi haqida durustroq ma’lumotga ega emasmiz. Jiddiy islohotlarga dadil qo‘l uradigan mutaxassis murabbiylik sohasiga qanday kelgan?

Uning futbolchilik faoliyati qayerda kechgan? Shu kabi savollar ko‘pchilikni qiziqtiradi, degan umiddamiz.

Darhaqiqat, Yoaxim Lyov futbolchilik faoliyatini Shveysariya chempionatining ikkinchi ligasida o‘tkazgan. «Shaffxauzen» tarkibidagi o‘yinlaridan so‘ng u yechinish xonasini hammadan keyin tark etardi - yuvinib bo‘lgach, xotirjamlik bilan sochlarini tarar, tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lganidan keyingina tashqariga yo‘l olardi. Uni kutib turgan jurnalistlar esa zoye ketgan qimmatli vaqtlari uchun afsuslanishmasdi. Chunki Lyov ularning savollariga to‘liq javob qaytargan holda, o‘yinni shoshmasdan tahlil qilardi. Muhimi, o‘z mulohazalari bilan suhbatdoshlarini qiziqtirib qo‘yardi. Vaholanki, futbolchi ustozi Rolf Fringerdan olgan saboqlari asosida fikr yuritayotgan bo‘lsada, muloqot jonli va qiziqarli kechardi.

Ikkinchi liga yarim professional futbolchilardan tashkil topgan bo‘lib, farovon hayot kechirish uchun futboldan tashqari qandaydir bosh­qa kasb bilan jiddiy shug‘ullanishni talab etardi. Ular orasida bog‘bon, quruvchi, haydovchi va boshqa kasb egalarini uchratish mumkin edi. Lyov ham faoliyatining kattagina qismini futboldan yiroq sohada o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Dushanbadan shanbagacha u vaqtini Danzas Transport AG firmasining dimiqqan ofisida o‘tkazar, turli hisobot va chizmalar bilan band bo‘lardi. Faqat dam olish kunlari suyukli «Shaffxauzen» tarkibida maydonga tushib, o‘zini qushdek yengil his etardi. To‘g‘ri, transport-ekspedisiya kompaniyasidan ish topish Lyovga qi­yinchilik tug‘dirmadi - aynan shu tashkilot jamoaning rasmiy homiysi edi. Yoaximning jamoadoshi Aksel Toma ham shu firmada ishlagan, faqat uning ofisi boshqa qavatda joylashgan edi. Tomaning aytishicha, Lyov xizmat doirasida o‘ta kamgap mutaxassis bo‘lgan. Futbol maydonida esa uni to‘xtatib bo‘lmasdi. Shaffxauzenning jajjigina shaharcha (30000 aholisi bor) ekanini hisobga olganda, ko‘pchilik kasbdoshlari uning muxlisi bo‘lishgan. Tabiiyki, ularning o‘zaro suhbatlari asosan futbol mavzusida edi:

- Salom, Tom! Portda mahsulotlar hujjatlarini qabul qilib ol. Xo‘sh, o‘zing qalaysan, oshna?

- Rahmat, yomon emas. Bu safar qaysi jamoa bilan o‘ynaysizlar,  Yogi?

- Safarda, «Volen»ga qarshi. Borishga ulgurasanmi?

- Muammosiz. Ishdan keyin ulfatlarni oldimga o‘tkazaman-da, soatiga 240 kilometr tezlik bilan uchaman. Ko‘rasan, avtobusga yetib olaman. Xavotirlanma, muxlislarsiz qolmaysan.

Tom Gaysindan tashqari, firmada Lyovning taniqli muxlislari ham anchagina edi. Masalan, boshqalardan bejirim kiyinishi bilan yaqqol ajralib turadigan yosh olifta amaldor Yogini ko‘ngilochar Germaniya safariga taklif etardi. Ammo Lyov futbol maydonida «sho‘xlik» qilishni afzal ko‘rardi. Tig‘iz ish rejimi va futbol mashg‘ulotlari Yogidan katta kuch talab qilsada, qo‘shimcha mashg‘ulotlarga ham vaqt topardi. 90-yillarda o‘z jamoadoshi Aksel Toma bilan hamkorlikda ipak bo‘yinbog‘larni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaga asos soldi. Mahsulotni reklama qilish uchun esa shahar avtoparki bilan shartnoma imzolab, avtobus haydovchilari maxsus bo‘yinbog‘larda reysga chiqishlarini tashkil etdi. O‘zi ham Toma bilan Montana suratlari tushirilgan bo‘yinbog‘larda yurishga odatlandi. Bundan tashqari, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda savdo tashkil etdi. Tez orada Lyov biznesdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Boisi, «Shaffenxauzen» quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida qolgandi. 1990 yilning oxirida jamoani inqirozdan xalos etish Rolf Fringerga yuklatildi. Yogidan uch yoshga katta bu futbolchi o‘ynovchi murabbiy vazifasida edi. Aynan shu yigit Lyovda murabbiylik kasbiga qiziqish uyg‘otdi. Frigerning tajribali mittigina jamoada o‘tkazgan ijobiy o‘zgarishlarining ta’siri yanada kuchliroq edi. Mana shu o‘zgarishlar jamoa sardori sifatida maydonga tushayotgan Lyovda o‘chmas iz qoldirdi. U murabbiy g‘oyalarini amalga oshiradigan asosiy ijrochi edi. Shu bilan birga Lyovda murabbiylarga xos fikrlash, dunyoqarash shakllanib bordi. Fringer bilan hamkorlikda o‘tgan faoliyatdan so‘ng Yogi murabbiylikdan ko‘ra qiziqarliroq kasb yo‘qligiga yuz foiz amin bo‘ldi: «Shaffenxauzenda o‘tgan so‘nggi uch yil hayotimning qaymog‘i bo‘ldi. Shu paytga qadar hech kim Fringer kabi foydali saboq bermagandi. Biz bir avlod vakillari bo‘lsakda, undan ruhshunoslik, o‘yin taktikasi, shaxsning shakllanishi va boshqa masalalarda bebaho ma’lumotlarni oldim. Jamoamizda chinakam futbol yulduzlari paydo bo‘lganligini sezmay ham qoldim». «Shaffenxauzen»da Yoaxim Lyov kashf etgan 18 yoshli mahalliy futbolchi libero pozisiyasidagi yetuk o‘yinlari bilan jamoadoshlaridan yaqqol ajralib turardi. Oradan, 22 yil o‘tgach, u murabbiy sifatida «Chelsi» bilan YECHL turnirida g‘olib chiqdi! Bu italiyalik Roberto Di Matteo edi. 1992 yili Shaffenxauzendagi barcha muammolar muvaffaqiyatli hal etilgach, Lyovning faoliyati ham yakuniga yetdi. Ustozi Rolf Fringer ham yuqorilab, «Aarau»ni qabul qildi va ilk mavsumdayoq ichki chempionatda shohsupaga ko‘tarildi. Lyov esa «Ventertura»dan taklif olib, eski qadrdoni Aksel Toma bilan jamoa boshqaruvini qo‘lga olishdi. Uch yildan so‘ng Fringer uni «Shtutgart»ga assistentlikka taklif etdi, keyingi mavsumda Yogi bosh murabbiy maqomida «shvablar» bilan Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Xullas, imtihon a’lo bahoga topshirildi.

Endi e’tiboringizga Shveysariyaning chekka bir shaharchasidagi uch yillik faoliyatidan keyingi yakuniy xulosani havola etamiz: har qanday jamoaga faqat murabbiy hayot baxsh etadi. Vaqt o‘tib, uning o‘zi o‘sha hayotni qaytarib oladi. Agarda jamoani o‘z vaqtida tark etishni bilmasa! Masalaning nozik jihati ham shunda - yuz berishi mumkin bo‘lgan falokatga yo‘l qo‘ymaslik!

Ishonchimiz komil, Bundesmann­shaftni tobora muvaffaqiyatli bosh­qarib borayotgan yosh, lekin tajribali murabbiy hali-veri bu borada bosh qotirmasa ham bo‘laveradi. Axir uning navqiron jamoasi nimalarga qodirligini mundial arafasidagi so‘nggi «repetisiya»da namoyish etdi. Shubha yo‘qki, amaldagi jahon chempioni JCH-2018ga ham asosiy favorit sifatida tashrif buyuradi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:55, 21.07.2017. O'qildi: 4507 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.