Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Andijon
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Paxtakor 4 9
4 Lokomotiv 4 7
5 Nasaf 4 7
6 Bunyodkor 4 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 4 1
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK
4-тур Andijon 2-0 Mash’al
4-тур Buxoro 3-1 Dinamo
4-тур Neftchi 3-1 Lokomotiv
4-тур Nasaf 0-1 Surxon
4-тур So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

02/04/26 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04/26 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mo‘ysafid murabbiylarni taniysizmi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Navqiron va serg‘ayrat Gvardiola bilan muayyan natijalarga erishib, Karlo Anchelotti davrida omadsizlikka yuz tutgan «Bavariya» keyinchalik yana tajribaga ishonch bildirdi.

Shu tariqa jamoa bundesligadagi eng keksa murabbiy rahbarligida to‘p surdi. Endi Myunxen superklubi rekordni qit’a miqyosiga ko‘tarishni maqsad qilgan ko‘rinadi - 72 yoshli Yupp Xaynkes to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng qadrdon jamoasiga qaytdi.

Ana yoshlarga xos shijoat faoliyatini yakunlashga oshiqmayotgan yevropalik mo‘ysafid mutaxassislarga e’tibor qaratishimizga turtki bo‘ldi.

Luiji Delneri («Udineze») - 67 yosh

«Kalcho»ning keksa vakili hanuzgacha xaridorgir mutaxassislar safida. Luijining boshqa kasbdoshlaridan farqi shundaki, u har qanday taklifga yetarlicha e’tibor va hurmat bilan yondoshadi. Shu bois, uning faoliyatida uzilishlar kam.

Muxlislar olamida Delneri ko‘proq «Kyevo» orqali shuhrat qozongan. Bu kamtarin jamoaga ikki marta ustozlik qilgan mutaxassis asrimiz boshida «Yilning eng yaxshi murabbiyi» unvoniga sazovor bo‘lgandi.

U anchayin nomdor jamoalar - «Portu», «Roma», «Yuventus»ni bosh-qarishga ham ulgurdi. 2016 yil kuzida «Udineze»ni qabul qildi. Hozircha ishlari chakki emas. Aks holda, yangi mavsum arafasida mutasaddilar shartnoma muddatini uzaytirishmasdi.

Arsen Venger («Arsenal») - 67 yosh

Arsen va «Arsenal». Bu ikki iborani ayro tarzda ko‘rish Londonni «Big-Ben»siz, Rossiyani ayiqlarsiz tasavvur qilish bilan barobar. Albatta, Vengerning faoliyatida boshqa sahifalar ham yo‘q emas. Ammo ular shunchalik olisdaki, deyarli unutilib ketgan.

Londonlik «to‘pchilar»ga qo‘mondonlik qilayotgan fransiyalik «professor»ning 20 yillik dovonni zabt etganiga ancha bo‘ldi. Biroq hali zerikkani yo‘q.

Ana shu davr ichida «Arsenal» 15dan ortiq milliy sovrinlarni qo‘lga kiritdi. To‘g‘ri, xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqolmadi. Lekin bu hozircha, chunki mesye Venger hamon boshqaruv pultida.

Lars Lagerbak (Norvegiya termasi) - 69 yosh

Shvesiyalik mutaxassis futbolchilik faoliyati bilan maqtana olmasada, malakali murabbiy sifatida vazifani a’lo darajada uddalamoqda.

Lagerbak 9 yil davomida terma jamoani boshqardi - avvaliga Soderberg bilan hamkorlikda, keyin mustaqil ravishda. Yoshi 60dan o‘tgach, issiq o‘rnini tark etib, qaynoq Nigeriyaga yo‘l oldi.

Keyin Islandiya terma jamoasi bilan Yevro-2016da hammani o‘ziga qaratdi. Bu yil esa yon qo‘shni - jon qo‘shni Norvegiyaga yordam berishga qaror qildi.

To‘g‘ri, Islandiya mo‘’jizasining Rossiya mundialida takrorlanishiga umid yo‘q. Lekin keyingi qit’a chempionatigacha Lagerbak ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga ulguradi.

Marchello Lippi (Xitoy terma jamoasi) - 69 yosh

Mana besh yildirki, italiyalik mutaxassis Xitoy futbolini rivojlantirish ishlarida bosh-qosh bo‘lmoqda. To‘g‘ri-da, Yevropada Lippi uchun zabt etilmagan cho‘qqi qolmadi, osiyoliklar esa sifatli xizmatga saxovatpeshalik bilan javob qaytarishmoqda.

2006 yili «skuadra adzurra»ni shohsupaga olib chiqqan murabbiy «Guanjou Evergrand»da 4 yil halol mehnat qildi. 2016 yilning kuzida esa xitoyliklar Lippiga o‘z termalarini ishonib topshirishdi. Yiliga 20 mln. dollarlik ish haqi evaziga...

Jampyero Ventura (Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi) - 69 yosh DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:12, 01.12.2017. O'qildi: 3088 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Нефтчи Alisher Odilov 2
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
8 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
9 Насаф Sharof Muhitdinov 2
10 Андижон Martin Boakye 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик