Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • 1:6
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • 0:2
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • 3:1
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • 1:0
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • 1:0
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 15 8 10 33
2 Italiya 9 5 12 26
3 AQSh 7 11 6 24
4 Fransiya 6 7 4 17
5 Niderlandiya 6 7 2 15
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Germaniya 5 8 8 21
8 Avstriya 5 8 4 17
9 Yaponiya 5 6 11 22
10 Shveysariya 5 4 3 12
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga klublari davralar oralig‘ini qanday o‘tkazdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Oliy liga klublarining davralar oralig‘ida amalga oshirgan ishlari.

"LOKOMOTIV"

«Lokomotiv» ikkinchi davra o‘yinlariga hozirlikni davom ettirmoqda. Biroq hal qiluvchi bosqich start olishidan avval toshkentliklar mamlakat kubogi doirasida uchrashuv o‘tkazishadi. O‘zbekistonning amaldagi chempioni hamda kubogi sohibi 28 iyulda joriy yilgi kubok bellashuvlari chorak final javob o‘yinlari doirasida «Buxoro» qarshiligini yengishga urinadi. Yodingizda bo‘lsa, ushbu ikki jamoaning dastlabki to‘qnashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Navbatdagi bahsda esa yarim finalga qaysi jamoa yo‘l olishi oydinlashadi.

«QO‘QON-1912»

O‘zining ajoyib o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar nazariga tushgan iqtidorli yarim himoyachi Javohir Siddiqov «Qo‘qon-1912»ning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi. «Paxtakor»ga tegishli Siddiqov ozod agentga aylangach, «Qo‘qon-1912» bilan to‘laqonli shartnoma imzoladi.

Shuningdek, darvozabon Nikita Ribkinning transfer huquqlari ham «Paxtakor»dan sotib olindi. «Sherlar»dan ijaraga olingan yana bir futbolchi Andrey Sidorov esa, ikki tomonning kelishuviga asosan o‘z jamoasiga qaytib ketdi. «Paxtakor» Andrey Sidorovni Samarqandning «Dinamo» jamoasiga ijaraga berdi.

O‘z navbatida, yarim himoyachi Sobir Hamidov ikkinchi davrani boshqa jamoada o‘tkazadigan bo‘ldi. Oliy ligaga qaytishni maqsad qilgan «Andijon» ushbu futbolchiga jiddiy qiziqish bildirdi hamda tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan Hamidov faoliyatini Andijonda davom ettiradigan bo‘ldi.

Ayni payt «Qo‘qon-1912» «Nasaf»ga qarshi kubok o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar Qo‘qondagi «Markaziy» stadionida ikki mahaldan o‘tkazilyapti.

 

«NASAF»

Ikkinchi davra tayyorgarliklarini o‘z qarorgohida davom ettirayotgan «Nasaf» to‘liq tarkibda mashg‘ulotlarga kirishdi. O‘zbekiston yoshlar (U-22) termasi safiga jalb etilgan futbolchilar ham mashg‘ulotlarni boshlashdi. Milliy jamoamiz safidagi xorij yig‘inidan qaytgan futbolchilar Akmal Shorahmedov, Farrux Sayfiyev va Bahrom Abdurahimovlar ham umumjamoa mashg‘ulotlariga kirishdilar. Shuningdek, «Nasaf» safiga yangi qo‘shilgan Jasur Hasanov va Umarbek Eshmurodovlar ham astoydil shug‘ullanishmoqda.

O‘zbekiston futbol federasiyasi Osiyo futbol konfederasiyasi hamda Shveysariyaning «Empower Sports» kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani amalga oshirish borasida shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Kelishuvga ko‘ra, ikkinchi davradan boshlab O‘zbekiston chempionati oliy liga uchrashuvlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyalari «Empower Sports» kompaniyasiga tegishli Mycujoo.tv saytida, oliy liga klublari rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir paytning o‘zida namoyish qilinadi. Shu munosabat bilan 23-24 iyul kunlari Toshkentdagi Raddison Blu Hotel mehmonxonasida oliy liga ishtirokchi jamoalari vakillari uchun maxsus seminar-ustaxona tashkil etildi. Mazkur tadbir «Empower Sports» kompaniyasi vakillari Diyego Kompaire va Daniel Portabella tomonidan olib borildi.

