Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Server Jeparov: "Vaqti kelib, gol ham, salto ham bo‘ladi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

"Darakchi" gazetasining "10 qaltis savol" loyihasi mehmoni O‘zbekiston milliy terma jamoa­si futbolchisi, O‘zbekiston kubogi sohibi, O‘zbekiston chempioni, Osiyoda ikki karra yilning eng yaxshi futbolchisi Server JEPAROV...

— Terma ja­­moamiz Ja­hon chempiona­ti saralash bos­qichlarida sust o‘yin namoyish etayotganiga sabab nima?

— Bu borada hali aniq qarorlar chiqarishga va xulosa qilishga erta. Oldinda uchta o‘yin bor va Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyatimiz yetarli, deb o‘ylayman.

— Sizningcha, o‘zingiz o‘ynagan qaysi jamoalar (xorij klub­lari ham)ning murabbiyi uslubi bo‘yicha eng kuchli?

— Alohida kimnidir ta’kidlolmayman. Boisi har bir murabbiyning o‘z uslubi va yondashuvi bor. Eng muhimi, bu uslub, yondashuvlar yetarlicha natijalarni beryapti.

— Agar siz terma jamoa murabbiyi bo‘lganingizda, kimlarni jamoaga jalb qilgan bo‘lardingiz? Uch nafar futbolchini sanab o‘tsangiz...

— Uch nafar futbolchini sanab o‘tolmayman. Ayta olishim mumkin bo‘lgani, ayni damda jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, maydonga tushish istagi bor futbolchilarni chaqirgan bo‘lardim.

— Hozir O‘zbekistonda “Barselona” va “Real” jamoalari muxlislari ko‘paygan. Siz bu jamoa­larning qaysi biriga ishqibozlik qilasiz va nega?

— (Kuladi) “Barselona” jamoa­siga, chunki ularning o‘yin uslubi yoqadi.

— Dunyo futboli “yul­duz"­lari nafaqat o‘yini bilan, balki xayr-saxovati bilan ham mashhur. Bizda ham shunday futbolchilar bormi?

— Balki bordir. O‘zimga kelsak, hali bunday saxovatga qo‘l urib ulgurganimcha yo‘q.

— Karyerangizni tugatsangiz nima bilan shug‘ullanasiz: futbol murabbiyi, futbol “skaut”i, futbol tomoshabini?

— Aniq tomoshabin bo‘lmayman (miriqib kuladi)! Murabbiy yo futbol “skaut”i bo‘lish haqida hali aniq to‘xtamga kelganimcha yo‘q.

— Telegramingizga “Ikkiyuzlamachi odamlarni yoqtirmayman, qaysi biri asli ekanini bilmaysan”, degan aforizm joylagansiz. Ikkiyuzlamachilardan ko‘p kuyganmisiz, deyman?

— (Xo‘rsinib) Ming afsuski, undaylar judayam ko‘p... Atrofimdagilarning ikkiyuzlamachiligini bilganim zahoti, darhol ular bilan aloqani to‘xtataman.

— Gol urganda salto qilardingiz. Hozir gol ham yo‘q, salto ham...

— Demak, hozir shunday vaqt. Lekin vaqti kelib, bari yaxshi tomonga o‘zgaradi va siz sanab o‘tgan gol ham, salto ham bo‘ladi (kuladi)!

— Qiziqchi­larimiz futbolni asosiy mavzuga aylantirganiga javoban, "tanqid “tosh”larini oti­shiga imkon yaratgan o‘zimiz", degan fikr bo‘ladimi yo jahlingiz chiqadimi?

— Yumor hamma vaqt foydali. Muhimi, yumorga yumor bilan munosabatda bo‘lish kerak (kuladi). Chunki to‘g‘ri qilingan tanqid har doim ijobiy natija beradi!

Maxsus savol:

Alisher Uzoqov, aktyor: — Server, sizni judayam hurmat qilaman. Sizni “Arsenal” jamoa­sining futbolchisi Mesut O‘zilga o‘xshataman. Mesutda jismoniy tayyorgarlik juda yomon va maydon markazida to‘p uchun kurashmaydi. Sizda ham shu kamchiliklar bor, nega bunga e’tibor bermaysiz?

— (Miriqib kuladi) Meni o‘zgartirishmoqchimi?! Ajoyib savol. Hatto nima deb javob berishni ham bilmayman.

Manba: darakchi.uz
Kiritildi: 19:20, 14.09.2017. O'qildi: 8456 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик