Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Farhod Tojiyev: «Faoliyatimning eng yaxshi davri Samarqandda o‘tganligi uchun «Dinamo»ga qaytdim»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ikkinchi davra oldidan «Dinamo» jamoasi o‘z safini tajribali hujumchi Farhod Tojiyev bilan kuchaytirdi. Samarqand futboli uchun begona bo‘lmagan ushbu forvard bilan yil yakuniga qadar shartnoma imzolangach, Farhod Tojiyev klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Farhod, suhbatimizni «Dinamo»ga o‘tishingiz qanday ro‘y berganligidan boshlasangiz…

- Yil boshidan buyon Malayziyada to‘p surayotgandim. Yaqinda esa klubim bilan shartnomam yakuniga yetgach, O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgandim. Malayziyadan qaytishimdan 2-3 kun oldin, «Dinamo» klubi bosh menejeri Ilhom aka Sharipov bilan qo‘ng‘iroqlashgandim. O‘shanda Ilhom aka men va Dilshod Sharofutdinovdan Samarqandga qaytishimizni so‘ragandilar. Toshkentga qaytaganim zahoti yana Ilhom aka aloqaga chiqib, meni «Dinamo»da kutayotganligini aytdilar. O‘sha payt «Olmaliq»dan ham taklif chiqqan va ular Belorussiyadagi yig‘inda ishtirok etishimni so‘ragandilar. Minskdagi yig‘in yakunida Samarqanddan yana qo‘ng‘iroq bo‘lgach, «Dinamo»ga o‘tishga qaror qildim.

- Boshqa takliflar emas, aynan «Dinamo» tanloviga to‘xtalishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Sababi, o‘zim ham Samarqandda to‘p surishni istadim. Chunki, faoliyatimning eng yorqin damlari, eng yaxshi xotiralarim aynan «Dinamo» bilan bog‘liq. Bilasiz, 2007 yilda aynan «Dinamo»da Oliy Ligada debyut qilib, o‘shanda chempionatning eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylangandim. «Dinamo» ham o‘shanda 5-o‘rinni egallagandi. Samarqand va «Dinamo» yuragimdan joy olganligi, faoliyatimning eng yaxshi davri shu yerda o‘tganligi uchun yana o‘sha natijalarni takrorlash uchun qaytdim.

- «Dinamo»ga o‘tish oldidan kimlar bilan maslahatlashdingiz?

- Ilhom aka Sharipovni juda hurmat qilaman. Sobiq futbolchi sifatida u kishi barchamizni juda yaxshi tushunadi. Eng asosiysi u kishi «Dinamo»da o‘yin amaliyotim bo‘lishini aytdilar. Qolaversa, klubga kelmasimdan oldin Aleksey Nikolayev, Temur Jo‘rayevlar ham jamoa haqida iliq fikrlar bildirishgandi.

- «Olmaliq»da ham qolishinigiz mumkinmidi?

- Bilasizmi, futbolchi hamma joyda ham o‘z so‘zini aytib, o‘zini ko‘rsata olmaydi. Oldingi yil «Olmaliq»da to‘p surib, unchalik omadim kelmagan. «Dinamo»da esa bungacha ikki marta o‘ynagan bo‘lsamda, ikki safar ham bu jamoa aynan meniki ekanligini his qila olganman. Xudoga shukurki, negadir aynan Samarqandda doimo omadim yurishadi. O‘zimni har tomonlama ko‘rsata olganman. Shu bois bo‘lsa kerak, samarqandlik muxlislar bilan haligacha aloqada edim, ularning qo‘llab-quvvatlashini doim sezganman. Bu safar ham «Dinamo» safida ularning ishonchini oqlash uchun bor kuch va imkoniyatimni ishga solaman.

- 2007 yilgi faoliyatingizni eslab tursangiz kerak…

- Bu damlarni esdan chiqarib bo‘lmaydi. Har o‘yinda Samarqanddagi «Olimpiya» o‘yingohi muxlislar bilan to‘lardi. Faoliyatimdagi eng chiroyli golimni ham aynan Oliy Ligadagi debyut o‘yinimda Zarafshonda «Qizilqum» - «Dinamo» (1:2) o‘yinida akrobatik tarzda nishonlagandim. Rahbariyat ham jamoani doimo qo‘llab-quvvatlardi, biz ham bir oila bo‘lib keyingi o‘yinni intizorlik bilan kutardik. O‘sha mavsum adashmasam, 19 ta gol urgandim. Undan keyin «Paxtakor», «Lokomotiv» va yana boshqa jamoalarda ham faoliyat yuritgan bo‘lsamda, aynan «Dinamo»dagi faoliyatim bir umr yodimda qolgan. Tachmurod Agamurodov qo‘l ostida juda ahil jamoa yig‘ilgandi. Bugun ham Ilhom Sharipov qo‘l ostidagi jamoaga qo‘shilib, jamoa bir oilaga aylanganligiga guvoh bo‘lib turibman.

- Malayziyadagi faoliyati davomida ham Oliy Ligadan boxabar edingizmi?

- Albatta, chempionatimizni internet orqali kuzatib borardik. Yil boshida «Dinamo»ning peshqadamligini ko‘rib, ochig‘i juda quvongandik. Chunki endi elitaga qaytgan yosh jamoadan hech kim bunday natija kutmagandi.

- Malayziyada bir qator sobiq «Dinamochilar» bilan birga to‘p surgansiz…

- Chindanam, 2015 yili Malayziya chempionatiga Sadriddin Abdullayev, Boyan Miladinovichlar bilan ilk marta borganimizda Dilshod Sharofutdinov o‘sha yerda edi. Eng qizig‘i, biz borgan klubda «Dinamo»dagi sobiq jamoadoshimiz Devid Oniya ham bor edi. O‘z vaqtida, aniqrog‘i 2007 yil Devid Oniya Samarqandga kelganida biz unga rus tilini o‘rgatib, yordamlashgan bo‘lsak, 2015 yilda aynan Devid Malayziyada ingliz tili borasida bizga yordam bergandi. Rahmatli yurak xuruji tufayli vafot etdi. O‘shanda ajoyib do‘stimizni yo‘qotganimiz uchun juda qayg‘uga botgandik. U 7 yil Samarqandda yashab, oilali bo‘lganligini aytib, yana bu shaharga qaytishini ta’kidlardi.

- Ikkinchi davradan nimalarni kutayapsiz?

- Bizni juda qiziqarli o‘yinlar kutib turganligiga shubham yo‘q. Umumiy gapiradigan bo‘lsam, chempionlik uchun ham kurash qiziydi deb o‘ylayman. Ko‘pchilik, «Lokomotiv»ni chempionlikka juda yaqin deyishmoqda, ammo hali bu haqda gapirish juda erta. «Paxtakor», «Nasaf» jamoalari ham chempionlik uchun kurash olib borishsa kerak. «Dinamo» esa Samarqandda o‘tadigan «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinlarda ham grandlarga jiddiy qarshilik ko‘rsatishiga va’da beramiz. O‘zimning reja va maqsadlarimga kelsam, «Dinamo» safida yana gollar urib, Samarqand jamoasini yuqori o‘rinlarga olib chiqishga bor kuch va g‘ayratimni ishga solaman. Kubokda ham finalga chiqishimiz shart.

Suhbatimiz yakunida milliy terma jamoamiz muxlislardan har qanday holatda ham O‘zbekiston milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolaman. Ayrim futbolchilar sha’niga internetda juda nojo‘ya so‘zlar aytishdan tiyilish lozim, bu futbolchilarga salbiy ta’sir qiladi. Oldimizda ikkita o‘yin qoldi. Shunday ekan, yigitlarimizni har doimgidan ham yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolgan bo‘lardim. Jamoamiz ayni damda muxlislar daldasiga muhtoj.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:00, 08.08.2017. O'qildi: 4179 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик