Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shvesiya 7 6 4 17
8 Shveysariya 6 8 7 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahldor, uddaburon va samimiy Xerard Pike

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Barselona” jamoasi himoyachisi Xerard Pike hayotining ko‘pchilikka noma’lum qirralariga nazar tashlab o‘tamiz.

QO‘POL VA JAHLDOR O‘G‘LON

...Xerard Pike Bernabue 1987 yilning 2 fevral kuni Ispaniyaning muxtor Respublikasi bo‘lgan Kataloniyada dunyoga kelgan. Pike ham avvalgi qahramonlarimiz singari millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqish sababli, 7 yoshida “Barselona” futbol akademiyasiga o‘qisha qabul qilinadi.

“Barselona” akademiyasi o‘sha paytda endigina o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotganligi sababli, yaxshi futbolchilarni yetishtirib chiqarishni boshlagandi. O‘sha kezlarda akademiyasida Sesk Fabregas va Lionel Messi ham tahsil olardi. Ular bir guruhda ta’lim olishadi. Keyinchalik esa “Barselona-B” klubida to‘p surishni boshlashadi. Uning bolaligi xususida bugungi kunda “Chelsi” safida to‘p surayotgan Sesk Fabrges shunday degandi:

“Pike guruhimizdagi bolalar ichida hammadan ajralib turardi. Chunki u bo‘yi baland va baquvvat edi. Bizning o‘tib ketishimiz uchun umuman imkoniyat bermasdi. Bolalar o‘rtasidagi musobaqalarda qo‘pol o‘yin ko‘rsatar, hakamlarga ham jahl qilib, maydonni bir necha marotaba tark etgan. Shunag qaramay, Messi va Pike bilan juda yaxshi do‘st edik”.

“BARSELONA”GA KERAK BO‘LMAGAN YULDUZ

... Akademiyada tahsil olgan yigitlar “Barselona”ning asosiy tarkibiga o‘tib ketishardi. Ammo, biz hikoya qilayotgan qahramonimizning o‘yinlari hech kimga ma’qul kelmaydi hamda Kataloniya klubidan ketishiga imkoniyat berishadi.

Chindan ham uning iqtidoriga shubha bilan qarashadi hamda uni “Manchester Yunayted”ga yo‘l olishiga ruhsat berishadi. 2004 yilda Pike yorqin istibol istab, Angliyaga yo‘l oladi va “qizil iblislar” bilan to‘rt yillik shartnoma tuzadi.

Afsuski, Ser Aleks Fergyusson ham bu yigitchaning imkoniyatlariga ishonqirmay, uni zahirada o‘tirishini istaydi. Keyinchalik futbolchini malakasini oshirish uchun “Saragosa” jamoasiga ijaraga beradi. Vataniga qaytib, u “Saragosa”da bir mavsum to‘p suradi. E’tiborlisi, Pike aynan shu jamoada o‘z iqtidorini yaqqol ko‘rsatadi.

“QIROL”NING TAXTGA QAYTISHI

...Bu futbolchini klubdagilar “qirol” deyishadi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Chunki Pike chindan ham futbolda o‘z joyini topishi uchun ko‘p mehnat-mashaqqatlarni boshidan kechirdi.

2008 yilda “Manchester Yunayted” bilan shartnmasi tugagan qahramonimiz yana “Barselona”ga qaytadi. Kataloniyaliklar Pikeni uzoq vaqt kuzatishadi hamda ortiga qaytarishga qaror qilishadi. Bunig qarangki, to‘rt yil muqaddam “Barselona”ga kerak bo‘lmagan futbolchining ortga qaytishi samarali kechadi. U ispan grandining asosiy futbolchisi bo‘ladi.

Himoyada Karles Puyol bilan birgalikda asosiy qahramonga aylanadi. Hamon uni klubning ajralmas bir bo‘lagi desa bo‘ladi.

SOVRINLAR KOLLEKSIONERI

...Har bir insonning o‘ziga yarasha xobbisi bo‘ladi. Masalan Xerard Pike sovrinlarni qo‘lga kiritishni hamda ularni kolleksiya qilishni yoqtiradi. Klub tarkibida qo‘lga kiritgan mukofotlari uchun alohida joy ajratgan.

“Futbolda yutuqlarni olish muhimdir. Qancha ko‘p sovrinlarni olsangiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz yanada oshadi. Bugungi kunda yutgan unvonlarim uchun uyimda alohida xona ajratganman. Shu yerda barchasini uchratish mumkin. Qolaversa, soatlar, futbolkalar to‘plash mening asosiy xobbim”, - deydi Pike.

U unvonlarni to‘plashdan tashqari, turli qimmatbaho soatlar, raqib jamoa liboslarini ham yig‘ishni xush ko‘radi. 2010 yilda Pike Ispaniya chempionati doirasida “Barselona” – “Xetafe” uchrashuvida raqib jamoa futbolchisi bilan futbolkasini almashtirgani sababli, jarimaga tortiladi.

Bu haqda o‘sha paytdagi kataloniyaliklar ustozi Xosep Gvardiola Xerardning o‘yinidan qoniqmagani va o‘yindan keyin raqib futbolchisi bilan futbolka alshashtirganligi jahlini chiqarganini ta’kidlab o‘tgandi. Shunga qaramay, futbolchi kolleksiyasida juda ko‘plab jamoalarning futbolkalari mavjud.

SHAKIRA VA PIKE: MUNOSABATLAR QACHONDAN BOSHLANGAN

Futbolchining shahsiy hayoti ham ancha qiziqarli desa bo‘ladi. Gap shundaki, Xerard Pike boshqa hamkasblari singari ayollarga o‘ch emas.

U o‘z taqdirini xonanda Shakira bilan bog‘lagan. E’tibor qiling, kolumbiyalik taniqli xonanda Shakira qahramonimizdan salkam o‘n yosh katta. Shunga qaramay, ularning oilaviy rishtalari ancha avval boshlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular bir ziyofatda tanishib qolishgan. Shundan so‘ng bu juftlik pinxona uchrashib yurishdi. Bilasiz, Yevropada matbuotni chalg‘itish oson ish emas.

Shunday bo‘lishiga qaramay, Pike va Shakira ancha vaqt bir-biri bilan munosabatlarini yashirib kelishdi. Nihoyat, 2010 yilda Janubiy Afrikada bo‘lgan futbol bo‘yicha jahon chempionatidan so‘ng bu juftlikning uchrashib yurganligi ommaga tanishtirildi.

2011 yildan esa ular o‘zlarining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalarida birga tushgan rasmlarini ko‘z-ko‘z qilishni boshlab yuborishdi.

Hozirda bu juftlik ikki nafar o‘g‘il farzandni tarbiyalamoqda.

Bu baxtli oilada birinchi farzand 2013 yilning 22 yanvarida dunyoga keldi. Unga Milan deb ism berishdi. 2014 yilning 28 avgustida esa ular ikkinchi farzandni kutayotganligini ma’lum qilishdi.

Biroq ikkinchi farzandni dunyoga kelishi biroz kechikdi. Nihoyat, 2015 yilning 29 yanvarida yana bir o‘g‘il farzand tug‘ildi. Unga Sasha deya ism qo‘yishdi. Sashaning dunyoga kelishi biroz qiyin kechdi. Jarrohlik amaliyoti bilan chaqaloqni olamni ko‘rishiga zamin yaratishgandi.

SAHOVATPESHA JUFTLIK

Bugungi kunda Pike duyoning eng boy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Rafiqasi Shakiraning mol-dunyosi keragidan ortiq deyish mumkin. Bu juftlik ishlab topayotgan daromadini yaxshi yo‘lda sarflab kelishadi.

Gap shundaki, ularning xususiy shifoxonasi bor. Ular og‘ir xastalangan bemorlarga yordam berishadi. Qolaversa, bolalar uyiga ham daromadining ma’lum bir qismini hadya qilishadi. Bu borada ular qolganlarga o‘rnak bo‘la olishadi.

Kataloniyada bir qator bolalar uyi bor. Mana shu joylarning biriga Pike va Shakira nomi berilgan. Shuningdek, kelajakda birorta farzandni asrab olishni ham o‘z rejalariga kiritib qo‘ygan.

TADBIRKOR FUTBOLCHI

Xerard tadbirkorlikni ham yaxshigina yo‘lga qo‘ygan. U Pique and Shakira nomi ostida kiyim-kechaklarni yo‘lga qo‘ygan. Bu firma ham jahon bozorida o‘z joyini topib borayotir.

Boz ustiga futbolchi ba’zida saxiyligi tutib, Ispaniyaning quyi chempionatlarida to‘p suradigan o‘rtamiyona klublarga yordam beradi. Bu yerda jamoa futbolkalari ishlab chiqariladi hamda ularni tannarxidan keskin past bahoda tarqatishadi.

Manba: darakchi.uz
Kiritildi: 10:30, 15.09.2017. O'qildi: 7573 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.