Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eldor Shomurodovning transferi tafsilotlari

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbek futbolida Eldor Shomurodov mavzusi anchadan buyon aylanmoqda.

Har holda oliy ligadan biror futbolchining Rossiya chempionatiga ketganini har doim ham ko‘ravermaymiz.

Shu bois O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisiga bo‘lgan qiziqish yanada oshib ketdi. Biroq o‘tgan hafta urchigan gap-so‘zlar avvalgisidan ancha farq qiladi. Bunaqasini ilgari eshitmagandik.

TAQDIMOTDAGI TASHVIQOT

«Bunyodkor» klubi oliy liga ikkinchi davrasi boshlanishi oldidan yangi futbolchilar taqdimotini o‘tkazishi haqida xabar berilgandayoq Eldor Shomurodov masalasi ham ko‘tarilishi oldindan kutilgandi.

Chunki o‘zbek futbolida transfer yangiliklari masalasida ulkan maxfiylik mavjud - o‘yinchiga yana kimlar qiziqish bildirgan, uning transfer qiymati qancha, maosh masalasi qanaqa? Bu savollarga javob olishni hamma istardi.

Yevropa va jahon futboliga qaraydigan bo‘lsak, bu taxlit yangiliklar allaqachon millionlar o‘yinining tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan. Bizda esa yashirishadi. Ammo baribir, Shomurodovning transferi borasida albatta, kimdir so‘rashi aniq edi.

Matbuot anjumani avji qizigan mahal o‘sha savol berildi - «Eldor Shomurodov qancha mablag‘ evaziga xorijga ketdi?» Savol aniq, ammo aniq javob olish umidi u qadar katta emasdi.

Shunday ham bo‘ldi. «Bunyodkor» vise-prezidenti Murod Aliyev Shomurodovning transfer qiymatini aytmadi, ammo u bilan bog‘liq ko‘p narsalarni ochiq-oydin so‘zlab o‘tdi. Bahonada ko‘p narsalarni bilib oldik.

ALIYEVNING JAVOBI

- Agar futbolchini mavsum oxirigacha ushlab turganimizda u jamoamizdan tekinga ketishi mumkin edi. Shuning uchun «Rostov» bilan muzokara o‘tkazib, klub hisobiga biroz bo‘lsa-da pul tushirib oldik. Qancha olganimiz esa sir bo‘lib qo‘ya qolsin.

«Nasaf»ga qarshi kechgan o‘ta muhim o‘yin oldidan Eldor Shomurodovning agenti keldi va u bilan gaplashib oldik. Hujumchi va «Rostov» o‘rtasida shartnoma imzolanganini oldindan bilib turgandik.

Albatta, asablarimiz buzildi. Shunga qaramay, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov bilan maslahatlashgan holda futbolchiga indamay turishga qaror qildik.

Ertasi kuni «Nasaf» bilan o‘yin bo‘lib o‘tdi va Shomurodov gol urib, bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Biz g‘alaba qozondik. E’tiborlisi, bungacha uning o‘yini bu qadar yaxshi chiqmayotgandi.

Uchrashuvdan so‘ng Shomurodovni qancha urishmaylik, so‘kmaylik, endi kech bo‘lgandi. Shuning uchun yaxshilikcha xayrlashdik. Hech qanday muammo tug‘ilmadi, biz unga omad tiladik.

Men Eldorni futbolchi sifatida tushunaman. Rossiya premyer-ligasida o‘ynashdek imkoniyat bir marta berilishi mumkin. Balki uning o‘rnida o‘zim bo‘lganimda ham shunday yo‘l tutarmidim?!

Biroq Eldor jamoadoshlari va murabbiylar shtabi bilan xayrlashib ketishi kerak edi. Agar vaziyatni tushuntirib, kuchli chempionatga ketish niyati borligini oldindan aytganda, biz to‘g‘ri qabul qilgan bo‘lardik.

Eldor bilan bog‘liq masala o‘zbek futboli manfaatidan kelib chiqib hal qilindi. Hozir O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati final bosqichiga chiqish uchun kurashmoqda.

Agar mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilsa, hammamizga yaxshi bo‘ladi. Davlatimiz obro‘yi oshadi. Shuning uchun Shomurodovni ortiqcha muammosiz qo‘yib yubordik.

Mabodo qaytib kelsa, jamoa eshiklari ochiq ekanini ham aytganmiz. U qaytgach, avvalo, o‘zimizda o‘ynashini istaymiz.

QOSIMOVNING JAVOBI

«Bunyodkor» vise-prezidentidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham Eldor Shomurodov masalasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Uning javobi Murod Aliyevnikidan deyarli qolishmadi. Faqat bir istisno - u Shomurodovning ketishini hech qanaqasiga oqlamaydi.

- Shomurodovning «Rostov»ga ketayotganini Chimyonda o‘tkazilgan yig‘in vaqtida bilib qoldik. Qaysidir muhim bahs, adashmasam, «Lokomotiv» bilan bo‘lgan edi, o‘sha o‘yindan so‘ng futbolchilarga bir kunlik dam berildi.

Eldor shu bir kun ichida Moskvaga borib, «Rostov» bilan shartnoma imzolab kelishga ulguribdi. Bizdan yashirib, hamma ishni bitirib bo‘lgan. Ochig‘i, o‘zimiz ham hayron qoldik. O‘ylaymanki, bir og‘iz aytib qo‘yganda, yo‘q demasdik.

Uning bu ishini hech qanaqasiga to‘g‘ri, deb hisoblamayman. Futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham. Shomurodov oldin o‘zimizda o‘ynab, biror narsaga erishishi lozim edi.

Rossiya chempionatida ko‘p yillar to‘p surganman va u yerda o‘zini o‘nglab olish oson emasligini juda yaxshi bilaman. Har kuni og‘ir mehnat qilish kerak.

Shu bois Eldorning oldin o‘zimizda tajriba orttirishini istagandim. Uning ketayotganini bilganimizda esa kech bo‘lgandi.

Shomurodov bu yil qancha o‘yin o‘tkazdi va nechta gol urdi? «Bunyodkor» tarkibida oliy liga, kubok va Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etdi. Qolaversa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida maydonga tushdi.

Ammo nechta to‘p kiritdi? DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:43, 07.08.2017. O'qildi: 23907 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик