Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba.

  • CAFA Nation's Cup
      • 04.09.2025 17:00
      • Afg‘oniston
      • -:-
      • Hindiston
      • 04.09.2025 20:30
      • Tojikiston
      • -:-
      • Eron
      • 05.09.2025 17:00
      • Turkmaniston
      • -:-
      • O'mon
      • 05.09.2025 19:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Qirg‘iziston
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 O'mon 2 4
2 O‘zbekiston 2 4
3 Qirg‘iziston 2 1
4 Turkmaniston 2 1

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 2 6
2 Tojikiston 2 3
3 Hindiston 2 3
4 Afg‘oniston 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Hindiston 0-3 Eron
2-тур Tojikiston 2-0 Afg‘oniston
2-тур O'mon 2-1 Qirg‘iziston
2-тур O‘zbekiston 2-1 Turkmaniston

Navbatdagi o'yinlar.

04/09/25 Afg‘oniston - Hindiston
04/09/25 Tojikiston - Eron
05/09/25 Turkmaniston - O'mon
05/09/25 O‘zbekiston - Qirg‘iziston

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3263 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1291 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 04.09.2025

      05:15 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      07:15 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      14:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Палмейрас".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      22:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      02:00 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      03:55 "Всё о главном". Сергей Рогачёв.
      04:20 LIVE Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Парагвай - Эквадор. Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 04.09.2025

      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве. Финал.
      10:05 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Вышка. 1/2 финала.
      12:05 "География спорта". Йошкар-Ола.
      12:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      14:15 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Вышка. Финал.
      15:35 "Страна спортивная".
      15:55 LIVE Гольф. Кубок Лиги Ставок. Финальный этап в Пестово, Россия. Прямая трансляция.
      18:00 Гребля на каяках и каноэ. Кубок Доброй Воли в Москве.
      20:20 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве. Финал.
      22:35 "Формула-1. Гаснут огни".
      23:05 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Вышка. 1/2 финала.
      01:00 "Культовые".
      01:30 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Вышка. Финал.
      02:50 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Спринт.
      04:40 Гребля на каяках и каноэ. Кубок Доброй Воли в Москве.
  • MATCH-TV
    • Sana: 04.09.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 5 во Франции. Женщины.
      07:30 "География спорта". Йошкар-Ола.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Команда мечты".
      12:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      14:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Волейбол".
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Д/ф "С мячом в Британию".
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Иордания. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:55 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      03:00 "Команда мечты".
      04:00 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Спринт.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 04.09.2025

      06:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 11. Бильбао - Бильбао.
      08:30 Теннис. US Open. Женщины. 1/4 финала.
      10:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 7 эп.
      10:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Верхней Савойе, Франция. Мужчины. Даунхилл.
      11:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 11. Бильбао - Бильбао.
      12:00 Теннис. US Open. Женщины. 1/4 финала.
      13:00 Теннис. US Open. Мужчины. 1/4 финала.
      14:15 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 11. Бильбао - Бильбао.
      14:45 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 12. Ларедо - Лос-Корралес-де-Буэльна. Прямая трансляция.
      18:00 Велоспорт. Тур Будущего во Франции. Обзор.
      19:00 Теннис. US Open. Мужчины. 1/4 финала.
      21:00 Конный спорт. Выездка. Чемпионат Европы в Крозе, Франция. Обзор.
      22:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 12. Ларедо - Лос-Корралес-де-Буэльна.
      00:00 Теннис. US Open. Женщины. 1/4 финала.
      00:30 LIVE Теннис. US Open. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Velosiped qachon ixtiro qilinadi?» Antiqa qarorlar reytingi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Biz anchadan buyon o‘zbek futbolida yangi sahifa ochilishini, masalan, yomon hakamlarning bir umr futboldan chetlatilishi-yu, terma jamoaga chet ellik murabbiy kelishini, yugura olmaydigan futbolchilar tez yugurib ketishi-yu, murabbiylarning maydonga yoshlarni tushirishlarini umuman juda ko‘p narsalarni orzu qilardik.

Negadir, o‘sha shabadalar esib, tilaklarimiz qaysi usulda bo‘lsayam, ro‘yobga chiqayotgandek tuyulsa-da, bizga doim nimadir yoqmay turaveradi, shekilli. Keling, so‘nggi oylarda futbolimizda ro‘y berayotgan antiqa qarorlar reytingini tuzib ko‘ramiz.

«Direktor, ishdan ruxsat bering, futbolga bormoqchiydim...»
Futbolni targ‘ib qilish, muxlislarni musobaqalarga jalb qilish eng muhim vazifalaridan biri bo‘lgan tashkilotning yilning eng muhim o‘yinlaridan biri bo‘lmish O‘zbekiston kubogi finalini ish kuniga, buning ustiga soat 15:00ga belgilagani «rivojlanish» yo‘lidagi dastlabki qadamlardan biri bo‘lgandi.

 

Avvaliga ko‘pchilik hayron bo‘ldi, ammo keyinchalik, stadion OFK prezidenti Shayx Salmon, shuningdek, bir qator talabalar bilan to‘ldi. Ba’zilarning tekin to‘p talashib, maydonga yugurib tushib ketgan va tartibni saqlash xodimlaridan kaltak yegani esa, chet ellarda ham kuzatiladigan bayramona ruh bilan izohlandi. Albatta, bu ruhiyatni faqat Yevropa bilan bog‘lash noo‘rin, zero bayramlarning, to‘ylarning janjallar bilan o‘tishi-yu, qanchadir choynaklarning sinishi urf-odatlarimizdan sanaladi. «Zacho‘t!».

«Real» Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi»
Tasavvur qiling, UYEFA chempionlar ligasida 1/8 final o‘yinlarini o‘tkazishdan voz kechsa va guruhlarda 2-o‘rinni olgan jamoalarni turnirni tark etdi, deb e’lon qilib yuborsa...

 

Shunga o‘xshash voqea sodir bo‘ldi. Mavsum tugashiga 4 tur qolganida, kelasi yildan oliy ligada 12 jamoa qatnashadi, deb yuborildi va mavsum boshida barcha hujjatlarda ligadagi o‘rini saqlab qoluvchi deb belgilangan o‘rinni egallagan ba’zi jamoalar «aldanib qoldilar». Albatta, har qanday musobaqani takomillashtirish yo‘lida o‘zgarishlar bo‘lib turadi – rahbarlarning futbolimizda nimanidir o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlarini oqlash mumkin. Ammo bunday o‘zgarishlar avvaldan rejalashtirilishi va mavsum boshida reglament orqali turnir formati qayd etilib, jamoalar o‘sha shartlar asosida o‘ynashlari kerak bo‘ladi. Turnir o‘rtasida avvaldan belgilangan shartlarning o‘zgartirilishi dunyoning hech qayerida bo‘lmagan.

Masalan, oliy ligada qolish uchun kurashgan, mavsum davomida murabbiyni almashtirishdan tortib, bir qancha transferlarni amalga oshirgan, yakunda esa, 14-o‘rinni egallab, maqsadiga erishgan «Neftchi» qaysi asos bilan superligadan haydalishi kerak?

To‘g‘ri, «Neftchi» yuqoriroq o‘rinni olishi, shu orqali o‘zini kafolatlashi mumkin edi, ammo shu gapni «Real»ga aytib, «Tottenhem»dan oldingi o‘rinni olishing kerak edi, bor endi, Yevropa Ligasiga» deb ko‘ringchi?

«Mavsum boshlanmasdan almashayotgan formatlar...»

Ana shu 12 jamoa ishtirok etadigan Superliga formatiga ham savollar ko‘p va eng qizig‘i, hali yakuniy to‘xtamga kelinmaganga ham o‘xshaydi. Avvaliga 12 jamoa uch davrali tizimda o‘zaro kuch sinashishi haqida gap borgan va O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov «men bugungi qabul qilingan qarordan qoniqish hosil qildim, chunki, u bir tomonlama qabul qilinmadi. Biz hamma kiritilgan taklif va mulohazalarni o‘rganib chiqdik. Keyin esa yangi formatning bizning sharoitga qanday to‘g‘ri kelishini o‘rgandik. Yakunda esa 12ta klub qatnashadigan musobaqa variantida to‘xtadik. Men ushbu qarorning qabul qilinishida ishtirok etgan har bir ekspert va ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman» deb uzil-kesil fikrini bayon qildi.

Vaqt o‘tib esa, endi, musobaqa 4 davrali tizimda o‘tishi, so‘nggi bosqichda dastlabki 6 jamoa alohida, keyingi 6 jamoa esa, alohida bir-biri bilan o‘ynab chiqishi haqidagi variantlar rasmiy saytlarda e’lon qilindi.

«Bitta bayroq, bitta lakatir»

 

Superligada qatnashuvchi klublarni lisenziyalashtirish talablari asosida tekshiruvdan o‘tkazish g‘oyasi, aslida juda dadil va oqilona qadam. Bu o‘rinda avvalo, aynan musobaqaning (bu yerda Superliga) sifatli o‘tishi, o‘yinlarning yaxshi mahsulot sifatida yaratilishida ahamiyat kasb etadigan sohalarga jiddiy e’tibor qaratilishi lozim. Masalan, klublardan qulay stadionga ega bo‘lishi, maydon holatining va yorituvchi moslamalarning standartlarga mos bo‘lishi, OAV bilan, muxlislar bilan ishlashga doir talablar, klublar sayti, imiji bilan bog‘liq, shuningdek, klublarning moliyaviy daromadlarining va xarajatlarining shaffofligi talab etilsa, futbol rivojiga, futbol munosabatlariga ijobiy ta’sirini o‘tkazgan bo‘lardi.

Ammo bu yerda ham boshqa yo‘ldan ketildi — klublarga, masalan o‘z futzal jamoasi, o‘z ayollar jamoasiga ega bo‘lish talabi ham shular jumlasidandir. Bu qaysidir ma’noda, «mana, bir yilda klublarimiz superklubga aylandi, o‘z ayollar, futzal jamoalari, akademiyalariga ega bo‘lishdi», deb maqtanish uchun qulaydir, ammo asosan hokimiyatlar va bir tomonlama homiylar qo‘liga qarab qolgan klub uchun uch oyda shu talablarni bajarish shartini qo‘yish qanchalik mantiqli? To‘g‘ri, Yevropadagi superklublarda bunday jamoalar bor, lekin bu holatga tabiiy yo‘l bilan borish, klublarda bu jamoalar uchun ehtiyojning paydo bo‘lishi birlamchi emasmi?

Masalan, rostmi, yolg‘onmi, eshitganim, bir oliy liga klubi institutlarga borib, qizlarga «futbol o‘ynaysizlarmi, jamoaga qo‘shilsanglar, bir million so‘m oylik beramiz», deb qiziqtirib, jamoa tuzib yurgan emish. Bir tomondan kulgili, lekin men o‘zimni o‘sha klub rahbarlari o‘rniga qo‘yib ko‘rdim va qo‘yilgan o‘sha talablar asosida boshqacharoq jo‘yali yo‘l topa olmadim. Nima qilish kerak, xo‘sh, siz aytingchi?

«Nasaf»ning jarimaga tortilishi va Lobanov


O‘zbekiston chempionati 29-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Paxtakor» o‘yini so‘nggida mehmonlar darvozaboni Aleksandr Lobanov muxlislarga qarata haqoratomuz qiliq qildi. Intizom qo‘mitasi bu holat uchun «Paxtakor»ni 50 million so‘m jarimaga tortdi, ammo Tartib-intizom kodeksining tegishli bandida bunday harakatlar uchun futbolchi 3-5 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi ham qayd etilgan. Ammo bu ijro ta’minlanmadi.

Bu ham mayli, mazkur voqea yuzasidan «Nasaf» klubiga 100 million jarima solingani ham tushunarsiz. Bu o‘rinda qarshilik muxlislarning Lobanovga nisbatan turli haqoratlar ishlatganliklari asos qilib olindi.

Albatta, muxlislarning harakatlari uchun klublar jazolanidi tajribada ushlab turadigan holat. Ammo buning uchun muxlislar harakatlari qandaydir uyushganlik xarakteriga ega bo‘lishi lozim. Shunchaki, stadiondagi ba’zi muxlislarning futbolchilarni haqorat qilgani klubning jarimaga tortilishiga yetarli emas, nazarimda.

Birinchi ligami yoki yoshlar ligasi?
Superliganing kelasi yilda juda zo‘r o‘tishi haqidagi gaplarga ilova sifatida qo‘yi liganing ham raqobatbardosh qilish, jamoalar sifatini superliga klublariga yaqinlashtirish haqida ko‘p gapirilmoqda. Bir qaraganda, oliy ligadan birato‘la 4 jamoaning «haydalishi» 1-ligadagi raqobatni va sifatni oshirib yuborishi kerak. Ammo amalda, buning aksi uchun hamma ishlar qilinayotgandek.

Misol uchun, yana o‘sha rasmiy xabarlarda aytilishicha, endi birinchi ligada faqat 24 yoshdan yoshroq bo‘lgan futbolchilar to‘p suradi. Zo‘rmi?

Muayyan 1-liga jamoasi safida o‘ynab turgan va ertaga 25 ga to‘ladigan futbolchi nima qiladi?

Bu ham mayli, oliy ligada 11-o‘rinni egallagan jamoa yil oxirida 1-liganing 2-o‘rindagi jamoasi bilan o‘tish turnirida qatnashishi ko‘zda tutilgan ekan. Xo‘sh, qani bu yerda tenglik? Oliy liga talablari asosida o‘ynagan klub 24 yoshdan kichik futbolchilardan tuzilgan tarkib bilan teng shartlarda o‘ynay oladimi?

Superligada o‘ynash osonmi yoki Premyer-Ligadami?
Oliy liga klublari uchun talablar haqida gap ketdi-a? Ma’lum bo‘lishicha, futbolchilarning jismoniy ko‘rsatkichlari bo‘yicha normativ qabul qiladigan alohida bir guruh tashkil etilibdi. Misol uchun, 30 metrlik masofani belgilangan sekundlarda bosib o‘ta olmagan futbolchiga lisenziya berilmaydi va u to ushbu normativlarni topshirmaguncha, o‘yinlarda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

Kimdir qaysidir majlisda «futbolimiz, terma jamoamizda jismoniy kamchiliklar bor, tez yugura olmaydilar», degan bo‘lishi mumkin. Ammo bu muammoning yechimi test asosida yugura olmaydiganlarni o‘ynatmaslik bilan bo‘lmaydi-ku? Tasavvur qiling, o‘rta ta’limdagi muammolarni yechish o‘quv yurtiga kirish imtihonlarini qiyinlashtirib qo‘yish bilan bo‘ladimi? Bu sharoitda talablarni imkonsiz qilish korrupsiyaga, imtihonlarning noxolis bo‘lishiga yo‘l ochmaydimi? Bu birinchidan.

 

Ikkinchidan. Axir futbolchining tez yugurishidan manfaatdor bo‘lgan shaxs avvalo, murabbiy emasmi? Buning ustiga ba’zi futbolchilar yaxshi yugura olmasligi mumkin, ammo yaxshi driblingga, uzoq masofaga to‘p oshirish, o‘yinni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi, jamoa uchun kerakliroq bo‘lishi mumkin. Bunday talablarda Ueyn Runi yoki Andrea Pirlo superligamiz talablariga javob bermas ekanda? Uzoqqa bormaylik, yaxshiyam Temur Kapadze vaqtida futbol bilan xayrlashdi, aks holda, uning jismoniy kamchiliklari ma’lum bo‘lib, sharmandalarcha futboldan chetlatilarmidi?

«Nomuayyan jazo»
Hozircha, Kapadzening sobiq ustozi Vadim Abramov nomuayyan muddatga chetlatilib turilibdi.

«O‘zbekiston futbol federasiyasi Intizom kodeksi 2-bo‘limining klublar boshliqlari va murabbiylariga nisbatan belgilangan talablarni so‘zsiz ijro etish va Ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston futbol federasiyasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni noto‘g‘ri talqin qilinishi holatlarini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosining 2017 yil 16 dekabrdagi 9-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda bayon etilishicha, O‘zbekiston futbol federasiyasi Intizom kodeksining 5.41-bandiga binoan, O‘FF va O‘zPFL hamda ularning rasmiylari sha’niga nisbatan noto‘g‘ri fikrlar bildirgani, O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida nosog‘lom fikrlar vujudga kelishiga sabab bo‘layotgani uchun, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Intizom kodeksi 2-bo‘limining «d» kichik bandiga muvofiq, «Neftchi» klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov nomuayyan muddatga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirildi», – deb yoziladi O‘FF rasmiy xabarida.

Bu yerda bir qancha savollar tug‘iladi. Abramov aynan qaysi fikrlari uchun jazolandi? «O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida nosog‘lom fikrlar vujudga kelishiga sabab bo‘layotganligi uchun» deb yozilgan, ammo Abramov shu kunlarda hech qanday yuqoridagi holatlarga sabab bo‘luvchi intervyu bermagan. Murabbiyning «Neftchi» bosh murabbiyi sifatida (to‘satdan oliy ligani tark etgan 4 jamoadan biri) yangi formatdan norozi bo‘lganiga bir oydan oshdi.

Murabbiyning o‘zi bu ayblovni kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘FF majlisi bilan bog‘layapti. Uning jurnalist Xayrulla Xoliqovga bergan intervyusiga qaraganda, Abramov O‘FFning aynan o‘sha normativ testlar haqidagi qarorlariga o‘z noroziligini bildirgan. E’tibor bering, «haqorat» yoki «tuhmat» emas, fikr bildirgan. Bu fikrning «noto‘g‘ri» tasnifiga tushirilayotgani nimani anglatadi? O‘FF fikridan boshqa hamma fikrlar noto‘g‘ri bo‘lib, egalari futboldan chetlashtirilishi kerakmi? Bilmadim.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fikr o‘qidim - «Jamoatchilikda O‘FF haqida nosog‘lom fikr uyg‘otgan Abramovning futboldan chetlatilishi O‘FF haqida nosog‘lom fikrlarni paydo qildi». Qo‘shilaman.

Bunday qarorlar reytingi yana davom etadi, bunga shubha yo‘q. Federasiyadagi o‘zgarishlardan ilhomlangan jurnalistlar va muxlislar o‘ziga xos fikr almashish jarayonini yuzaga keltirganliklari va hamma futbolni rivojlantirish haqida o‘z takliflarini bildira boshlaganliklari odamni juda xursand qilgandi. Shu jarayonga qo‘shilib, futbolimizdagi barcha illatlarni yo‘qotish bo‘yicha ajoyib bir taklif haqida o‘ylay boshladim, masalan. Futbol lug‘atimizdan o‘chirib tashlash kerak bunday illatlarni, vassalom...

Tushunmadingizmi? Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Shirin qovunlar mamlakati» asari qahramoni Akrom to‘qima bir shahardagi yovuzliklarga qarshi kurashmoqchi bo‘ladi va ularni tugatishning antiqa yo‘lini topadi. Shartta lug‘atni oladi-da, u yerdagi salbiy illatlarni aks ettiruvchi so‘zlarni o‘chirg‘ich bilan o‘chira boshlaydi. Lug‘atda yo‘q bo‘lsa, o‘z o‘zidan o‘sha illat ham yo‘q bo‘ladi-da, deb o‘ylaydi. O‘sha kitobni o‘qiganimda Akromning «echimi» menga kulgili tuyulgan va «kitobni rasvo qilibsan-ku, galvars» deb uni urishib beradigan professorning fikriga to‘liq qo‘shilgandim.

Mana shu maqolani yozib o‘tirib esa, Akromning o‘sha qilig‘i unchalik ahmoqona tuyulmadi, nimagadir...

Qahramon Aslanov

Manba: trbuna.uz
Kiritildi: 11:48, 19.12.2017. O'qildi: 5331 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Эрон Amirhussayn Hussaynzoda 3
2 Ўмон Issam al-Sabhiy 2
3 Ўзбекистон Igor Sergeev 2
4 Ўзбекистон Hojimat Erkinov 1
5 Ўмон Nosir ar-Rovahiy 1
6 Эрон Majid Hussayniy 1
7 Афғонистон Umid Musaviy 1
8 Тожикистон Shahrom Samiyev 1
9 Ҳиндистон Anvar Ali 1
10 Ҳиндистон Sandesh Jhingan 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.