Unda Shveysariya kompaniyasining maxsus internet-platformasi bo‘lgan Mycujoo.tv saytida futbol o‘yinlarini qay tariqa jonli efirga uzatish borasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu seminarda «Nasaf»ning ikki nafar xodimi Turob Haydarov va Erkin Komilovlar ham ishtirok etishdi. Ikkinchi davradan boshlab «Nasaf» ishtirokidagi uy uchrashuvlarining videotranslyasiyalari «Empower Sports» kompaniyasiga tegishli Mycujoo.tv saytida va klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinadi. Ushbu translyasiyalarni tashkil etishda xodimlar kerakli bilimlarga ega bo‘lishdi va ular orqali klubga zarur jihozlar taqdim etildi.

 

«OLMALIQ»

«Olmaliq» Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomidagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Olmaliqliklarga bu safar Minsk sharafini himoya etuvchi «Krumkachi» raqib vazifasini o‘tadi. Uch hafta davom etgan mashg‘ulotlar yakuni ijobiy natija bilan yakunlandi. Futbolchilar bu bahsda raqibga hech qanday imkon qoldirishmadi va 5:0 hisobida zafar quchishdi. O‘yinda urilgan gollarning barchasi ikkinchi bo‘limga to‘g‘ri keldi. Farhod Tojiyev «xet-trik»ka erishgan bo‘lsa, Viktor Klishin va Sanjar Rihsiboyev o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi.

Shu tariqa Minskdagi o‘quv-mashg‘ulotlari yakuniga yetdi. Ertaga kunning birinchi yarmida futbolchilar so‘nggi mashg‘ulotni yugurish yo‘lakchasida o‘tkazishadi.

 

«PAXTAKOR»

Izmitdagi yig‘inda «Paxtakor» birinchi nazorat bellashuvida «Sabail»dan ustun keldi. Ozarbayjon superligasi ishtirokchisiga qarshi uchrashuvda tashabbusga erishgan «sherlar» yirik - 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Dastlab Azim Ahmedov to‘pni raqibdan olib qo‘yib, darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Kanyukning jarimadan oshirgan to‘pini Simich darvozaga aniq yo‘naltirdi. Mehmonlar birinchi bo‘limda bunga bir gol bilan javob berishdi.

Tanaffusdan so‘ng to‘p yana raqibdan olib qo‘yilgach, bu safar O‘rinboyev zafar quchdi. Iskanderov esa maydon markazi atrofida belgilangan jarima zarbasini raqiblar darvozasiga aniq yo‘llab, hisobning yirik ko‘rinish olishiga sababchi bo‘ldi.

Uchrashuvda toshkentliklar quyidagi tarkibda harakat qilishdi.

«Paxtakor»: Lobanov, Alijonov, Tojiyev, Simich (Ermamatov), Yusupov, Nurullayev, Ahmedov (Sa’dullayev), Bezerra (Ismatullayev), Kanyuk (Iskanderov), Karimov (Ibrohimov), O‘rinboyev.

«BUXORO»

Davralar oralig‘idagi yig‘inni Toshkentda o‘tkazgan «Buxoro» «Navbahor»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yinda avvaliga namanganliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘ngra «Buxoro»dan Azamat Allaniyozov va Vladimir Bayenko bittadan to‘p kiritib, jamoaga irodali g‘alabani taqdim etishdi. Kichik jarohatidan asta-sekin forig‘ bo‘lib borayotgan to‘purar hujumchi Ivan Nagayev mazkur uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyev shu kuni quyidagi tarkibdan foydalandi:

«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, Tohir Shamsiddinov, Bobur Omonov, Vladimir Bayenko, Alisher Samatov, Ergash Ismoilov, San’at Shixov, Alisher Sanoyev, Rabbimjon Hasanov, Ivor Veyser, Ivan Nagayev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Azamat Allaniyozov, Bahriddin Vahobov, Zohir Pirimov, Nozim Umurov.

Mazkur bahsdan so‘ng futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni «Buxoro» Toshkentda «Lokomotiv»ga qarshi O‘zbekiston kubogi 1|4 final javob uchrashuvidan o‘rin olgan o‘yinini o‘tkazadi.

 

«BUNYODKOR»

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi davralar oralig‘ida o‘z tarkibiga qo‘shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi. Tadbir «Bunyodkor» stadioni matbuot anjumanlari zalida bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari «qaldirg‘ochlar»ning yangi a’zolariga aylangan futbolchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, klub rahbariyati tomonidan «Bunyodkor»ning yangi futbolchilari uchun atalgan futbolkalar ham tantanali ravishda topshirildi.

«NAVBAHOR»

Namanganliklar Toshkentda tashkil etilgan yig‘inni yakunlashdi. Poytaxtdagi mashg‘ulotlar so‘nggida «Buxoro»ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazilib, unda «Navbahor» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Mirzohid G‘ofurovning zarbasidan so‘ng «lochinlar» oldinga chiqib olishgandi. Tanaffusdan keyin «Buxoro» darvozani ikki bor nishonga oldi.

Uchrashuvni namanganliklar quyidagi tarkibda o‘tkazishdi:

«Navbahor»: Asilbek Omonov, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Mirzohid G‘ofurov, Abbos Otaxonov, A’zam Aliyev, Dilshod Jabborov, Abbos Maxstaliyev, Said Abdujabborov, Oybek Qilichev, Doniyor Usmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxonov, Ilhom Boydedayev, Murod Rajabov, Azizbek Turg‘unboyev, Ro‘zimboy Ahmedov, Ravshan Xursanov, Dilshod Hamroyev.

«Buxoro» bilan o‘tgan o‘yinda murabbiylar ikki nafar yangi futbolchini sinovdan o‘tkazishdi. Birinchi davrani «Neftchi»da o‘tkazgan Saidjon Abdujabborov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Tanaffusdan so‘ng esa «Bunyodkor»dan jalb etilgan Dilshod Hamroyev ham maydonga tushdi. Toshkent yig‘inidagi oxirgi o‘yindan so‘ng jamoa a’zolariga bir kunlik ta’til e’lon qilindi. 25 iyuldan mashg‘ulotlar Namanganda davom ettirilmoqda.

 

«SO‘G‘DIYONA»

Avval ma’lum qilganimizdek, jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziyev o‘z arizasiga binoan klubni tark etgandi. Jamoani yordamchi murabbiy Diyor Fayziyev boshqarib kelayotgandi. Klub rahbariyati ushbu mutaxassisni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinladi.

Shu bilan birga, «So‘g‘diyona»da yangi murabbiy ish boshladi. Muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Zohid Nurmatov endilikda jamoada yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi va u futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga mas’ul bo‘ladi. 53 yoshli mutaxassis bungacha oliy liganing «Nasaf», «Dinamo», «Guliston», «Navbahor» hamda «Andijon» kabi jamoalarida Bahrom Hakimov va Baxtiyor Ashurmatovga assistentlik qilgan. Qo‘qonlik murabbiyning so‘nggi ish joyi «Andijon» edi. O‘tgan yilning may oyida o‘z arizasiga ko‘ra «burgutlar» bilan xayrlashishga qaror qilgan Nurmatov bungacha hech bir jamoada ko‘rinish bermay kelayotgandi.

Jizzaxliklar Toshkent yig‘ini doirasida «Neftchi»ga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazishdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi. «So‘g‘diyona»ning gollariga Shohruh Dostonov va Izzatilla Abdullayevlar mualliflik qilishdi.

Jizzax jamoasi mazkur bahsda quyidagi tarkibda harakat qildi.

«So‘g‘diyona»: Muzaffar Abdullayev, Javlon Guseynov, Sardor Qahhorov, Umid Qodirov, Sherzod Jalilov, Azamat Isroilov, G‘ayrat Umirov, Sardor Eminov, Sarvar Jo‘rayev, Sardor Qulmatov, Ixtiyor Toshpo‘latov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Shirinboy Abdullayev, Rustam A’zamov, Sanjar Rashidov, Izzatilla Abdullayev, Suhrob Qobilov, Alisher Mahmudov, Shohruh Dostonov, Qahramon Bahodirov.

 

«SHO‘RTAN»

Birinchi davrada «Qo‘qon-1912» sharafini himoya qilgan Ruslan Melziddinov ayni payt «Sho‘rtan» yig‘inida ishtirok etmoqda. Uning G‘uzor klubiga o‘tish yoki o‘tmasligi hozircha ma’lum emas.

Oliy liganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan «Sho‘rtan»ga yana yangi futbolchi keldi. Shu paytgacha «Mash’al» safida to‘p surgan hujumchi Maradona Safarov ayni kunlarda g‘uzorliklar tarkibida shug‘ullanmoqda. «Sho‘rtan» 22 iyul kuni birinchi liga vakili «NBU-Osiyo»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. So‘ngra g‘uzorliklar «Lokomotiv»ning o‘rinbosarlar tarkibi bilan nazorat o‘yini tashkil etib, unda ham raqibni yengishdi - 3:1.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:14, 28.07.2017. O'qildi: 4513 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.