Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek futboli haqida achchiq haqiqat

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov nihoyat, uzoq kutilgan intervyuni berdi.

Federasiya rahbari bildirgan fikrlardan so‘ng muxlisu mutaxassislar orasida turlicha qarashlar bo‘lishi turgan gap - biri salbiy, boshqasi ijobiy.

Chunki bir kishining nuqtai nazari boshqasiga to‘g‘ri kelmasligi tabiiy hol. Shundan kelib chiqib, biz ham mazkur intervyuga munosabat bildirishga qaror qildik.

Quyidagi gaplar kimgadir yoqmasa, ma’zur tutadi, degan umiddaman. Axir haqiqat ko‘pincha achchiq bo‘ladi.

ABRAMOV HAQIDA

Jahonning aksariyat mamlakatlarida futbol federasiyasi o‘z salobatini saqlab turishga intiladi. O‘z tizimida faoliyat yuritadigan mutaxassislardan ichki intizomga amal qilishni talab etish ham shular sirasiga kiradi. Abramovning chetlatilishi borasida O‘FF tomonidan chiqarilgan xabarda murabbiy tashkilot sha’niga mos kelmaydigan gaplar tarqatishda ayblangandi.

Umid Ahmadjonovning intervyusida esa Vadim Karlenovichning o‘z vaqtida amalga oshirgan ko‘p ishlari va futbolchilarni sotishdagi qing‘irliklari tilga olingan. Murabbiydan lisenziya olib qo‘yilishiga shu ham sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: agar Abramov O‘FFning qaroriga qarshi fikr bildirmaganda, o‘tmishdagi ayblari oshkor bo‘larmidi?

Albatta, Ahmadjonovning jon kuydirib aytgan gaplariga qo‘shilmay iloj yo‘q. Vadim Abramov darhaqiqat, qing‘irlik qilgan bo‘lsa, javobini bersin. Ammo u kelasi mavsum Superligada 12ta jamoa qolishiga qarshilik bildirmaganda vaziyat qanday tus olardi?

O‘zbekiston chempionatida o‘tgan yillar davomida ko‘p shubhali ishlar ro‘y bergan. Masalan, necha yildirki, kelishilgan o‘yinlar haqida bong urib kelamiz. Ammo Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash qo‘mitasi ham hech kimni oshkor etmay, yo‘q bo‘lib ketdi.

O‘FF o‘tmishdagi ayblarni ochishga bel bog‘lasa, balki bu borada ham yangilik eshitarmiz? Masalan, uch yil oldin «Paxtakor» - «Metallurg» (3:2) o‘yinida nima bo‘lganini hamon tushunmaymiz. Balki «qartalar»ni ochish vaqti kelgandir?

FORMAT HAQIDA

Umid Ahmadjonovning intervyu davomida bildirgan bir fikriga hech ikkilanmay qo‘shilish mumkin - 12 jamoalik tizim darhaqiqat, o‘zbek futboli manfaatiga xizmat qiladi. Shaxsan o‘zim shunday bo‘lishiga juda ishonaman. Ancha yillar oldin mazkur tizimga o‘tish kerakligi haqida maqola ham tayyorlaganman.

O‘sha davrlar mana endi kelyapti. Shunday ekan, O‘FF boshlagan islohotlar naf keltirishiga shubha qilmayman. Ammo gap shundaki, federasiya bu yangiliklarni o‘z reglamentiga tayangan holda amalga oshirishi kerak edi.

Hattoki, bu reglament avvalgi rahbariyat davrida joriy etilgan bo‘lsa ham. Qonun (reglament esa futbolimizning asosiy qonunidir) - hammaga barobar bo‘lishi shart.

To‘g‘ri, buning uchun bir yilni yo‘qotish kerak edi va Ahmadjonov shunga rozi bo‘lmadi. Intervyu davomida ham nima uchun yana kutish kerakligi haqida yozg‘irgan. Ammo reglament talab qilgan bo‘lsa, kutish shart edi.

Nima uchun shart? Chunki shunda qonun (reglament) buzilmaydi. Eslab qoling, agar O‘FF o‘zi chiqargan qoidalarga amal qilmaydigan bo‘lsa, boshqalardan qanday qilib hurmat talab qilishi mumkin?

O‘ylashimcha, bir yil yo‘qotilgan taqdirda ham o‘zlikni saqlab qolish shart edi. O‘FFning yangi rahbariyatida nimanidir isbotlash uchun besh yil muddat bor. Bu vaqt ichida qoidaga amal qilib ham ko‘p narsalarga ulgurish mumkin.

TA’TIL

O‘FF prezidenti suhbat davomida bir narsaga alohida e’tibor qaratgan - oliy ligada mavsum oralig‘ida uch oylik tanaffus bo‘lgan va futbolchilarga 10-20 kunlab dam berilgan. Aynan shu narsa o‘yinchilarning jismoniy tayyorgarligiga zarar keltirgan.

Ochig‘i, bunday fikrga nima sabab bo‘lganiga tushunish qiyin. Chunki futbolchilarni ta’tilga chiqarish amaliyoti faqat bizda emas, butun dunyoda bor.

Masalan, hozir Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiya chempionatlari qishki ta’tilga chiqdi va o‘yinchilar dunyoning turli chekkalariga dam olish uchun ketishgan.

Ular bir kunlik hordiq uchun uch qadam ortga tashlashmaydi. Aksincha, «yaxshi dam - mehnatga hamdam» naqli futbolga ham xos. Masalan, Angliya futboli xuddi shunday tanaffus yo‘qligidan ko‘p jabr chekkan.

Premyer-ligada Yangi yil arafasida «boksing dey» o‘tkaziladi va klublar har ikki-uch kunda o‘yin o‘tkazishadi. Futbolchilarga dam berilmasligidan esa Xosep Gvardiola, Antonio Konte va Joze Mourinyo kabi taniqli murabbiylar ko‘p nolishgan.

Aynan shu tufayli APLda ishtirok etadigan klublar mavsumni juda horg‘in holatda yakunlashadi. Kim biladi, deysiz, Angliya termasining Yevropa va jahon chempionatlaridagi muvaffaqiyatsizliklariga ham balki shu sabab bo‘layotgandir?

Ammo Umid Ahmadjonovni bir masalada mutlaqo nohaq deb bo‘lmaydi. Masalan, aksariyat futbolchilarning ta’tildan kunora choyxonada yog‘liq palov yeb, ortiqcha vazn bilan qaytishini to‘g‘ri ta’kidlabdi. Ammo bunga ta’til emas, noprofessionallik sabab bo‘ladi.

Yevropada futbolchilar dam olish vaqti ham sport formasini ushlash uchun mashq qilib turishadi. Bizda esa choyxonaga borishadi. Biroq buning uchun ta’tilni yo‘qotish emas, shunchaki, ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak, xolos. Klubda sog‘lom raqobat kuchaytirilsa bo‘lgani, semirib, yugurolmay qolgan futbolchi o‘z-o‘zidan chetga chiqadi.

«DEMBELLIK»

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:46, 08.01.2018. O'qildi: 12423 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.