Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hakamlarning chetlatishi nima uchun?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Oxirgi vaqtlarda futbolimiz, aniqrog‘i, hakamlik masalasida kam kuzatiladigan voqea yuz berdi. Qisqa vaqt oralig‘ida ikki nafar hakam ishiga «4» ball qo‘yildi (bu besh ballik tizimda «2» demakdir).

Hozircha ulardan biri hakamlikdan batamom chetlatildi, ikkinchisiga nisbatan hali yakuniy qaror chiqmadi. Aniqroq aytsak, Rustam Bobomurodov «Buxoro» va «Dinamo» o‘rtasida kechgan o‘yinda mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilamagani bois, butunlay ishdan ketgan bo‘lsa, «Sho‘rtan» - «Navbahor» uchrashuvini boshqargan Olim Tolibjonovning ishi bo‘yicha yakuniy xulosa endi e’lon qilinsa kerak (mazkur maqola qaror chiqarilishidan oldin yozilgan. Eslatma, Tolibjonov O‘zbekistonning futbol bo‘yicha barcha musobaqalari doirasidagi 10ta o‘yinga chetlatildi).

Voqealarning bunday tus olishida hakamlar bilan birga nazoratchilar o‘rni ham katta. Zero, referilar ishini aynan ular «2»ga loyiq ko‘rishdi.

Demak, «Buxoro» - «Dinamo» bahsida Artyom Arutyunov nazoratchilik qilgan bo‘lsa, «Sho‘rtan» - «Navbahor» to‘qnashuvida bu ish Alisher Abdullayevga topshirilgandi.

Xo‘sh, bu ikki o‘yinda aslida nimalar ro‘y berdi? Bu haqda to‘liqroq tasavvur hosil qilish uchun hakamlar va nazoratchilar fikrlarini bilishga urindik. Ammo bu oson bo‘lmadi...

«TOLIBJONOV ISHI»

Aslida «Olim Tolibjonov ishi» birinchisidan keyin kuzatildi. Ammo vaziyatni o‘rganishga kirishganimizda, aynan u diqqat markazida turgani bois, avvalo, G‘uzordagi o‘yin ishtirokchilariga murojaat qildik. Boisi, Olim Tolibjonov ham, uning ishini baholab borgan Alisher Abdullayev ham hakamlik sohasida birinchi yil faoliyat olib bormayapti va dabdurustdan qattiqqo‘llik namoyish etilishi biroz hayratlanarli.

Boz ustiga, Rustam Bobomurodov hakamlikdan bir umrga chetlatilganiga ko‘p bo‘lmagan va bunday vaqtda odatda katta  shov-shuv ko‘tarmaslikka harakat qilinadi. Ammo afsuski, harakatlarimizdan ko‘p naf chiqmadi - Abdullayev va Tolibjonov «Interfutbol»dan qo‘ng‘iroq qilganimizni eshitishgani hamono savollarga javob berishdan birdek bosh tortishdi. Dastlab Alisher Abdullayev bilan bog‘landik.

- Sizni «Interfutbol» nashridan bezovta qilyapmiz. Savollarimizga javob bera olasizmi?

- Nima, qanday savol? Yo‘q, yo‘q, hech qanday savolga javob berolmayman.

- To‘xtang, «Yo‘q», deyishdan oldin hattoki, mavzu bilan ham qiziqmaysizmi?

- Xo‘p, qanday mavzu?

- «Sho‘rtan» - «Navbahor» o‘yinida Olim Tolibjonovga «4» baho qo‘yganingiz...

- Xo‘sh...

- Shu vaqtga qadar ko‘plab o‘yinlarda ishlagansiz. Aynan endi past baho qo‘yganingiz boisi nima? Shu vaqtgacha hakamlar yaxshi ishlayotganmidilar?

- ...

