Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • 0:2
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 2:2
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 07.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 5:0
      • Suriya
      • 07.01.2026 16:30
      • Janubiy Koreya
      • 0:0
      • Eron
      • 07.01.2026 19:00
      • O‘zbekiston
      • 3:2
      • Livan
      • 07.01.2026 21:30
      • Qatar
      • 0:2
      • BAA
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 20 48
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 20 34
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

09/01/26 Arsenal - Liverpul

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mash’um kun

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbol faxriylari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun 1979 yil aviahalokatga uchragan «Paxtakor»dan ayrilganimizga 38 yil bo‘ldi. Minskning «Dinamo» klubi bilan uchrashuvga yo‘l olgan o‘sha jamoa a’zolari bu o‘zlari uchun so‘nggi safar bo‘lishi mumkinligidan bexabar edilar. An’anaga ko‘ra, har yilning 11 avgust sanasida shonli jamoa vakillari yodga olinadi.

Avialhalokatda hayotdan ko‘z yumgan paxtakorchilarni eslab o‘tamiz:

Idgay Borisovich Tazetdinov 13.01.1933 Murabbiy

Vladimir Vasilyevich Chumakov 08.12.1932 Shifokor

Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Ma’mur

Mixail Ivanovich An 19.11.1952 Yarim himoyachi

Vladimir Ivanovich Fyodorov 05.01.1956 Hujumchi

Olim Masoliyevich Ashirov 25.01.1955 Himoyachi

Ravil Rustamovich Agishev 14.03.1959 Himoyachi

Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi

Yuriy Timofeevich Zagumennix 07.06.1947 Himoyachi

Aleksandr Ivanovich Korchyonov 04.05.1949 Yarim himoyachi

Nikolay Borisovich Kulikov 25.04.1953 Himoyachi

Vladimir Vasilyevich Makarov 09.03.1947 Yarim himoyachi

Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon

Viktor Nikolayevich Churkin 25.01.1952 Hujumchi

Sirojiddin Ahmadovich Bozorov 10.08.1961 Hujumchi

Shuhrat Mo‘sinovich Eshbo‘tayev 08.02.1959 Hujumchi

Vladimir Valiyevich Sobirov 14.01.1958 Hujumchi

“Paxtakor” futbol klubining yordami evaziga Kurilovka qishlog‘ida jamoani eslatib turuvchi yodgorlik barpo etildi. O‘sha hudud yoshlar jamoasi “Paxtakor” deb nomlanadi, ular “Paxtakor” liboslarida maydonga tushib, o‘yinlarda ishtirok etishadi. Bu esa o‘sha jamoaga hurmat keltirilayotganini ko‘rsatib turibdi. O‘sha yoshlar jamoani ko‘rganda barcha 1979 yilgi jamoa to‘g‘risida yodga oladi. Yil davomida yurtimizning turli hududlarida xalqaro turnirlar o‘tkazib kelinmoqda.

8 avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning “Zarya” klubini 3:1 hisobida dog‘da qoldirgan “Paxtakor”ning o‘sha tarkibi uchun so‘nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o‘ylab ham ko‘rmagandi. 13 avgustda Minskda “Dinamo”ga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro‘y beradigan halokat hali butun millatni larzaga solishini hech kim bilmasdi. O‘zbekistonning faxriga aylangan futbol jamoasi samoda yo‘q bo‘lib ketdi. Ular millionlab insonlar uchun qahramonlar hisoblanardi. Maydonda har qanday raqibga qarshilik qila oladigan yigitlar samoda taqdir hukmi oldida barcha insonlar kabi ojiz edilar.

1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo‘yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o‘tgan. Shu lahzada Toshkent-Guryev-Donesk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi. Fojea yerdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqtda o‘zbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo‘lgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi.

O‘sha kuni Xarkovdagi havo harakatlarini boshqarish markazida 6 nafar dispetcher navbatchilik qilayotgandi. Bo‘lim boshlig‘i Sergeev yosh Nikolay Jukovskiyni ish o‘rniga o‘tkazdi va unga rahbarlik qilib turishni Vladimir Sumskoyga topshirdi. Bu hududda ob-havo unchalik yaxshi emasdi. Osmonni bulutlar egallagan bo‘lib, ular 8-9 kilometr balandlikda ham qalin joylashgandi. 65735 bort raqamli Tu-134 samolyoti Moskva vaqti bilan soat 13:11da Doneskdan havoga ko‘tariladi. A.S.Komarov boshchiligidagi ekipaj a’zolari 77 yo‘lovchini manzillari tomon yetkazib qo‘yishlari zarur edi. 12:53da Voronejdan uchgan boshqa bir Tu-134 esa 65816 bort raqamiga ega bo‘lib, unda A.A.Taranenko komandirlik qilayotgandi. Moldovaga tegishli samolyot salonida 88 nafar yo‘lovchi ro‘yxatga olingandi. Ulardan 16 nafari 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lgan.

Xarkov havo harakatlarini boshqarish markazida rahbar Sergeev janubiy-g‘arbiy yo‘nalishga mas’ul etib katta tajribaga ega bo‘lmagan Jukovskiyni qo‘yib, uning harakatlarini nazorat qilishni esa birinchi klassli dispetcher Sumskoyga topshiradi. Biroq Jukovskiy hisobda adashib ketadi hamda ikki yo‘nalishdagi samolyot uchib o‘tish farqini 3 daqiqa deb belgilab oladi. Keyinroq u hisoblashda yana bir xatoga yo‘l qo‘yadi. Buni «Paxtakor» uchayotgan samolyot komandirining aloqaga chiqib aytgan so‘zlaridan payqagan Sumskoy boshqaruvni qo‘lga oladi hamda uchuvchilar bilan aloqaga o‘zi chiqishni boshlaydi. Biroq uning xatosi shunda bo‘lganki, u javobni qaysi samolyot komandiri aytganini so‘rab, tasdiqlatishni esdan chiqargan. Har ikki dispetcher buyruqni kim bajarganini so‘rashni yoki lokatorga qarab, samolyotlar qaysi yo‘nalishda harakat qilayotganini tekshirishni unutishgan.

Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to‘nashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo‘ldi. 9 oydan keyin bo‘lib o‘tgan sudda Jukovskiy va Sumskoy ustidan sud qarori e’lon qilindi. Ular umumiy rejimda 15 yildan ozodlikdan mahrum etildilar.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:23, 11.08.2017. O'qildi: 5428 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.