Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Yoshlar va o‘smirlar t.j. / O‘zbekiston U-16
Rukn: Yangiliklar
A A A

Shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Unda mezbon Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lanka jamoalari qatnashadi.

Bugun, 15 sentyabr kuni musobaqa oldidan jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Shri-Lanka terma jamoasi delegasiyasi Ar-Riyodga yetib kelmagani bois bosh murabbiy matbuot anjumanida ishtirok etmadi.

O‘zbekiston o‘smirlar termasining musobaqadagi ilk o‘yini 18 sentyabr kuni bo‘lishi munosabati bilan bosh murabbiy Dilshod Nuraliyev jamoa bilan ertaga Ar-Riyodga yetib keladi. Bugungi matbuot anjumanida jamoa menejeri Botir Karimjonov qatnashdi.

Bahrayn bosh murabbiyi Rashid al-Dosari: Saudiya Arabistoniga yetib kelishdan avval uch oy davomida tayyorgarlik olib bordik. Ushbu guruhda barcha jamoalarning kuchi teng deb o‘ylayman. Maqsadimiz – Osiyo chempionati final bosqichiga chiqish.

Iordaniya bosh murabbiyi Abdulla al-Katati: Iordaniya Futbol Federasiyasi nomidan bizni iliq kutib olganligi uchun Saudiya Arabistoni Futbol Federasiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, mamlakat bosh jamoasi Rossiyadagi JCH–2018 turniriga yo‘l olganligi bilan tabriklayman. Guruhda oson raqibning o‘zi yo‘q: Bahrayn ham, Shri-Lanka ham barchaga birdek muammo tug‘dirishi mumkin. Tayyorgarlik doirasida ham xalqaro, ham mahalliy musobaqalarda ishtirok etdik. O‘ylaymanki, biz Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l olamiz.

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Muhammad al-Abdeli: Ar-Riyod shahriga yetib kelgan jamoa delegasiyalari a’zolarini ko‘rib turganimdan mamnunman. Umid qilamanki, ob-havoning issiq bo‘lishiga qaramay barcha o‘zini yaxshi his qilmoqda. Jamoa haqida so‘zlaydigan bo‘lsam, yosh futbolchilarimiz yaxshi tayyorlandi. Bu kabi turnirlar yoshlarning katta futbolga kirishi uchun dastlabki qadam hisoblanadi. Ayni damda ulardan ko‘p narsa talab qila olmaymiz, ularga bosim o‘tkazmaymiz. Albatta, guruhdagi barcha jamoalar singari bizning maqsadimiz ham OCH final bosqichiga chiqish, ammo futbolchilardan mana shu davrda zavq olishini istardim.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi menejeri Botir Karimjonov: Avvalo mehmondo‘stlik uchun Saudiya Arabistoni Futbol Federasiyasiga minnatdorlik bildirmoqchiman. Barcha tashkiliy masalalar a’lo darajada. Jamoamizning tayyorgarlik jarayoniga keladigan bo‘lsak, saralash bosqichiga qadar xalqaro musobaqalarda qatnashdik, o‘rqtolik o‘yinlari o‘tkazdik. Saralash bahslari yaxshi kayfiyatda o‘tishiga umid qilaman. Sifatli va yaxshi futbol namoyish qilib, oldimizga qo‘yilgan maqsad – Osiyo chempionatiga chiqish uchun kurashamiz.

Eslatib o‘tamiz, barcha bellashuvlar Ar-Riyod shahridagi Prince Faisal bin Fahd Stadium maydonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa taqvimi bilan tanishish uchun mazkur havolaga o‘tish mumkin.

Ma’lumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga a’zo jami 45 mamlakatning o‘smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Guruhda birinchi o‘rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o‘rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo‘shilgan holda OCH finaliga yo‘llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 20 sentyabr – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o‘tkaziladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:57, 15.09.2017. O'qildi: 4664 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик