Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bonuchchi nega Turinni tark etdi? Futbolchi endi "Milan" sharafini himoya qiladi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Leonardo Bonuchchi «Milan»ga o‘tdi. Nega? Bu transferning asosiy sababi nima? footballhd.ru saytida yozilishicha, binoyidek saviyaga ega himoyachining Turin superklubidan ketishida zalvorli sabablar bor - kiyinish xonasidagi mushtlashuv, Paulo Dibala va boshqa omillar...

Leonardo Bonuchchi «Milan» a’zosi! Yozning eng kutilmagan va yaxshi transferi. Milanliklar  jahon futbolidagi eng kuchli himoyachilaridan biri sifatida ta’riflanadigan futbolchi uchun 40 million yevro to‘lashdi, xolos. Boz ustiga, xaridor qandaydir oddiy jamoa emas, balki xitoyliklar tomonidan pul bilan to‘la ta’minlanayotgan azaliy raqobatchi. Ha, ko‘rinishidan, «Yuve»ning o‘zi Bonuchchidan qutulishni xohladi, shekilli. Massimiliano Allegri va Leo hech qachon bir-birlaridan nolishmagandi. Leo bungacha Antonio Konte g‘oyalarini futbolchilarga yetkazuvchi maqomida edi va Allegri qo‘l ostidagi jamoada ham asosiy «figura» sifatida e’zozlanardi. Biroq birgina chalkash va tushunarsiz voqea hammasini buzdi - fevralda butun Italiya Allegri va Bonuchchi o‘rtasida yuzaga kelgan mojarodan yoqa ushladi. Ma’lum bo‘lishicha, «Palermo»ga qarshi uchrashuvda murabbiyning zaxiraga olish qarori futbolchiga sira yoqmagan va ular kiyinish xonasida «dahanaki jang»ga kirishishgan. Ya’ni oshkora e’tiroz eshitgan Allegri himoyachidan o‘ziga daxlsiz ishga burun suqmasligini so‘ragach, u g‘azabini yashirib turolmagan: «Og‘zingni yum, noshud murabbiy!» Tushunarliki, Allegri quyushqondan chiqqan shogirdiga shunga yarasha javob bergan: «Yo‘qol, zarracha keraging yo‘q...». Natijada matbuotga shov-shuvli mavzu topilib, Leoni turli grandlarga «kuzatish» boshlandi: goh «Manchester Siti»ga, goh «Barselona»ga va hokazo. To‘g‘ri, ko‘p o‘tmay, barchasi tindi: Bonuchchi ma’lum muddatga o‘yinlardan chetlashtirildi, Allegriga jarima solindi. Biroq Turin ikkisi uchun tang bo‘lib qoldi va sharoit birining ketishini taqozo etardi.

Aprel oyiga kelib, Paulo Dibala «Yuve» bilan tuzgan shartnomasi muddatini uzaytirdi. Shu ittifoq ham Leoga salbiy ta’sir qildi, chog‘i. Harqalay, aytishlaricha, unga argentinalik yosh yigitchaning yiliga 7 million yevro miqdorida maosh olishi (bonuslardan tashqari) sira yoqmagan. Axir Dibala birdaniga klubda eng ko‘p maoshga ega futbolchi bo‘lib olgandi. Ha, turinliklar Gonsalo Iguainga ham deyarli shuncha to‘lashadi. Ammo u 2 yil ichida 70ta gol urgan goleador hisoblansa, Dibala oxirgi mavsumning birinchi yarmida hech qanday karomat ko‘rsatolmadi va faqat «Barsa» darvozasini ikki bora nishonga olgani bilan ko‘zga tashlandi. Unga belgilangan 7 «limon» esa Bonuchchi oladigan xizmat haqidan naq ikki baravar ko‘pdir. Leo bunday holatga jim qarab turadiganlar toifasidan emas. Xullas, himoyachi bu masalada klub ofisiga bosh suqqan bo‘lishi mumkin. Mana, Bonuchchi endi «Milan»da taxminan 7 «limon» topadi - aynan Dibalaning maoshiga teng.

Umuman olganda, barchasi iyun oyidayoq hal qilingani ta’kidlanmoqda. CHL finalini eslang, «Yuve» ijrosida mutlaqo ikki xil bo‘lim ko‘rgandik. Gap-so‘zlarga ko‘ra, tanaffus chog‘i Turin klubi kiyinish xonasida janjal kelib chiqqan. Aslida bu haqda finalning ertasigayoq xabar urchigandi, biroq aniq gap yo‘qligi bois, voqea unutilgandi. Endi o‘sha mavzu yana kun tartibiga qaytdi: aytishlaricha, janjalni Dani Alvesh boshlagan. Ya’ni braziliyalik faxriy himoyachi Dibalani kalaka qilgan. Buni ko‘rgan Allegri darhol Pauloni himoya qilishga uringan, Bonuchchi esa Alvesh tarafdori bo‘lgan. Ehtimolki, ular argentinalik futbolchini aynan maosh miqdoridagi nomutanosiblik tufayli siquvga olishgandir. Keyin Andrea Barzali o‘rtaga tushib, Leoni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, ammo o‘ynolmayotgani, Marseloga bas kelolmayotgani haqida e’tiroz eshitgan. Barzali shunda Bonuchchiga birinchi golda kim aybdorligini eslatgan. Xullas, futbolchilar deyarli mushtlashib ketishgan, faqat Allegri ularni vaqtida ajratishga ulgurgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, «Yuve» Allegri bilan yangi shartnoma tuzdi. Ya’ni o‘z tanlovini e’lon qildi.

Klub shuning barobarida vaziyatdan imidj va moliyaviy yo‘qotishlarsiz chiqib ketishni xohlagani tayin. Biroq Bonuchchi Italiyadan ketishi haqida baralla jar sola boshladi. Ammo yakunda «A» seriyasida qoldi. Qiziq, «Yuve» nahotki, shuni xohlagan bo‘lsa...?

«Milan» Bonuchchi transferi uchun Turin klubiga 40 million (ba’zi manbalarda yozilishicha, 42 million) yevro to‘laydi. Shartlashuvga ko‘ra, to‘lov 3 yil davomida amalga oshiriladi. Futbolchining o‘zi yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzadi. Ma’lumot uchun aytish kerak, oldinroq «Yuventus» tarkibiga 2010 yili qo‘shilgan Leoning «Real» yoki «Manchester Siti»ga o‘tishi haqida xabarlar urchigandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:11, 22.07.2017. O'qildi: 5368 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик