Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Usmon Toshevning “Andijon”dagi taqdiri nima bo‘ladi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Yangi mavsumdagi elita bahslari yana “Andijon”siz o‘tadi. Bu jamoa birinchi ligaga tushib ketgan holda afsuski, bu safar oliy ligaga qaytish vazifasini bajara olmadi. Shuning uchun klub ilk bor birinchi ligada ketma-ket ikkinchi mavsumini o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Tabiiyki, shunga yarasha yana o‘zgarishlar bo‘lishi turgan gap. Bosh murabbiy Usmon Toshevning keyingi taqdiri esa hali ochiq turibdi. Yaqinda Andijonga murabbiylarning o‘quv-kursi uchun tashkil etilgan seminarni o‘tkazgani keldi va shu fursatdan foydalanib u bilan uchrashdik.

- Ha, men O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-kursi bo‘yicha Andijonda yosh murabbiylar bilan 7 kunlik kurslarni o‘tkazyapmiz, - deydi Usmon Qudratovich. - Yozma ravishda va qonun-qoidalar bo‘yicha imtihonlar bor. Jamoadagi taqdirimga kelsak, hali bilmayman. Bungacha bir kelib ketganimda klub rahbari bilan gaplashib, tezroq to‘planish va mashg‘ulotlarni boshlash kerakligi haqida aytgandim. Chunki biz mavsum davomida juda qiyin o‘ynadik. Shu bois endi bu safar yanada jiddiyroq tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Sharoitlar va talablar o‘zgaryapti, boz ustiga oliy ligadan 4 ta jamoa tushib ketdi, bu ham raqobatni oshirib yuboradi. Vaqt o‘tyapti, kech qolmaslik kerak. Tarkibni tuzish va yaxshi futbolchilar bilan shartnomalar imzolash muhim. Lekin hali hech kim bilan gaplashmadim. Klub bilan esa ikki yillik shartnomam bor. Menga hech kim ketasiz yoki qolasiz deb aytgani yo‘q.

Oliy ligaga chiqa olmaganining sababi haqida

“Andijon” oliy ligaga qaytish uchun asosiy da’vogar sanalgan bo‘lsa-da, yakunda bunday bo‘lib chiqmadi. Klub hattoki, 2-o‘rindan ham pastga tushdi. Nima sababdan vaziyat bunday tus olganini bosh murabbiy biladi.

- Agar birgalikda ishlasak bir narsa qila olamiz. Lekin mavsum oxiriga borib jamoa ikkiga bo‘linib qoldi. Bunday bo‘lmaslik kerak-da, u holda kimga futbol kerak? Hammasiga futbolchilar yoki murabbiylarni sababchi qilib ko‘rsatish noto‘g‘ri. Ammo tashkiliy ishlarda biz orqada qoldik. Mayli, bu mavsum o‘tdi, ammo endi yangi mavsum boshlanadi. Hali bunga ham hech kim tayyorlanmayapti. Agar shunday bo‘lsa, yana shunaqa ahvol bo‘ladi. Ko‘ryapsiz, format almashyapti, rahbariyat futbolni kuchaytirish uchun qarorlar chiqaryapti. Biroq joylarda baribir e’tibor kam-ku. Shuncha o‘zgarish va islohotlar bo‘lyapti, ammo biz hali ham to‘planib, bularni tahlil va muhokama qilmadik. Kim ishlasa ham kech bo‘ladi.

O‘FFga ishga o‘tishi to‘g‘risida

Yana bir gap: yaqindan beri Toshevning O‘zbekiston futbol federasiyasida texnik direktor lavozimida ish boshlashi mumkinligi haqida aytilmoqda. Bunga uning o‘zi qisqacha shunday dedi:

- Hozir bu masalada gapirishning mavridi emas. Hozir aytdim, mening shartnomam “Andijon” bilan bog‘liq. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.

Toshev nazariy jihatdan kuchli, ammo amaliyotdachi?

Ma’lumki, Usmon Qudratovich anchadan beri OFK instruktori sifatida ishlab kelmoqda. Ko‘pchilik uni nazariy jihatdan bilimi kuchli deb hisoblaydi, ammo amaliyotga kelganda bu borada ikkilanishlar paydo bo‘lyapti. Ushbu holat xususida uning o‘zidan so‘radik.

- Gap ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin bilasiz, men futbolda birinchi marta ishlamayapman. Masalan, “Buxoro”da ishlaganimizda ham yomon bo‘lmagan va ko‘plab futbolchilarni kashf qilgandik. To‘g‘ri, har kimni o‘z fikri bor. Men boshqalarni yomonlamayman va barchasini to‘g‘ri tushunaman. Agar ertaga natija ko‘rsatsam, yana boshqacha fikrlarni aytishadi. Agar men hammaning gapiga e’tibor qilsam, qanday bo‘ladi? Men xotirjamman va o‘z ishimni qanday bajarish kerakligini bilaman. Men haqimda yaxshimi yoki yomonmi bir nima gapirishyaptimi, demak ular meni ko‘rishyapti. Agar bir odam haqida gapirishmasa yomon.

Natija murabbiylik faoliyatiga ta’sir qilmaydimi?

Nima bo‘lganda ham “Andijon” bilan kutilgan natijaga erisha olmadi. Bu uning keyingi murabbiylik faoliyatiga ta’sir qilishi mumkinmi? Bu haqida shunday javob berdi.

- Yo‘q, chunki men qanday ishlaganimni bilaman. Butun jamoa bo‘lib ishladik. Ammo nima uchun o‘ylagan ishlarimiz amalga oshmadi? Bu haqida nima uchunligi haqida o‘ylamayapman, balki buni bilaman. Nega yutqazdik, nega o‘ylagan ishlarimizni amalga oshira olmadik?! Shu bois men xotirjamman. Futbolga to‘satdan kirib qolganim yo‘q. Hatto “Andijon”ga kelishdan oldin o‘z ishimni bajara olamanmi-yo‘qmi, deb ko‘p o‘ylandim. Chunki bu katta mas’uliyat. Ammo menda hech qanday xavotir yo‘q. Bilasizmi, hatto o‘zim o‘ylamagan joylardan takliflar bor. Odamlar mening ishimning natijasini emas, ishimning saviyasini va sifatini ko‘rishyapti. O‘ylaymanki, shuning uchun taklif qilishyapti. Boshqalar yaxshi yoki yomon gapirishadi, qaysi biriga ishonaman? Men faqat o‘zimga ishonaman. Agar kimnidir biror joyga qorovulchilikka chaqirsa ham avval buni uddalaymanmi-yo‘qmi, shuni o‘ylash kerak. Aytmoqchimanki, har qanday ishga mas’uliyat bilan yondashish kerak. Hech qachon o‘zimni katta murabbiy deb tutmayman va qayerda bo‘lsa ham ishlayveraman, hatto u ikkinchi liga bo‘lsa ham. Men ishim bo‘yicha Livanga ham, Afg‘onistonga ham borganman. Odamlar kulishgandi, Afg‘onistonga ham boradimi deb. Ammo kerak bo‘lsa o‘sha yerda ham kuchli murabbiy va futbolchilar bor.

Klubdan ketish haqida o‘ylayaptimi?

“Andijon” jamoasi dekabrning o‘rtasidan boshlab yig‘inga kirishdi. Ammo mashg‘ulotlar Toshevsiz olib borildi. Hamma qiziqtirgan savol: “Andijon”da qoladimi yoki ketadimi?

- Agar bularga kerak bo‘lmasam ketishim mumkin. Yangi yildan keyin jiddiy ishga kirishish kerak. Hammasini vaqt ko‘rsatadi, yana rahbariyat bilan gaplashamiz. Agar klubdan ketadigan bo‘lsam, ham baribir hammaga rahmat aytib keyin ketaman. Mabodo, qoladigan bo‘lsam yana ishlayveramiz.

Vazifa bajarilmadi, muxlislar xafa

Ammo andijonlik muxlislar sevimli jamoasining oliy ligaga chiqa olmaganidan qattiq iztirob chekdilar va ular buning uchun klubdan ranjishgani ham bor gap. Usmon Toshev esa ishqibozlar uchun shunday dedi:

- Albatta, har kim o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishni xohlaydi. Avval o‘ylash kerak, nima uchun vazifani bajara olmadik? Aybdor menmi, umi yoki boshqasimi? Biz nima uchun bo‘lmaganini bilamiz. Boshqalarni aybdor qilmayman, ammo nega bunday bo‘lmaganining sababini bilaman. Qayerda ishlasam ham mana shunday ishlayveraman, chunki tanlagan yo‘lim va yo‘nalishim to‘g‘ri. Hech kimga menga halaqit qilmasligi kerak va men ham birovlarga halaqit qilmayman. Men andijonlik muxlislarga katta rahmat aytaman. Ular futbolni qanchalik yaxshi ko‘rishlarini ham bilaman. Bizni har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdormiz va shu o‘rinda vazifa bajarilmagani uchun ham uzr so‘raymiz. Lekin ular sabrli va doim hayotga tik qaray oladilar. Yangi yilda ularga omad va muvaffaqiyat tilayman.

FIRDAVSXON

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:37, 05.01.2018. O'qildi: 3526 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 17
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Эльче Rafa Mir 6
8 Барселона Rafinya 6
9 Леванте Karl Etta-Eyong 6
10 Бетис Kucho Ernandes 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.