Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Metallurg»: So‘nggi soniyalarda g‘alaba qo‘ldan boy berildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Metallurg” doimo grand jamoalarga jiddiy raqobat ko‘rsatib kelganligi bilan nom qozongan. Besh karra O‘zbekiston chempioni, bu yilgi mamlakat kubogi finalchisi – Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi kechgan bu galgi o‘yin ham bundan mustasno bo‘lmadi.

Jamoalar ilq daqiqalardanoq ochiq futbol namoyish etishga kirishib ketishdi. Uchrashuv debyutida biroz hududiy ustunlik mehmonlar tomonida, ammo maydon egalari ijobiy natijaga urinishi va ishtiyoqi borasida qaldirg‘ochlardan aslo ortda qolishmadi. Birinchi xavfli hujumni mehmonlar 9-daqiqada tashkil etishdi va Doston Hamdamovning qanotdan jarima maydoni ichiga uzatib bergan to‘pini Shohruz Norxonov boshi bilan urib darvoza to‘riga tushirdi. Biroq bu vaziyatda “Bunyodkor” hujumchisi o‘yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan, gol inobatga olinmadi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida mezbonlarning hujumi juda xavfli ko‘rinish oldi. Burchakdan to‘p o‘yinga kiritilganda Ayubxon No‘’monov bosh bilan to‘pni darvozaning yaqin burchagiga to‘g‘rilab yo‘naltirdi. Mehmonlar posboni Suhrobjon Sultonov darvoza chizig‘i ustidan to‘pni qaytarishga erishdi.

31-daqiqada “Bunyodkor” ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Doston Hamdamov ikki himoyachi orasidan o‘tib darvozaning olis burchagiga to‘pni yo‘naltirgandi, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Ikkinchi taymni “Metallurg” keskin hujumlar bilan boshladi. Birinchi bo‘limdan mehmonlarning obro‘-e’tibori, nufuzining susti bois hayajon bekobodliklarga xalaqit bergan bo‘lsa, tanaffusdan keyin ular o‘z kuchlariga ishongan holda maydonga chiqqanligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Tez orada bu o‘yinda ham o‘z aksini topa boshladi. 48-daqiqada bekobodliklar jarima zarbasini amalga oshirishdi. Murodjon Toshmatov to‘pni jarima maydoniga yetkazib berganda himoyachilar xatoga yo‘l qo‘yishdi va Zohid Abdullayevga to‘pni darvoza tomon tepish imkoniyatini berishdi. Zohidning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Poytaxtliklar ham qarab turishmadi. Hujumlarga hujum bilan javob qaytargan qaldig‘ochlar ayniqsa Doston Hamdamov, Otabek Shukurovlarning mahorati evaziga maydon markazini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. 62-daqiqada Otabek Shukurov mezbonlar darvozaboni bilan yakkama yakka chiqib, vaziyatdan foydalana olmadi. Uchrashuvning ikkinchi taymi keskin va qarama qarshi hujumlar ostida o‘ta boshladi. Mezbonlar asosan qarshi hujum taktikasiga tayanishdi. Birgina Sanjar Qodirqulov ikki daqiqa orasida ikki marta qanotlardan reydni amalga oshirdi, biroq har safar u to‘pni sheriklariga aniq oshirib berishda yanglishdi.

70-daqiqada bekobodliklar hisobni ochish imkoniyatini ko‘kka sovurishdi. Ayubxon No‘’monov jarima maydoni ichida o‘zi to‘pni tepishi mumkin bo‘lgan vaziyatda uni sherigiga qoldirdi, biroq Sarjar Qodirqulovning to‘pga aylanma harakatda bergan zarbasi noaniq chiqdi.

Va nihoyat “Metallurg”ning sa’yi harakatlari 73-daqiqaga kelganda o‘z samarasini berdi. Jamoa to‘purari Zohid Abdullayev “Bunyodkor” posbonining oldinga chiqib ketganligidan unumli foydalanib, to‘pni darvozaning olis yuqori burchagiga yo‘lladi. O‘tkirroq burchak ostida tepilgan to‘p ko‘proq sheriklarga to‘p oshirilishidek tuyulgandi. Bu esa mehmonlar darvozabonini ham chalg‘itib qo‘ydi va to‘p darvozaning olis burchagiga borib tushdi – 1:0.

Voqealar rivojining bunday tus olishi mehmonlarni aslo qanoatlantirmasdi va ular katta kuch bilan tinimsiz hujumlarga tashlanishdi. Murabbiy tarkibda bir yo‘la uch nafar futbolchini almashtirganligi ham tempning yanada oshib ketishiga olib keldi. Birgina “Metallurg”ning sobiq to‘purari Shahzodbek Nurmatov yaqin masofadan ikki marta to‘p kiritish imkoniyatini ko‘kka sovurdi. Mezbonlar g‘alabaga yaqin turishgandi. Afsuski, hakam tomonidan qo‘shib berilgan kompensasiya vaqti ham poyoniga yetib borayotgan bir paytda himoya vakillarining konsentrasiyasi bir zumga yo‘qoldi va ular o‘ng qanotdan yosh, iqtidorli Farrux Ikromovning reydini o‘tkazib yuborishdi. Darvozabon bilan yakkama yakka chiqqan Farrux qaldirg‘ochlarni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1.

“Metallurg” – “Bunyodkor” – 1:1.   14.10.2017 yil. 15:30. Bekobod. 1235 tomoshabin.

Hakamlar: Timur To‘xtasinov – 8,2, Anvar Marajabov – 8,6, Ziyodulla Abdurahmonov – 8,6, Akbar Shukurullayev – 9.

Nazoratchi hakam: Shamil Jumayev.

O‘zPFL vakili: Nail Lutfulin.

Gollar: 1:0 – Zohid Abdullayev (73), 1:1 – Farrux Ikromov (90+3). 

“Metallurg”: 1. Zafar Safayev, 2. Abror Xusinov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 7. Doniyor Odilov, 8. Ayubxon No‘’monov, 11. Murodjon Toshmatov, 13. Sanjar Qodirqulov (27. Muhammadodil Qahramonov, 88), 15. Zohid Abdullayev (38. Muhammadjon Sultonov, 90+2), 19. Alisher Ziyovuddinov, 70. Jahongir Abdumo‘minov.

Zahira: 25. Timurbek To‘ychiyev, 5. Jasur Ahmedov, 16. Sirojiddin Allayev, 34. Zuxrillo Boboyev,.

“Bunyodkor”: 32 Suhrobjon Sultonov, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akromjon Komilov, 6. Anvar G‘afurov, 8. Javlon Ibrohimov, 17. Dostonbek Hamdamov, 21. Dilshodbek Ahmadaliyev, 22. Shohruh Gadoyev (15. Farrux Ikromov, 76), 29. Otabek Shukurov, 44. Mirjamol Qosimov (14. Vohid Shodiyev, 74), 77. Shohruz Norxonov (9. Shahzodbek Nurmatov, 59).

Zahira: 25. Murodjon Zuhurov, 3. Islombek Qobilov, 28. Davronbek Umirov, 30. Xurshid G‘iyosov.

Ogohlantirish: Zohid Abdullayev (80), Dilmurod Karimov (90+1), Otabek Shukurov (90+2).

Manba: www.metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 13:38, 15.10.2017. O'qildi: 2630 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик