Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Anvar G‘ofurov: «Obod»dagi o‘zgarishlar haqida gapirishni istamayman

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Oliy liga klublari oraliq tanaffusda o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan klublar tarkiblarini kuchaytirishga harakat qilishdi.

Ayniqsa, «Bunyodkor» va «Paxtakor»da o‘zgarishlar ko‘lami kengroq bo‘ldi. Jumladan, Mirjalol Qosimov o‘zi bilgan tajribali futbolchilarni jamoaga qaytardi. Ulardan biri «Obod» himoyachisi Anvar G‘ofurovdir.

Biz ushbu futbolchidan intervyu oldik.

- Anvar, ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng «Bunyodkor»ga qaytdingiz. Bu o‘tish qanday amalga oshdi?

- Tan olaman, bu kutilmagan chorlov bo‘ldi, juda quvondim. Meni esdan chiqarishmagani uchun klub rahbariyati va Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman. Ko‘p yillik tajribamga tayangan holda jamoaga yordam berishga harakat qilaman.

- Davralar oralig‘ida «Obod»da yuzaga kelgan vaziyatga munosabatingiz qanday?

- Ochig‘i, nima deyishni ham, gapni nimadan boshlashni ham bilmayman. Bu klubdagi mashmashalar birinchi davraning o‘rtalaridayoq yuzaga kelgandi. Lekin bir narsani aniq ayta olamanki, bo‘lib o‘tgan voqealar men uchun yaxshigina saboq bo‘ldi.

- «Obod» rahbarlari birinchi davra uchun hisob-kitob ishlarini to‘liq amalga oshirishdimi yoki qarz­dorlik saqlanib turibdimi?

- Bu masalada ham bir gap aytaman. Shu fikrimdan so‘ng muxlislar nimaga sha’ma qilayotganimni tushunib olsalar kerak. «Obod» klubiga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q. Chunki klub rahbarlari va’da berganlaridek, amaldagi shartnomamni bekor qilib, boshqa jamoaga ozod agent sifatida o‘tishimni ta’minlashdi. Aslida, kelishuv muddati yil oxirida yakunlanardi. Umuman, «Obod»­dagi o‘zgarishlar haqida gapirishni xohlamayman.

- Istaysizmi-yo‘qmi, baribir, yosh o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shu ma’noda, hozirgi jismoniy holatingiz 90 daqiqa o‘ynashga imkoniyat beryaptimi?

- Bu fikrga to‘liq qo‘shilaman. Yillar insondan o‘z ulushini oladi. Menda ham yosh o‘tayotgani sezilyapti. Maydondagi harakatlarimda buni o‘zim ham anglab yetyapman.

Lekin bosh­qa tomondan, zamonaviy futbolda hech kimga oson emas. U xoh navqiron bo‘lsin, xoh yoshi katta, tezkor o‘yin hammadan katta kuch talab qilyapti.

Shu narsani ishonch bilan aytishim mumkinki, hozir 90 daqiqa o‘ynashga tayyorman. Birinchi davrada va kubok bahsida ham maydonda to‘liq harakat qildim.

- «Bunyodkor» O‘zbekiston kubogi yarim finalida «Dinamo» bilan kutilmaganda durang o‘ynadi. Tajribali himoyachi sifatida raqib jamoaning himoya qo‘rg‘oni va umuman, o‘yini haqida nima deya olasiz?

- Bizda hisobni ochish uchun yetarlicha qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Afsuski, ulardan unumli foydalana olmadik. «Dinamo» juda yaxshi shakllangan jamoa.

Himoyada murabbiylar talab qilgandek, bexato o‘ynashdi. Qolaversa, jamoaviy o‘yin to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Buni ular bizga qarshi kechgan uchrashuvda ham isbotlashdi.

Futbolchilar bir-birlarini tushunib harakat qilishyapti. Ha, durang biz uchun kutilmagan natija bo‘ldi. Lekin tushkunlikka tushishga aslo hojat yo‘q. Hali oldinda javob uchrashuvi bor. Ishonamanki, safarda o‘zimiz uchun kerakli natijaga erishamiz.

- Lekin «Dinamo» futbolchilari ham qarab turishmaydi. Samarqanddagi o‘yindan nimalar kutyapsiz?

- Hali javob bahsi sanasi ma’lum emas. Oldinda chempionat o‘yinlari bor. Birinchi galda oliy ligadagi ishtirokimizga e’tibor qaratib, jiddiy yondashuv asosida tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Ikkinchi davra uchrashuvlari hech bir jamoa uchun oson kechmasligi aniq.

- Menimcha, oliy ligada chempionlik masalasi hal bo‘lgan. Har holda, «Lokomotiv» 8 ochkolik farqni boy bermasa kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda, «Bunyodkor» ikkinchi davrada kumush medallar uchun kurasha oladimi?

- Bilmadim, shaxsan men boshqacharoq fikrdaman. Bu - futbol, unda oldindan nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Chempionatning dastlabki qismida kutilmagan natijalar yetarlicha qayd etildi.

Ikkinchi davra shiddat va keskinlik bobida birinchisidan keskin farq qiladi. «Olmaliq», «Buxoro», «Qo‘qon-1912» jamoalari peshqadamlarga yaxshigina boshog‘rig‘i bo‘lishadi. Bunga ishonaman.

Biz esa har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rib, faqat g‘alaba ilinjida maydonga chiqamiz. Medallar uchun kurashayotgan ekanmiz, ochko yo‘qotishga aslo haqqimiz yo‘q. Aks holda, oldimizga qo‘yilgan maqsad manzilidan uzoqlashaveramiz.

- Bu yil futbolchilik faoliyatingizdagi so‘nggisi emasmi?

- Ochig‘i, bilmadim. Bu savolga ikkinchi davradagi o‘yinlarim javob beradi. Lekin niyat qilamanki, joriy mavsum faoliyatimdagi so‘nggisi bo‘lmaydi. Hali futbolda erishmagan yutuqlarim bor. Sevimli kasb­dan ketish hamisha og‘ir bo‘lgan. Lekin bu - hayot. Uni o‘z izmimizga bo‘ysundira olmaymiz.

- Shunga qaramay, baribir, murabbiylar faoliyatini kuzatyapsizmi? Ularning ish uslublarini yon daftarchangizga yozib boryapsizmi?

- Albatta, kuzatib boryapman. Bu narsa murabbiylik faoliyatimni boshlaganimda asqotishi aniq. Boisi, futbolchilik davrimda tajribali mutaxassislar bilan ishlash baxti nasib etdi.

- Vaqti kelib, bolalar futbolida ishlash istagidamisiz yoki katta futbolda?

- Katta futbolda ishlasam kerak. Shu menga yaqinroq va tanishroq tuyulyapti.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:48, 15.08.2017. O'qildi: 4276 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик