Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevrofutbol: Dam olish kunlari bizni kutayotgan eng qiziqarli o‘yinlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

«Televizorni qo‘ysam, Angliya terma jamoasi Malta bilan o‘ynayotgan bo‘ladi. Sharhlovchining raqib futbolchilaridan birining bo‘sh vaqtida sartaroshlik qilishini ayta boshlaganda, bu futbol emas, deyman o‘zimga o‘zim. Terma jamoalar uchun ajratilgan haftalarni yomon ko‘raman, qaniydi tezroq liga o‘yinlari boshlansa». Bu sobiq murabbiy, ingliz mutaxassisi Harri Rednappga tegishli so‘zlar.

Biz ham terma jamoamizning o‘yiniga qarab turib, xuddi Rednapp kabi «bu futbol emas» deb qo‘ygan bo‘lsak ham, zerikmadik. Endi esa. Yanayam qiziqroq bo‘ladi. E’tiboringizga dam olish kunlari bizni kutayotgan eng qiziqarli o‘yinlar o‘nligini havola etamiz.

MANCHESTER SITI – LIVERPUL

9 sentyabr. 16:30.

«Liverpul»ning Yurgen Klopp boshchiligida top jamoalarga qarshi o‘yinlari alohida diqqatga sazovor. O‘tgan mavsumda jamoa kuchli oltilikka qarshi o‘tgan o‘yinlarning birortasida ham mag‘lub bo‘lmagandi. Xususan, «Manchester Siti» ham uyda, ham safarda mag‘lub etilgan.

Shuningdek, balki Filippe Koutinyoning ham maydonga tushishini kutishimiz mumkin. Futbolchi Braziliyadan qaytdi va jamoasi bilan mashg‘ulotlarga kirishdi. 

«Liverpul» hali ham o‘sha-o‘sha, o‘zgargani yo‘qligini «Arsenal»ga qarshi o‘yinda ko‘rdik. Chempionlik uchun eng asosiy da’vogar sanalayotgan Pep Gvardiola shogirdlari esa, allaqachon o‘z maydonlarida ochko yo‘qotib ulgurishdi. Liverpulning boshqa klubi bilan o‘yinda...

 

EVERTON – TOTTENHEM

9 sentyabr 19:00

Liverpulning boshqa klubi transfer oynasida eng faollardan biri bo‘ldi. Ayniqsa hujum chizig‘ini Sandro Ramires, Ueyn Runi, Gulfi Sigurdsson kabi yangi futbolchilar tashkil qilmoqda. Albatta, jamoaning shakllanib olish davrida kuchli raqiblarga duch kelib bir tomondan foyda. Har qanday holatdayam qiyin o‘yinlarni mana shu paytda o‘tkazib olish, keyin esa, osonroq raqiblar bilan o‘ynash - qulay taqvim.

Xullas, «Manchester Siti» va «Chelsi» sinovidan keyin Kuman shogirdlari «Tottenhem» sinovidan o‘tishadi. London klubi hozircha u qadar ishonchli harakat qilmayotgan bo‘lsa-da, eng xavfli raqiblardan biri. Uzoq vaqt transfer bozorida sokin bo‘lgan Pochetinno so‘nggi kunlarda Devinson Sanches, Serjio Orye va Fernando Lyorente kabi futbolchilarni sotib oldi. Buning ustiga avgust tugadi, demak, Harri Keyn ham bemalol gollar urishi mumkin.

 

NISSA – MONAKO

9 sentyabr. 20:00

«Monako»ni kuzatish bu yil yanada qiziq bo‘ladi. Deyarli barcha yetakchilarini sotib, transfer bozorida 300 million yevroga yaqin daromad qilgan Fransiya chempioni endi yangi ko‘rinishda, yangi tarkibda «PSJ»ga qarshilik qilishda davom etadi. Hozircha, ular buni uddalashyapti – 4 o‘yinda 4 g‘alaba.

O‘tgan mavsumda chempionlik uchun so‘nggi turlargacha kurash olib borgan nissaliklar esa, hozircha u qadar yaxshi taassurot qoldira olishmayapti. Ammo aynan «Monako» kabi raqiblarga qarshi, ayniqsa, o‘z maydoida «Nissa» baribir xavfli raqib bo‘lib qolaveradi va o‘yin juda qiziqarli kechsa kerak.

 

LESTER – CHELSI

9 sentyabr. 19:00

Premyer Liganing so‘nggi chempionlari Lesterda to‘qnash keladilar. Uslub jihatidan bir-biriga juda yaqin bo‘lgan jamoalar. 

«Byornli»dan o‘z maydonidagi mag‘lubiyat, jarohatlar va diskvalifikasiyalar, transfer bozoridagi g‘alati voqealardan so‘ng, «Chelsi»da ikki yil avvalgi ssenariy takrorlanishi mumkinligini taxmin qila boshlashgandi. Ammo Konte jamoasi tezda o‘zini o‘nglab oldi va ikki kuchli raqib ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

«Lester»ni esa, ikki mag‘lubiyatda ayblash qiyin – ular «Emiraytes» va «Old Trafford»da mehmon bo‘lgandilar. O‘z maydonida esa, Shekspir shogirdlari har qanday raqibga qarshilik qila olishi mumkin.