Bu yog‘iga telefon go‘shagidan faqat qisqa gudoklarni eshitdik. Alisher aka xayr-ma’zurni ham unutib, aloqani uzib qo‘ya qoldi. Shundan so‘ng faqat bitta yo‘l qoldi - Olim Tolibjonovning o‘ziga qo‘ng‘iroq qilish. Garchi bu ishdan ham biror samara chiqishiga shubhalansak-da, urinib ko‘rdik. Kutilganidek, Olim Tolibjonov ham ochiq muloqotdan o‘zini olib qochdi. Ammo u Alisher Abdullayevdan farqli o‘laroq, bu ishni ancha diplomatik yo‘sinda, xushmuomalalik bilan bajardi.

- Olim aka, «Interfutbol» nashridanmiz, sizga savolimiz bor edi.

- Sizni tushundim, ammo hozir intervyu berolmayman. Buning uchun maxsus ruxsat kerak.

- Yo‘q, katta intervyu shart emas, bittagina savolga javob bersangiz, bas. Faoliyatingiz davomida birinchi marta shunday past baho oldingiz. «Sho‘rtan» - «Navbahor» bahsini o‘zingiz boshqargan o‘yinlar orasida eng yomoni sifatida ayta olasizmi?

- Yo‘q. Ammo nazoratchilar fikri boshqacha bo‘lishi mumkin. Hozir ular hammasini qayta ko‘rib chiqishyapti. Ular yaxshiroq bilishadi.

- Eng yomon o‘yin emas ekan, nima uchun birinchi marta past bahoga loyiq ko‘rilganingiz haqida nima deya olasiz?

- Uzr, bu savolga javob berolmayman. To‘g‘ri tushunasiz...

«BOBOMURODOV ISHI»

Rustam Bobomurodovga bog‘liq ish Olim Tolibjonovnikiga nisbatan jiddiyroq, shekilli. Axir u butunlay diskvalifasiya qilindi. Rustam Bobomurodov hakamligi xususidagi surishtiruvni ham nazoratchidan boshladik. Ammo Artyom Arutyunov ochiq javob berishni istamadi:

- Uzr,-deya darhol rad etishga tushdi Arutyunov. - Kodeks bo‘yicha intervyu bermaslik majburiyatimiz bor. Aks holda, darhol diskvalifikasiyaga uchraymiz.

- Tushunarli. Lekin biz faqat bir narsani bilishni istaymiz, Rustam Bobomurodov «Buxoro» - «Dinamo» o‘yinida mehmonlar darvozasiga penalti belgilamagani uchun past baho oldi, shundaymi?

- Ha.

- Uzoq yillardan buyon nazoratchilik qilib kelasiz. Boshqa hakamlar boshqargan o‘yinlarda ham penalti belgilamaslik holati uchrab turganmi?

- Ha, albatta. Bunaqasi har qanday hakam bilan ro‘y berishi mumkin.

- Ammo ularga yomon baho qo‘ymagansiz...

- Bilasizmi, hakamlik ishini baholashning o‘ziga yarasha mezonlari bor. Himoyachi yoki hujumchi boshqacha harakat qilgan bo‘lishi mumkin. Tana holati, qo‘l harakati qay darajada tabiiy chiqishi ham e’tiborga olinadi.

- Nima, siz nazoratchilik qilgan avvalgi o‘yinlarda «Buxoro» - «Dinamo» uchrashuvidagiga o‘xshash holat biror marta kuzatilmaganmi?

- Eslay olmayman...

Artyom Arutyunov bilan suhbatimiz shu tariqa yakuniga yetdi. Endi vaziyatga faqat Rustam Bobomurodov oydinlik kiritishi mumkin edi. U umrbod chetlatilgani bois, savollarimizga ochiq-oydin javob olishni o‘yladik. Biroq Bobomurodov ham katta xohish bilan muloqotga kirishmadi. Garchi uni hech qanday kodeks ushlab turmagan bo‘lsa-da, lo‘nda fikr bildirishni istamadi.

- Aytingchi, «Buxoro» - «Dinamo» o‘yini tugagani hamono nazoratchi tomonidan sizga e’tiroz bo‘ldimi?

- Yo‘q. O‘yin videoyozuvini ko‘rganidan keyin e’tiroz bildirdi.

- Aynan qanday?

- Artyom Sergeevich to‘p «Dinamo» futbolchisining qo‘liga tekkan vaziyat uchun penalti belgilamaganim uchun past baho qo‘yishini aytdi. Uning fikricha, penalti bo‘lgan ekan.

- O‘zingiz o‘sha vaziyat haqida nima deya olasiz - penalti bormidi, to‘p himoyachi qo‘liga tekkanini ko‘rganmidingiz?

- Ko‘rdim. Ammo himoyachi qasddan o‘ynamadi, aksincha, sakragan vaqti to‘p qo‘liga tegdi. Bunday vaziyatda futbolchining qo‘li ko‘tarilishi tabiiy hol. Arutyunovning aytishicha esa, himoyachining qo‘li tabiiy holatda bo‘lmagan. Ammo sakragan futbolchi qo‘lini qanday tabiiy holatda ushlashi mumkin? Oradagi masofa atigi bir metr edi, futbolchi sakragan payt uning ko‘zlari yumuq holatda bo‘lgan. Fotosuratlarga qarasangiz, buni yaqqol ko‘rasiz. Xullas, u to‘pga ataylab o‘ynamagandi.

- Demak, o‘sha qaroringiz uchun pushaymon emassiz?

- Yo‘q.

- Agar shunday vaziyat yana takrorlansa, xuddi shunday qaror qabul qilarmidingiz?

- O‘yin Buxoroda bo‘ldi. «Buxoro» muxlislari o‘z jamoalarini himoya qilishlari turgan gap. Ularni to‘g‘ri tushunaman. Lekin men ko‘rganimga yarasha ish tutdim.

- Muxlislarning aytishlaricha, oliy liga hakamlarida «oldi-berdi» bor ekan. Noxolis hakamlik haqida nima deysiz? «Oldi-berdi» chindan ham, bormi?

- Mutlaqo asossiz gap.

- Demak, oliy ligada bunday «ish» yo‘q.

- «Otam zamon» davrlarda bo‘lgandir, lekin hozir yo‘q.

- Sizga nisbatan umrbod chetlatish qarori chiqarilishi adolatdanmi? Ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan bitta fikr e’tiborni tortdi: «Agar Bobomurodov penalti belgilamagani uchun chetlatilgan bo‘lsa, oliy ligadagi 90 foiz hakam diskvalifikasiya qilinishi kerak». Bunga munosabatingiz...

- O‘FF Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasida o‘z ishining ustalari, professionallar ishlamoqdalar. Ular qarorni darhol chiqarishmadi, balki avvalo, hammasini ko‘rib chiqib, obdon tahlil qilishdi. Qo‘mita adolatli ish olib bordi, deb hisoblayman. Hech kimga xusumatim yo‘q. Albatta, ishdan bunday ketish alamli. Har holda, 17 yil hakamlik qildim. Faoliyatimni tugatishimga 1-1,5 yil qolgandi.

- Futbolimiz tarixida bir umrlik chetlatish holatlari avval ham kuzatilgan. Ammo jazonaluvchi oradan ko‘p o‘tmay, ishiga qaytgan va hozir ham faoliyatini davom ettirmoqda. Qiziq, siz ham qaytishingiz mumkinmi?

- Bu haqda aniq gapirolmayman. Balki qaytarman...

Xullas, so‘nggi bir haftada ro‘y bergan voqealar jarayonini imkon qadar o‘rganib chiqishga harakat qildik. Ammo... Xullas, eshitganlarimizni yozib oldik, xolos. Xulosa chiqarish esa o‘zingizga havola...

Zafar QOSIMOV

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:48, 28.09.2017. O'qildi: 3575 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик