Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek futboli qachon «odam» bo‘ladi?

Baho:
+-1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolga qiziqmayman, deb ayta olmayman. Vaqt bo‘lganida, yoki vaqtliroq ko‘rsatilsa, Angliya va Ispaniya chempionatlarini ko‘rish jonu dilim. O‘zbekiston chempionati o‘yinlarini ko‘rmay qo‘yganimga ancha bo‘lgan. 90-yillarda O‘zbekiston kubogi musobaqasining finalida Qo‘qonning «Temiryo‘lchi» va Farg‘onaning «Neftchi» jamoalari kuch sinashadigan bo‘ldi. Men o‘shanda qo‘qonliklar murabbiyi bilan suhbatda bo‘ldim. «Agar bizga hokimiyat mukofot pullarini qilib bermasa, biz o‘yinni yutqazib beramiz» deb ochiq aytgan gaplaridan keyin O‘zbekiston chempionati va Kubogi o‘yinlaridan hafsalam pir bo‘lgan. Shundan keyin ham bot-bot O‘zbekiston chempionati o‘yinlarida kelishilgan o‘yinlar borligi haqida hamma joyda, hatto ommaviy axborot vositalarida ham ta’kidlanib turiladi. 

Lekin, biror marta shu paytgacha, biror o‘yin tahlili bo‘yicha kimdir javobgarlikka tortilgani, hatto bu masala mas’uliyatli organ, ya’ni O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan  jiddiy tarzda ko‘rib chiqilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Qachonligi esimda yo‘qku, bir kuni Axbor Imomxo‘jayev o‘g‘illaridan birining jonli efirda olib borgan «Futbol sharhi» ko‘rsatuvini ko‘rib qoldim. Ko‘rsatuv mehmoniga, bir paytlar Hindiston terma jamoasiga murabbiylik qilgan,  menimcha ayni paytda FIFA uslubchisi bo‘lib ishlovchi Islom Ahmedovga «Nega O‘zbekistonga kelib biror bir jamoaga murabbiylik qilmaysiz?» deb savol berishdi. Shunda Islom Ahmedov «Bugugungi kunda O‘zbekistondagi jamoalarda qaysi futbolchi o‘ynashini futbolga aloqasi yo‘q mansabdor kishilar hal etmoqda, men bunday sharoitda O‘zbekistonda ishlay olmayman», deb javob bergani esimda. Menimcha hozirgi kunda ham shunday savolga taniqli futbol mutaxassisi yana xuddi o‘shanday javob qaytarsa kerak. O‘zbekiston terma jamoasi esa mamlakatimiz futbolining ko‘zgusi, uning o‘yinlariga qarab mamlakat futbolining qay ahvolda ekanligini bilib olish mumkin. Aytmoqchi bo‘lganim, terma jamoamizning Jahon chempionati final o‘yinlariga bora olmasligi boshdan bosh ma’lum edi. Xitoy va Koreya jamoalari bilan bo‘ladigan o‘yinlardan avval jamoa o‘yinini, uning treneri Babayanning noto‘g‘ri taktika tanlab o‘yinga mutlaqo yaroqsiz bo‘lgan Sergeev, Lobanov kabi «o‘yinchilarni» maydonga tushirayotgani, ularni tushirishdan murabbiyning asosiy maqsadi ularni biror bir xorijiy klubga pullash ekanligini rosa yozishdi. Terma jamoani Jahon chempionati o‘yinlarida ko‘rishning yagona usuli jamoa murabbiyini zudlik bilan almashtirilishi ekanligini rosa ta’kidlashdi. Futbolimizga mutasaddi kattalar bu chiqishlarga zarracha ham e’tibor qilmadilar. Babayan bechora muxbirlardan xorijga qochdi. Federasiya kattalari jonli matbuot anjumaniga hech narsaga mas’ul bo‘lmagan mutasaddilarni jo‘natishdi. O‘shandayoq navbatdagi chempionat o‘zbek futbolchilarisiz o‘tishi aniq bo‘lib bo‘lgandi, menimcha. Ishqibozlar ishqiboz ekanda, yana umid qilishdi. Xitoy va Koreyani mag‘lubiyatga uchrata olsa Babayanga bundan keyin ham «chidayveramiz» deyishgacha borishdi. Biroq... Mo‘’jiza ro‘y bermadi. O‘sha futbol, o‘sha o‘yinchilar, o‘sha taktika, o‘sha bahonalar...

To‘g‘risi, o‘yinchilarimizning maydondagi ahvollarini ko‘rib rahmim keldi. O‘yin boshidanoq ularning ko‘zidagi qurquv va xavotirlikdan, harakatlaridagi majolsizlikdan uchrashuv taqdiri aniq edi. Va kutilganidek natija bo‘ldi. Bilasizmi, o‘yindan so‘ng ayrim o‘yinchilarning yig‘isi ham soxtadek tuyuldi menga. Yarashmagan yig‘i edi bu. Bir paytlar qo‘shni sinfga basketbol o‘ynab yutqazganimizda, rosa yig‘laganmiz. Hech kimdan uyalmay yig‘laganmiz. Bizni hatto raqiblarimiz ham yupata boshlashgan. Sababi o‘sha yig‘imiz haqiqiy yig‘i edi, rosa jon berib o‘ynalgan o‘yin mag‘lubiyatidan keyingi alam ko‘z yoshlari edi. Futbolchilarimiz esa o‘zbek jamoatchiligidan qo‘rqib yig‘lashgandek tuyuldi, menga. Qolaversa, shu o‘yin bilan Rossiyaga borib yig‘lagandan ko‘ra, hozir yig‘lab olgan ham ma’qulroq o‘zi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda murabbiy va o‘yinchilarimizni, federasiya rahbarlarini «rosa do‘pposladik». Endi ko‘zimizni ochib ishimizni, xususan, mamlakatimizda futbolni rivojlantirish masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yaylik, hamma narsa shaffof va aniq bo‘lsin, yanayam qolaversa, Federasiya rahbariyati va bosh murabbiy  hisobot berishsin, deb  ayuhannos soldik. Oqibati nima bo‘ldi? Yaqinda bo‘lib o‘tgan hisobot va saylov anjumani sovet davrlarida bo‘lgani kabi namunali tarzda, birgina nomzod bilan o‘tkazildi. E’tiborlisi, mamlakatda hatto mamlakat Prezidenti saylovlari muqobillik asosida o‘tkazilgan bo‘lsada, Futbol Federasiyasi rahbari shunday tayinlanib qo‘yaqolindi. Mamlakatimiz  Futbol uyushmasi jamiyatimizdan ayro holda, o‘z xohishiga ko‘ra ishlash va qarorlar qabul qilishni o‘ziga ep ko‘ra oladigan tashkilot ekanligini yana bir bor isbotladi.  Eskilar hech qanday va’da bo‘lmaganini, hamma narsa muvaffaqiyatli va yaxshiligini gapirib, yangilarga jurnalistlarning tanqidlariga befarq bo‘lmaslikni tavsiya etishdi. Shu bilan o‘zbek futbolining yaqin 15 yillik tarixiga «shonli» yakun yasaldi. Demak, hammasi to‘g‘ri bo‘lgan. Hammasi shunday bo‘lishi kerak edi. Va eng qo‘rqinchlisi, hammasi shunday bo‘lib qolishi ham mumkin. Achinarlisi, jurnalistlarimiz ham voqelikni shunday qabul qilishdi. Yana jimlik. Ertaga hech narsa bo‘lmagandek, yana bo‘m – bo‘sh stadiondagi «Toshkent derbisi» haqida yozib ketaveramiz. 

Shuning uchun ham terma jamoamiz mag‘lubiyatidan unchalik ham xafa bo‘lmadim. Shunday saralash shunday yakun topishini bilardim. Xafa bo‘lgan joyim, saralashdan to‘g‘ri xulosa chiqarmaganimiz. Angliya premyer-ligasida eng oxirgi o‘rinni olgan jamoa ham katta moliyaviy mukofot olar ekan. Ular futbolni haqiqiy biznesga aylantirishdi. Halol o‘yinlar, halol rahbarlik, halol munosabat prinsiplari hamma foyda oladigan, muhimi, futboldan hamma zavq oladigan tizimni yaratdi. Futbol o‘yini u yerda haqiqiy bayram. Bizda esa, bu o‘yin faqat ayrim futbol funksionerlarigagina bayram. Faqatgina ayrimlar uchun moliyaviy zavq olib kelyapti. Futbol ishqibozlariga esa faqat dard va alam. Ronaldu, Messi, Mbappelarning sotuv narxidan boshlab, oladigan oyligi, oila a’zolari, to‘lagan yoki to‘lamagan soliqlarigacha yaxshi bilamiz. O‘zbek futbolchilari o‘qituvchi va shifokorlarimizdan qancha ko‘p olayotganlarini esa bilmaymiz yoxud yoza olmaymiz.

O‘zbek futbolida ham haqiqiy oshkoralik bo‘lsa, chala demokratiyadan voz kechilsa, tanish bilishchilik va korrupsiyaga barham berilsa, ishonchim komil, nafaqat Osiyo, balki Yevropa va Janubiy Amerika jamoalarini ham mag‘lubiyatga uchrata oladigan potensialimiz bor. Federasiyaning yangi rahbariyatidan ham shunday o‘zgarishlarni kutib qolamiz. Zero, ishonch,muhabbat so‘nganidan keyin ham umid yashayverarkan. 

Burxon Shermatov, futbol muxlisi.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 15:29, 16.09.2017. O'qildi: 9910 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик