Angliya chempionatining 2-turiga yakun yasaldi. Turning so‘nggi bashida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qildi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning aksariyat qismida to‘p nazorati Gvardoila shogirdlari tomonida bo‘ldi, ammo mustahkam mudofaa yarata olgan liverpullliklar raqibning xavfli hujum tashkil etishiga yo‘l qo‘yishmadi. Aksincha, mehmonlar o‘yinning 36-daqiqasida qarshi hujumdan unumli foydalanib, Runining goli evaziga hisobni ochishdi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida mezbonlar himoyachisi Uoker maydondan chetlatilishi oqibatida "Siti"ning ahvoli yanada og‘irlashdi. Ikkinchi bo‘lim ham avvalgisi kabi davom etdi. Zaxiradan maydonga tushgan Rahim Sterling o‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, APLda chempionlikka asosiy da’vogar sifatida qaralayotgan "Manchester Siti" 2-turdayoq ochko yo‘qotishga majbur bo‘ldi.
APL, 2-tur
Manchester Siti – Everton 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 35 Runi, 1:1 – 82 Sterling.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Stounz (Danilo, 65), Otamendi, Fernandinyo, Uoker, Sane (Bernardu Silva, 69), Silva, de Bryuyne, Aguero, Gabriel Jezus (Sterling, 46).
Everton – Pikford, Kin, Uilyams (Klassen, 61), Djagelka, Xolgeyt, Devis (Sigurdsson, 61), Guye, Shnayderlin, Beyns, Kelvert-Lyuin, Runi (Beshich, 90).
Ogohlantirishlar: Shnayderlin (7), Devis (24), Uoker (42), Kompani (78), Runi (84).
Chetlatishlar: Uoker (44), Shnayderlin (88).