4 noyabr kuni Oliy liga 27-tur doirasidagi “Buxoro” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Bu jamoalarning statistik ma’lumotlarini hukmingizga havola etamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar Oliy ligada 23 bora to‘qnash kelishgan. Shulardan 9 tasida vakillarimiz g‘olib bo‘lishgan, 2 ta o‘yin durang natijasi bilan intiho topgan. 12 ta uchrashuvda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 45:33, “Buxoro” foydasiga. O‘zaro o‘inlarda “Buxoro” 38, “Qo‘qon-1912” esa 29 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Buxoroda o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:
19.08.2016 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 3:1
19.09. 2015 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 2:0
10.08.2003 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 4:2
04.05.2002 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 2:0
29.03.2000 «Buxoro» – «Qo‘qon-1912» 2:0
Hakamlar
Mazkur uchrashuvni Viktor Serazetdinov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Ushbu hakam bundan oldin jamoamizning Qo‘qonda o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi chorak final javob uchrashuvida ishlagandi. O‘shanda vakillarimiz “Nasaf”ga qarshi o‘ynashgandi va bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.
Oliy liga. 27-tur
“Buxoro” (Buxoro) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), R. Shoyaxmetov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xatamov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: R. Chernikov
Boshlanish vaqtlari
Juma kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari maydonga tushishadi. O‘yin soat 15:00da start oladi.