Yana bir e’tiborga molik jihat, Denni Drinkuoter sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin.  

 

HOFFENHAYM – BAVARIYA

9 sentyabr. 21:30

O‘tgan mavsum kashfiyotlaridan biri «Hoffenhaym» klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l ololmadi. Ammo Bundesligada hali ham kuchli raqib sifatida qolmoqda. O‘tgan mavsumda bu klub «Bavariya» ustidan g‘alaba qozonishning uddasidan chiqqan edi.

«Bavariya» boshqa ligalardagi yetakchilar singari, hozircha yo‘qotishsiz bormoqda. Ammo Jerom Boateng, David Alaba kabi himoyachilar Anchelottiga yordam bera olmasliklari mumkin. O‘z navbatida «Hoffenhaym» ham bir necha yetakchilarsiz maydonga tushadi – Adam Salai, Serj Gnabri, shuningdek, Benjamin Xo‘bnerning tushishi ham so‘roq ostida turibdi. 

 

STOK SITI – MANCHESTER YUNAYTED

9 sentyabr. 21:30

Joze Mourinyo shogirdlari hozircha yuz foizlik natija ko‘rsatib kelayotgan bo‘lishsa-da, ular uchun haqiqiy sinov endi boshlanishi mumkin. Chunki ilk turlardagi raqiblar, tan olish kerak, u qadar kuchli emas edi.

«Arsenal» ustidan g‘alaba qozongan «Stok Siti» o‘z maydonida eng xavfli raqiblardan sanaladi. Xususan, «Manchester Yunayted» uchun noqulay – manchesterliklar «Britaniya»da oxirgi marta Fergyuson davrida g‘alaba qozonganlar. Keyingi o‘yinlar ikki mag‘lubiyat va ikki durang bilan yakunlangan.

Kurt Zuma,  Kevin Vimmer kabi himoyachilarni sotib olgan «Stok Siti» peshqadamga yetarlicha qarshilik ko‘rsata oladi. Hujumda ham gol uradigan yigitlar bor.

 

VALENSIYA – ATLETIKO

9 sentyabr. 19:15

Afisha nuqtai nazaridan tarixiyroq ko‘rinsa-da, ayni pallada, ayniqsa, mavsum boshida bu uchrashuv ham juda qiziq o‘tishi kutilmoqda.

«Valensiya» ayniqsa, o‘tgan turda Madridda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va «Real»dan ochko olishni uddaladi. Hatto g‘alaba qozonishi mumkin.

«Atletiko» esa, qatorasiga uchinchi o‘yinni safarda o‘tkazmoqda. Birinchi turda debyutant bilan durang qayd etilgan bo‘lsa-da, Las Palmasda jamoa o‘ziga keldi va yirik g‘alabaga erishdi.

Shuningdek, Diyego Simeone bilan tuzilgan yangi shartnoma jamoani yanada jipslashtirishi va kuchaytirishi mumkin.

 

BARSELONA – ESPANYOL

9 sentyabr. 23:45

Kataloniya derbisi. Har doimgidek qiziq bo‘ladi.  Jamoalarning so‘nggi uch o‘yinida «Barselona» yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, har bir o‘yinda «Espanyol» yetarlicha qarshilik ko‘rsatganini ta’kidlash mumkin.

«Espanyol» o‘tgan turda o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, birinchi turda safarda “Sevilya” kabi kuchli jamoa bilan munosib o‘ynab, durangga erishgandi.

Bundan tashqari, «Barselona»ning yangi xaridlari Poulinyo va Usmon Dembelening nihoyat maydonda ko‘rish barcha uchun qiziqarli bo‘lsa kerak.

 

LASIO – MILAN

10 sentyabr. 18:00

Kelasi hafta Yevropa Chempionlar Ligasi boshlanishi munosabati bilan, peshqadam jamoalarning hammasi shanba kuni maydonga tushishadi.

Yakshanbada zerikib qolsangiz, albatta, A Seriyaning mana shu o‘yinini tomosha qilishingiz mumkin. Azaliy Rim va Milan to‘qnashuvi. 

«Milan» mavsumni juda kuchli boshladi, Italiya chempionatida ham, Yevropa Ligasida ham faqat g‘alaba qozonib kelmoqda. 

Bir qator yetakchilarini saqlab qola olgan «Lasio» ham o‘tgan ikki turda mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Umuman mavsumni «Yuventus» ustidan qozonilgan g‘alaba, ya’ni Italiya Superkubogi sovrini bilan boshlagan jamoada kayfiyat ancha yaxshi bo‘lishi tabiiy. Marketti, Filipe Anderson kabi futbolchilar hali ham jarohatdan tiklanib ulgurmagan bo‘lishsa-da, rimliklar tarkibida yetarli o‘rinbosarlar bor.

Qahramon Aslanov tayyorladi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 06:50, 09.09.2017. O'qildi: 15960 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Атлетико Aleksandr Serlot 12
8 Барселона Robert Levandovski 12
9 Алавес Lukas Boye 12
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик