Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 2:0
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 2:1
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • 0:0
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • 3:1
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • 0:4
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • 3:1
      • Buxoro
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • 0:1
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 1:1
      • Parma
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 29 38
9 Espanyol 30 38
10 Atletik Bilbao 29 38
11 Osasuna 29 37
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 29 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Malyorka 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Garet Beyl: «Endi kuch to‘plashim kerak»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

So‘nggi paytlarda Garet Beylning «Real»dan ketishi haqida turli mish-mishlar yuribdi. Shunga aniqlik kiritish maqsadida Marca nashri uelslik futbolchi bilan suhbatlashdi.

- Mavsum oldidan o‘zingizni qanday his qilyapsiz? Har holda jarohatlar tufayli o‘tgan mavsum siz uchun qiyin kechdi...

- Shubhasiz, mavsumoldi yig‘inlar og‘ir o‘tadi. Formamizni tiklab olish uchun ko‘p mehnat qilyapmiz. Mavsumga oldingidan ham jangovar ruhda shaylanishimiz talab etiladi.

- Sog‘liq borasida muammo yo‘qmi?

- Hammasi joyida. Butunlay oyoqqa turish uchun to‘piqlarimga kuch keltirmaslikka harakat qildim. O‘tgan mavsum og‘riqlar tufayli optimal formamga kira olmagandim. Lekin tiklanish uchun ko‘p ishladim. Endi esa mashg‘ulotlarga tayyorman.

- Ortga nazar solsak, o‘tgan mavsum faoliyatingizdagi eng og‘iri bo‘ldimi? Aytaylik, «Real» safidagi?

- Yanvargacha hammasi yaxshi edi, keyin omadim kelmadi. Futbolda jarohatlardan qochib bo‘lmaydi. Albatta, qiynaldim. Lekin eng muhimi - jamoa kerakli sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

- Kardiffda o‘zingizni qanday his qildingiz? Avval zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdingiz. Keyin maydonga tushib, kubokni boshingiz uzra ko‘tardingiz...

- To‘g‘risini aytsam, finalga olti hafta qolganda o‘zimni ayamay, astoydil mehnat qildim. Chunki formamni tiklab olishni juda istagandim. Busiz ro‘yxatga kiritilmasligim mumkin edi. O‘sha uchrashuvda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirish ham katta yutuq sanalardi. Finalga tayyor bo‘lish uchun 12 soatlab ishlashimga to‘g‘ri keldi. Murabbiy menga in’om etgan daqiqalar esa omadimdir. Buning uchun unga minnatdorchilik bildiraman. Chempionlar Ligasi kubogini oilam, do‘st­larim oldida ko‘tarish menga o‘zgacha baxt ulashdi.

- Kelajakdan nimalar kutyapsiz?

- Yig‘inlarni yaxshi o‘tkazib, yangi mavsumga 100 foiz tayyor bo‘lmoqchiman. Davolanib, tarkibga qaytganimda 50 foizga tayyor edim, xolos. Umuman olganda, holatimni yaxshilashga rosa urindim. Ammo to‘piqlarimdagi jarohat bunga yo‘l qo‘ymadi.

- Joriy mavsum Beylni yaxshilangan holatda ko‘ramizmi?

- Hamisha bor kuchimni ishga solaman. Umid qilamanki, jarohatlar chetlab o‘tadi. Hozir esa mavsum davomida jarohatlardan qochish uchun keragicha kuch to‘plashim lozim.

- Jamoadagi kelajagingiz haqida turli gap-so‘zlar yuribdi. «Real»­dan ketish haqida o‘yladingizmi?

- Yo‘q. Vaziyat jarohatim bilan bog‘liq edi. Ayni payt oldingi holatimga qaytyapman va kelajakda ham «Real» uchun bor kuchim bilan o‘ynayman. Jamoa bilan shartnomam bor. Bu yerda o‘zimni baxtli his qilyapman. Ishonchim komilki, bizni ajoyib mavsum kutib turibdi. Rejam - «Real» uchun gollar urish.

- «Manchester Yunayted»ning sizga qiziqish bildirgani haqiqatmi?

- Mish-mishlarni kuzatmayman. Lekin mantiqan olib qaraganda, men britaniyalikman. Shunday ekan, ko‘pchilik uyga qaytishimni istaydi. Ispaniyaga o‘ynagani kelgan Bekxem bilan ham, boshqa britaniyaliklar bilan ham shunday bo‘lgan. Bu yangilik emas. Yuqorida aytganimdek, Madridda baxt­liman. Ehtimol, boshqa klublardan qiziqish bo‘lgandir, ammo ularning hech biridan aniq taklif olmadim. Demak, buni muhokama qilishga hojat yo‘q.

- Zidan sizni qo‘llaydimi? U bilan gaplashdingizmi?

- Bu yerga kelganimizga ko‘p bo‘lmadi, suhbatlashish uchun hali vaqt bor.

- Zidanning bunchalik tez muvaffaqiyat qozonishiga ishonganmidingiz?

- Balki biror kishi bunga shubha qilgandir. Ammo jamoa Zidanni hamisha qo‘llagan. U ko‘p ishladi, barchamiz «Real»ning muvaffaqiyati uchun kurashdik. Shu bois ham Zayniddin bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Umid qilamanki, bu yog‘iga shu ruhda davom etadi.

- Yangi mavsumda «Real» oltita sovrinni qo‘lga kiritishi mumkinmi?

- O‘ylaymanki, bu juda qiyin ish. Hattoki, bitta sovrinni yutishning o‘zi bo‘lmaydi. Oltita haqida-ku gapirmay qo‘yavering. Biroq biz aynan shuning uchun «Real»damiz. Jamoamiz imkon qadar barcha sovrinlarni yutishni maqsad qilgan. Rejamiz shundan iborat va buni uddalay olishimizga ishonamiz.

- «Real»ning asosiy tarkibiga kirish qiyinlashayotgani sizni xavotirga solyaptimi?

- Balki solayotgandir... Asosiysi, jahonning eng yaxshi klubida to‘p suryapman. Barchamiz o‘ynashni, sov­rinlar yutishni istaymiz. Jamoada futbolchilar soni 11 nafardan ko‘p. Shu bois ham Zidan rotasiya siyosatini davom ettirmoqchi. Shunda barcha uchun o‘ynash imkoniyati tug‘iladi.

- Nima deb o‘ylaysiz, Krishtianu Ronaldu jamoadan ketadimi?

- To‘g‘risi, yangiliklarni o‘qimayman. «MYU»ning Lukakuni xarid qilganini kecha bildim.

- Mbappe borasida qanday fikr­dasiz?

- Uning ko‘p o‘yinlarini ko‘rmaganman. Lekin ajoyib futbolchi ekanligini bilaman. Agar Mbappe «Real»ga o‘tadigan bo‘lsa, demak oldingi mavsumni yaxshi o‘tkazgan.

- Yangi mavsumda YECHLda jamoangizga kimlar raqobatchilik qiladi?

- Har doimgidek, Angliya klublari, shuningdek, «Bavariya», «Barselona», «Yuventus» hamda «PSJ».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:17, 30.07.2017. O'qildi: 6306 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик