Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov: «Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun yagona yo‘l – Babayanni bo‘shatish»

Baho:
+3 | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bahorda «Barselona» «PSJ»dan 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragach, javob o‘yinida vaziyatni o‘nglash uchun deyarli imkoniyat qolmagandek edi. Murabbiyning qanday taktikasi, qanday rejasi, qanday qarori «Barselona»ni butunlay o‘zgartirib, kutilgan darajada natija qayd etishiga ishonish qiyin, buning yo‘li yo‘qdek edi go‘yo. Ammo Luis Enrike yo‘lini topdi. Bilasizmi u nima qildi?

Bayonot berdi. Shu mavsumdan keyin «Barselona»dan ketishini aytdi. Bu mavsum uning klubdagi so‘nggisi ekanini rasman ma’lum qildi. Aynan Parijdagi mag‘lubiyatdan keyin. Vaqtini topganini qarang.

Rostan ham shunday deb o‘ylayman — hech qanday taktika, hech qanday tarkib, hech qanday reja «Barselona»ning Parij darvozasiga oltita gol urishini dalolat qila olmasdi. O‘yinni ham ko‘rgansiz, kataloniyaliklar ko‘proq ruhiy ustunlik, ishonch, kuchli istak evaziga g‘olib kelgandilar. Agar o‘shanda «Barselona» yuta olmaganida, hech kim Messini, Neymarni yoki darvozabonni ayblamasdi, Luis Enrikening ismi, u jamoa atrofida yaratib turgan salbiy muhit barcha aybni olmos misoli o‘ziga tortayotgandi. Gap bu yerda professional Messining o‘yinga bo‘lgan motivasiyasining bo‘lmaganida, yarim kuch bilan o‘ynaganligida emas, yo‘q, futbolchilarda ayb yo‘q.

Shunaqa bo‘ladi, futbolchilar olayotgan maosh, qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislar, shaxsiy orzulardan tashqari, ularni birlashtiruvchi yana bir omil, kuch bo‘lishi kerak. O‘sha bayonot jamoani qayta birlashtirdi, Enrike bilan o‘rtadagi negativ barham topdi.

Futbolchilar murabbiy uchun o‘ynashni to‘xtatganlarida, unga ishonmay qo‘yganlarida, kelajakni o‘sha murabbiy bilan birga ko‘rmayotganlarida — murabbiyning iste’fosi ijobiy turtki bo‘lishi tabiiy. E’tibor bersangiz, muvaffaqiyatsizlik girdobiga tushib qolgan har qanday jamoa, agar yangi murabbiy qo‘l ostida o‘ynashni boshlasa, raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, ijobiy natija qayd etadi. Aksariyat hollarda gap yangi murabbiyning yangi taktikasida yoki aqlli qarorlarida bo‘lmaydi — tekshirib ko‘rishingiz mumkin, baribir keyinchalik, o‘sha jamoa yana yutqazishni boshlaganini ko‘rasiz. Ammo ilk o‘yinlar baribir qandaydir ijobiy ruhda o‘tadi.

Terma jamoamiz har tomonlama mana shunday holatga tushib qoldi. Biz muvaffaqiyatsizlik girdobidamiz. To‘plagan ochkoimiz, o‘z qo‘limizda bo‘lib turgan imkoniyatimiz haqida gapirmang — biz so‘nggi 7 o‘yindan 5tasida mag‘lubiyatga uchradik. Bu so‘nggi 20 yildagi eng yomon seriyadir.

Bosh murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi ximiya yo‘qoldi. Oldingidek emas. Buni o‘yindan-o‘yinga rostanam jamoaga yordam bera oladigan futbolchilar kamayib borayotganidan ham, Odil Ahmedovning jahl ustida bergan intervyusidan ham payqab olishingiz mumkin.

Hamma hammani yutishi mumkin, jumladan biz Janubiy Koreyani ham. Lekin bilasizmi, bu qandaydir kuchli taktika yoki jamoaviy xarakter evaziga bo‘lishiga ishonish juda qiyin. Menimcha, mana shu oxirgi o‘yin oldidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan eng aqlli ish — Samvel Babayanning iste’fosi bo‘lar edi.

Janubiy Koreya dovdirab turibdi. Salkam bir yildan beri 2-o‘rinda ketayotgan jamoa birdaniga 4-o‘ringa tushib qolish xavfi ostida. Durang ularni ham qoniqtirmaydi. Ulardan nima kutishni, qanday o‘yinga tayyorlanishni bilmaymiz umuman. Jeparov tushishi kerakmi, boshqasimi, hujumchi kim bo‘lishi kerak, darvozada kim, bu savollar bu o‘yinda umuman ahamiyati yo‘q. Qanday taktikada to‘p surishimiz ham muhim emas. Joze Mourinyo keladimi, Anchelottimi, farqi yo‘q, aynan shu paytda terma jamoamiz boshqaruvini qo‘liga olsa, Babayandan farqi bo‘lmaydi, ishoning. Mana shunday xaos paydo bo‘ldi guruhimizda.

Bunday holatda vaziyatni qo‘lga olishning yagona yo‘li — terma jamoamizga, futbolchilarga, stadionga keladigan muxlislarga, televizorda sharhlaydigan sharhlovchilarga, hammaga pozitiv ruhiyat berish. Aynan mana shu ruhiyat ostida, koreyslarni yanada dovdiratish, izdan chiqarish. Buning uchun esa, turtki kerak.

Babayan boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi kerak, yangi murabbiyga vaqt yo‘q, hali imkoniyati bor, degan gaplarni yig‘ishtirish kerak. Imkoniyat Babayanda emas, terma jamoamizda, muxlislarimizda, xalqimizda bor. Babayan imkoniyatini ko‘kka sovurib bo‘ldi. Endi Koreyani yutib ham, chempionatga bora olmasligi mumkin. Bizning imkoniyat esa saqlanib qoldi, biz endi faqat umid va ishonch orqali JCHga chiqishimiz mumkin. Bu ham sovurilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

JCH saralashlarining so‘nggi turlari oldidan murabbiyni almashtirgan paytlarimiz bo‘lgan. O‘sha Babayandan ham yomonroq seriya qilganimiz JCH-98 saralashida Vega Da Silva kelgan va birinchi o‘yinida 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Keyingi saralashning so‘nggi turi oldidan ham murabbiylarni iste’foga chiqarganmiz. Leonid Ostroushko boshchiligida Xitoyni yengdik. JCH-2006 saralashining so‘nggi turida esa yangi murabbiy Bob Xougton bizga Kuvayt ustidan g‘alabani taqdim etdi.

O‘sha o‘yinlarni eslaysizmi? Terma jamoamiz o‘yin uslubida, tarkibida hech qanday yangilik bo‘lmagan. Shunchaki, ruhan kuchaygandik, so‘nggi mag‘lubiyatlar natijasida paydo bo‘lgan negativ ruhiyatni, g‘uborni chiqarib tashlagandik, mabodo mag‘lubiyatga uchrasak, aybdor qiladiganimiz odam qolmagandi — o‘ynash kerak edi, faqat o‘ynash. Shunchaki, darvozaga tepadigan paytda pas berib o‘zini soqit qilish hech kimning xayoliga kelmay qo‘ygandi xolos.

O‘rniga kim kelishining farqi yo‘q. Diplomi bor kimnidir o‘tkazib qo‘yamizmi, uch kunga Gvardiolani olib kelamizmi, Odil Ahmedovning o‘zi boshqaradimi, farq qilmaydi — Samvel Babayanni iste’foga chiqarib turish kerak.

Keyin kech bo‘ladi. Keyin foydasi ham yo‘q.

Qahramon Aslanov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 18:48, 01.09.2017. O'qildi: 17519 marta. Fikrlar: 59 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.