Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida markaziy o‘yinlardan biri Madridda bo‘lib o‘tdi. "Atletiko" o‘z maydonida Angliyaning "Chelsi" klubini qabul qildi.
Birinchi bo‘lim so‘ngida Antuan Grizmann penaltidan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Tanaffusga qadar Koke bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi. Ikkinchi bo‘limda "Chelsi" ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirdi. Dastlab Azarning uzatmasini Alvaro Morata bosh bilan darvozaga burib yuborgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisi yakunlanayotgan paytda Batshuayi mehmonlarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Yevropa chempionlar ligasi, 2-tur
"C" guruhi
Atletiko Ispaniya – Chelsi Angliya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 40, penalti Grizmann, 1:1 – 59 Morata, 1:2 – 90 Batshuayi.
Atletiko – Oblak, Godin, Filipe Luis, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Saul, Parti (Ximenes, 77), Ferreyra Karrasko (Torres, 69), Koke, Korrea (Gaytan, 71), Grizmann.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Fabregas (Kristensen, 86), Kante, Azar (Villian, 82), Bakayoko, Alonso, Morata (Batshuayi, 82).
Ogohlantirishlar: David Luiz (39), Parti (47), Grizmann (54).
№ | Jamoa | O‘yin | G‘alaba | Durang | Mag‘lubiyat | T-N | Ochko |
1 |
Chelsi |
2 |
2 |
0 |
0 |
8-1 |
6 |
2 |
Roma |
2 |
1 |
1 |
0 |
2-1 |
4 |
3 |
Atletiko |
2 |
0 |
1 |
1 |
1-2 |
1 |
4 |
Qorabog‘ |
2 |
0 |
0 |
2 |
1-8 |
0 |