Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Dinamo 15 29
3 Bunyodkor 15 27
4 Neftchi 14 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 14 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

07/07/25 Neftchi - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/32 финала. "Саламанка" - "Сельта".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Кубок Италии. 1/32 финала. "Фрозиноне" - "Пиза".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.07.2025

      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 4 на трассе Норисринг, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      09:40 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      10:35 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:05 BMX. Альфа-Банк Чемпионат России. Фристайл-парк.
      13:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
      17:55 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 1 м.
      19:20 Д/ф "Царица Тамара. Быкова".
      20:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
      22:30 "Вопреки всему".
      23:00 "Сюрпляс".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Д/с "Век нашего спорта".
      01:35 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      04:35 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Д/с "Сила воды".
      11:25 "Культовые".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "География спорта". Зеленоград.
      16:50 "Лучшие из лучших".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Динамо" (Беларусь) - "Салават Юлаев" (Россия). Прямая трансляция.
      18:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Металлург" (Магнитогорск) - "Авангард" (Омск). Прямая трансляция.
      19:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Ак Барс" (Казань) - "Трактор" (Челябинск). Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:15 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC on DAZN Hollywood в США. Джаред Уоррен против Майка Ричмана.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Д/ф "Четыре мушкетёра".
      04:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.07.2025

      07:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      10:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      11:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Женщины. Финал.
      12:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Мужчины. Финал.
      13:30 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 2. Ловен-Планк - Булонь-сюр-Мер.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк. Прямая трансляция.
      21:00 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 2. Обзор.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 5. Broken Arrow Skyrace в Олимпик-Вэлли, США. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 6. Tepec Trail в Уаска-де-Окампо, Мексика. Обзор.
      23:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

871ta o‘yin hosilasi yoki JCH-2018 saralashining qiziqarli statistikasi

Baho:
+2 | -1
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Navbatdagi jahon chempio­natining 31ta yo‘llanmasi o‘ynalgan kvalifikasion jarayon rasman xotima topdi. Tabiiyki, bu safargi saralash davomida ham bir qator diqqatga sazovor ko‘r­satkichlar qayd etil­­di. Demak, yakuniy natijalarni zimdan ko‘rib chiqish vaqti keldi.

 

Saralashning umumiy statistikasi

 

O‘yinlar soni: 871ta

 

Gollar soni: 2456ta

 

1ta o‘yinga to‘g‘ri kelgan gollar soni: 2,8ta

 

Sariq kartochkalar soni: 2965ta

 

Qizil kartochkalar soni: 48ta

 

Eng yaxshi to‘purarlar - Robert Levandovski, Ahmad Xalil, Muhammad al Sahlaviy (16tadan gol). Birinchi navbatda, Robert Levandovskini tilga olish joiz. Zero, polyak hujumchisi 16ta golni 10ta o‘yinda urdi. U bu borada Luis Suares, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Edinson Kavani va boshqa top-forvardlarni ortda qoldirdi. Vaholanki, «Bavariya» goleadori bunday natijaga yevrofutbolning chin yulduzlari yordamisiz erishdi. Bravo, Robert! OFK miqyosidagi saralashda 16tadan gol hosil qilishgan Ahmad Xalil (BAA) hamda Muhammad al Sahlaviy (S.Arabistoni)ga kelsak, ular tegishlicha 17 va 14ta o‘yinda maydonga tushishdi, qolaversa, Osiyoda raqiblar darajasi ham ancha pastligini inobatga olish kerak.

 

Eng yaxshi assistent - Joshua Kimmix (9ta samarali uzatma). Germaniya futbolida yuqori sur’atda o‘sayotgan o‘yinchi, betakror Filipp Lam vorisi va bundestimning bo‘lajak sardori. Kimmix saralash boshqichi doirasidagi barcha o‘yinlarda to‘liq 90 daqiqadan harakatlandi. Asosiysi, ko‘pincha o‘ng qanot himoyachisi rolini bajargan yosh futbolchi 10ta o‘yinda 9ta golga assistentlik qilishdan tashqari, raqiblar darvozasini 2 bora ishg‘ol etishni uddaladi. Aql bovar qilmas samaradorlik.

 

Eng sermahsul jamoalar - Belgiya va Germaniya termalari (1ta o‘yinda o‘rtacha 4,3ta gol). Hujum chizig‘ida Romelu Lukaku va Dris Mertens kabi to‘purarlar o‘ynaydigan, ularga Eden Azar, Raja Nainggolan va Kevin de Bryuyne singari aslar to‘p oshiradigan Belgiya termasining 10ta uchrashuvda 43ta gol urganida ajablanarli tomoni yo‘q. Germaniya termasi esa ijrochilar masalasida yana boyroq. Xullas, kutilgan natija.

 

Eng ko‘p o‘ynagan futbolchi - Ibrohim Almeh (21ta o‘yin). Suriya termasi darvozaboni Osiyodagi 2ta guruh bosqichida 19 marta maydonga tushdi, shuningdek, avstraliyaliklarga qarshi kechgan ichki «pley-off» raundida yana 210 daqiqa harakatda bo‘ldi. Suriyaliklar yakunda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmadilar, ammo Almeh Rossiya yo‘lidagi saralash dovonida butun dunyo bo‘yicha maydonda eng ko‘p o‘ynagan futbolchi bo‘ldi - 1740 daqiqa.

 

Darvoza tomon eng ko‘p zarba yo‘llagan futbolchi - Krishtianu Ronaldu (66 marta). Portugaliya futboli javohirining «Eng, eng, eng» turkumidagi ro‘yxatga kirmasligi mumkinmidi? Krishtianu xuddi «Real»da bo‘lgani kabi har qanday holatdan darvozani o‘qqa tutishni paysalga solmadi. Jami 66ta zarba 1ta o‘yinga o‘rtacha 7,4tadan to‘g‘ri keladi. Qisqasi, saralash davomida hech kim raqiblar darvozabonlarini Ronalduchalik ko‘p bezovta qilgani yo‘q.

 

Eng samarador futbolchi - Robert Levandovski (48,5 foiz). Polshalik superto‘purar tomonidan yo‘llangan zarbalarning deyarli yarmi to‘p raqib darvozasi to‘riga «ilinishi» bilan yakunlandi. Oddiy aytganda, uning 16ta gol urishi uchun 33ta zarba kifoya qildi.

 

Eng ko‘p to‘p uzatgan futbolchi - Toni Kroos (1ta o‘yinda o‘rtacha 121ta). Ha,to‘p nazorati masalasida Ispaniya termasi oldiga tushadigani yo‘q, ammo nemislar jamoasida Toni Kroos borki, u ayni payt maydon markazida tartib o‘rnatish  bo‘yicha jahonda tengsiz sanalmoqda. «Real» xavbeki saralash doirasidagi 10ta o‘yinda jami 1200 marta to‘p oshirdi. Aniqroq aytsak, 1ta o‘yinda naq 121 marta jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minladi - tasanno!

 

JCHga eng qisqa yo‘l - Braziliya termasi (537 kun). Braziliyaliklar 537 kun oralig‘ida yo‘llanma masalasini hal etishdi. Neymar - Gabriel Jezus - Felippe Koutinyo bog‘lami Janubiy Amerika hududida o‘tgan saralashda duch kelgan raqiblarga master-klass ko‘rsatdi. Xullas, boshqa grandlar so‘nggi turgacha yengil nafas olmagan bo‘lsalar, braziliyaliklar mart oyidayoq Rossiya mundiali chiptasini o‘z nomlariga rasmiylashtirib qo‘yishdi.

 

JCHga eng uzoq yo‘l - Peru termasi (770 kun). «Inklar» saralash chig‘irig‘iga Braziliya termasi bilan bir kunda tushishdi, ammo ularning yo‘llari ancha uzoq bo‘lib chiqdi. Ya’ni Peru termasining yo‘llanma olish uchun dunyoning narigi burchagi - Yangi Zelandiya tomonlarga borishiga to‘g‘ri keldi. Oddiy aytganda, KONMEBOLning oxirgi vakili start chizig‘idan roppa-rosa 770 kun o‘tib, JCH-2018ning 32- ishtirokchisiga aylandi.

 

Aholisi eng ko‘p davlat - Braziliya (193 467 000 kishi). Bo‘lajak JCHda Braziliya termasi eng ko‘p muxlisli jamoa bo‘ladi. Axir Janubiy Amerikadagi bu mamlakatda deyarli hamma futbol bilan «og‘rigan». Tabiiyki, fanatlar Tite shogirdlarini avvalgi mundialda bo‘lgani kabi voqea joyidan mega-darajada qo‘llab-quvvatlab turish imkoniyatiga ega emaslar. Ammo deyarli 200 million kishi senga ko‘z tikib turganini bilishning o‘zi - katta motivasiya.

 

Aholisi eng oz davlat - Islandiya (334 252 kishi). Qanday? Aholisi yarim millionga ham yetmaydigan kichik mamlakatda shunchalik ko‘p jangovar futbolchilarni qanday tarbiyalashgan? Darvozabon - rejissyor, himoyachi - uchuvchi, murabbiy - dantist (stomatolog). Bu yigitlar futbol maydonidagi ishlardan tashqari, bosh­qa majburiyatlarni ham unutmaydilar. Axir mamlakatda odam kam, muhim sohalarga esa chin mutaxassislar zarur...

 

Eng yirik g‘alaba - Qatar termasi (15:0). Butanliklar uchun Tibet tog‘iga mahliyo bo‘lish futbol o‘ynashdan ancha oson va qulay. Ular bitta o‘yinda naq 15ta gol qo‘yib yuborishdi. O‘z navbatida, futbol bobida mitti sanaladigan raqibni ayamagan Qatar termasini ham alohida ta’riflash kerak. Arablar o‘rtacha hisoblaganda, har 6 daqidada gol urishdi-ya...

 

Eng ko‘p gol qo‘yib yuborgan jamoa - Butan termasi (52ta). Butan termasi saralash davomida birgina Maldiv jamoasi darvozasiga yo‘l topdi, xolos. O‘z darvozasini esa hammaga lang ochib qo‘ydi - 0:15, 0:12, 0:7. 8ta o‘yin yakunida 52ta minus belgili goldan ulkan xirmon vujudga keldi. Yo‘q, xato o‘ylamang, Butun termasi bu uchrashuvlarning barchasida darvozabon xizmatidan ham foydalangan, albatta.

 

Eng ko‘p gol urgan jamoalar - S.Arabistoni va Yaponiya terma­lari (44tadan). Gol urishda aynan saudlar va yaponlarning peshqadamlik qilishgani Osiyo hududidagi saralash tizimiga bog‘liq. Shuning hisobiga ikki jamoa ham JCH yo‘lida 18 martadan maydonga tushdi. Demak, ularning o‘rtacha mahsuldorligi Yevropa vakillari - Germaniya va Belgiya termalarinikidan ancha past.

 

Eng oz gol urgan jamoa - Lixtenshteyn termasi (1ta). Mana shunaqa, futbol nuqtai nazaridan olganda, eng mitti mamlakatlar vakillari ham saralashda kamida 1 marta gol quvonchini tuyishdi. Xususan, Lixtenshteyn termasiga bunday baxt­ni isroilliklar hadya etishdi. Aytgancha, Mali va Kambodja jamoalari ham guruh bosqichida 1tadan gol urishdi, ammo ular «o‘tish» o‘yinlarida ham raqib darvozasiga yo‘l topishgandi.

 

Eng oz gol qo‘yib yuborgan jamoa - Marokash termasi (1ta). Faqat Yevropani olsak, Ispaniya va Ang­liya jamoalari mustahkam himoyasi bilan alohida ajralib turdi. Lekin kvalifikasiya jarayonida «qu­ruq»lik bo‘yicha eng yaxshi natijani Mehdi Benatiya yetakchiligidagi Marokash termasi himoyasi qayd etdi. Ha, Erve Renar o‘ta tartibli va balanslashgan jamoa shakllantirgan ko‘rinadi.

 

c      32ta jamoadan 30tasi bungacha loaqal bir marta JCHda o‘ynagan. Shuning barobarida 3ta termaning oxirgi ishtiroki avvalgi asrda kuzatilgan - Peru (1982 yili), Misr (1990 yili) va Marokash (1998 yili). Demak, Rossiya-2018da 2ta debyutantni ko‘ramiz - Islandiya va Panama termalari.

 

c      7ta ishtirokchi o‘z tarixida jahon chempioni maqomiga erishgan. Bular - Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Argentina, Angliya, Braziliya va Urugvay.

 

c      JCH-2018 Janubiy Amerika va Afrikaning amaldagi chempionisiz o‘tadi.  Kamerun termasi shu yilning boshida Afrika kubogi sohibiga aylangandi, chililiklar esa 2015 va 2016 yillar Amerika kubogida ketma-ket 2 marta tengsiz chiqishgandi. Darvoqe, bu ikki jamoa o‘tgan yili Konfederasiyalar kubogida ishtirok etgandi. Shuningdek, Okeaniya chempio­ni - Yangi Zelandiya termasi ham navbatdagi mundialda o‘ynamaydi.

 

c      Mezbon - Rossiyani hisobga olmaganda, tarixda birinchi marta saralashda o‘ynash uchun 208ta jamoa, ya’ni FIFAning barcha a’zolaridan ariza tushdi. Faqat Zimbabve va Indoneziya termalari saralashga qo‘yilmadi (diskvalifikasiya sabab).

 

c      JCH-2018 yo‘llanmasini yutgan 31ta terma saralashda ishtirok etgan 206ta jamoaning 15 foizidir.

 

c      Germaniya termasi saralash bosqichi doirasidagi 10ta o‘yinning barchasida g‘alaba nashidasini surdi.

 

c      Jonatan Karuana Malta termasining atigi 2ta o‘yinida qatnashdi. Eng qizig‘i, u Shotlandiya va Litva termalariga qarshi kechgan ikki o‘yinda ham qizil kartochka oldi.

 

c          Angliya - Shotlandiya o‘yinini «Uembli»da 87258 muxlis kuzatdi (JCH-2018 saralashi rekordi). Gibraltar - Gresiya uchrashuvida esa eng past natija qayd etildi - 460 muxlis.

 

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:44, 26.11.2017. O'qildi: 9922 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.