Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rifat Akramxo‘jayev: «NBU-Osiyo»ning yopilishi og‘riqli…»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Afsuski, futbolimizda yana bir jamoa tarixga muhrlandi: bir necha mavsum davomida birinchi ligada ancha muvaffaqiyatli ishtirok etgan va ba’zida elita yo‘llanmasiga ham da’vogarlik qilgan «NBU-Osiyo» faoliyati tugatildi. Xo‘sh, nega, bunga qanday muammo sabab bo‘ldi?

Shu kabi savollarga oydinlik kiritish maqsadida klub bosh murabbiyi sifatida ish olib borgan Rifat Akramxo‘jayevni maxsus suhbatga chorladik.

- Rifat aka, «NBU-Osiyo» nima sababdan birdaniga yopilgani haqida ochiq ma’lumot bera olasizmi?

- Ochig‘i, bu masalada o‘zim ham to‘liq ma’lumotga ega emasman. Rasmiy izohda aytilishicha, «NBU-Osiyo» oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilgani, ya’ni yakuniy maqsadga erishilgani tufayli jamoa faoliyatiga nuqta qo‘yilibdi.

- Qiziq, «Yakuniy maqsadga erishildi» - bunda nima nazarda tutilmoqda?

- Klub futbolni ommalashtirish, yetakchi jamoalar uchun professional o‘yinchilar tarbiyalab berish maqsadida tuzilgandi. Rasmiy xabarda ta’kidlanganidek, ushbu maqsadga ma’lum darajada erishilgani bois, bosh muassis - Milliy bank «NBU-Osiyo» faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.

- Tushunarli. Keling, endi oshkora gaplashsak: shaxsan siz jamoa bosh murabbiyi sifatida bu qarorga qanday qaraysiz?

- Nima deyishim mumkin? Klub muassisi shunday to‘xtamga kelgach, ojizona fikrim katta ahamiyat kasb etmasa kerak. «NBU-Osiyo» futbolimiz tarixida yopilgan birinchi yoki yagona klub emas. Deylik, MHSK mamlakat chempioniga aylangach, bunday qismatga yuz tutgandi. Vaqtida o‘zim ham shu jamoada to‘p surganman.

«NBU-Osiyo»ga kelsak, albatta, shaxsan men klub faoliyati davom etishini istardim. Ayniqsa, har bir murabbiy yangilangan tizimdagi chempionatda o‘z kuchini sinab ko‘rishni xohlaydi. Har holda, «NBU-Osiyo» uchun intiladigan cho‘qqilar yo‘q emasdi.

- Klub boshqaruvida 3 yil ishladingiz. Shu qisqa davrdagi faoliyatingizdan qoniqdingizmi?

- Ha, albatta. Zero, ortda qolgan 3 yillik tajriba o‘zim uchun juda foydali bo‘ldi. Shu vaqtga qadar bosh murabbiy sifatida ishlab ko‘rmagandim. Demakki, «NBU-Osiyo» katta maktab vazifasini o‘tadi. Ha, klubga kelishga qadar «Paxtakor» akademiyasida 8 yil davomida bosh murabbiy lavozimida ishlagandim.

Ammo professional klubni boshqarish boshqacha, baribir. Muhimi, yoshlar terma jamoasi darajasidagi bir qator futbolchilarni tarbiyaladik. Ayni payt ayrim tarbiyalanuvchilarimiz oliy liga klublari sharafini himoya qilishyapti. Mana, bu yil ikki vakilimiz - Alisher Salimov va Shohruh Abdurahmonov «Paxtakor» o‘rinbosarlari safiga qo‘shilishdi.

Bunga qadar Sobit Sindarov va Jahongir Ahmadov ham aynan «Paxtakor»ga o‘tishgandi. Shuningdek, Ravshan Do‘smatov «Navbahor»da to‘p suryapti, yana bir futbolchimiz Temur Usmonov esa «Sementchi»ga taklif etildi.

Jamoamiz to‘purari Orifxo‘ja  Abduholiqov yaqinda «Metallurg» safidan joy oldi. «Andijon»dagi Sunnat Abdullajonov va Mirshohid Olimov ham «NBU-Osiyo»dan chiqishgan. Bu yigitlarning futbolchi sifatida shakllanishlarida ozmi-ko‘p hissam borligidan faxrlanaman.

- «NBU-Osiyo» o‘tgan mavsum birinchi ligada uzoq vaqt 2-o‘rinda yurdi va hattoki, oliy liga yo‘llanmasi uchun kurash olib borishinglar haqida gap-so‘zlar urchidi. Biroq yakunda kuchli uchlikdan joy ololmadinglar...

- Buning sabablari ko‘p. Birinchidan, zaxira o‘rindig‘i torlik qildi. Xususan, ikki nafar futbolchimiz O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ixtiyoriga ketgach, ancha qiynaldik. Ikkinchidan, orada jarohatlar epidemiyasi kuzatildi. Boz ustiga, sariq va qizil kartochkalar ko‘paygani ham xalaqit berdi.

Qolaversa, «NBU-Osiyo»ning moliyaviy holatini unutmaslik kerak. To‘g‘ri, ayrim klublardan farqli ravishda, maosh va boshqa xarajatlar uchun vaqtida mablag‘ oldik. Bu borada hech qanday muammo sezilmadi. Ammo «NBU-Osiyo» byudjet nuqtai nazaridan elitaga chiqish uchun kurashadigan darajada emasdi.

- Birinchi ligada jiddiy muammolar borligi haqida ko‘p gapirilgan - maydonlar holati, hakamlik darajasi, moliyaviy yetishmovchilik. Bu masalada nima deya olasiz?

- Moliya bo‘yicha gapirib bo‘ldim, klubimiz bu masalada ortiqcha muammolardan xoli edi. Ya’ni homiylar vaqtida belgilangan mablag‘ bilan ta’minlab turishdi. Boshqa klublarning moddiy holati xususida esa gapirishim nojoiz. Ammo birinchi ligada shusiz ham muammolar ko‘p edi.

Oddiy misol, ba’zi stadionlar maydonidagi darvozalar ham standartga javob bermaydi: kichik yoki kattaroq. Hammasini qo‘ya turaylik, bitta maydondagi ikki darvozaning biri baland, boshqasi past bo‘lgach, yana nima deyish mumkin? Maysa sifati haqida esa bot-bot gapirilgan. Bunday sharoitda futbolni rivojlantirish juda qiyin, albatta.

Menimcha, avvalo, infratuzilmaga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. To‘g‘ri, har qanday muammo to‘xtab qolish uchun sabab bo‘lmasligi kerak. Murabbiy o‘z ishiga jiddiy yondashib, mas’uliyat bilan ishlasa, iqtidorlar bo‘y ko‘rsataverishadi, baribir.

- «NBU-Osiyo» yopilgach, biror klubdan taklif oldingizmi? Hozir qanday yumush bilan bandsiz?

- Qandaydir gap-so‘zlar bo‘ldi, ammo ish aniq taklifga qadar yetib bormadi. Ayni payt bolalar futbolida faoliyat olib boryapman. Aniqrog‘i, JFL in Taschkent maktabida sport direktori lavozimida ishlayapman.

Bolalar futboli men uchun begona emas. Vaqtida «Paxtakor» akademiyasida faoliyat yuritganman. JFL in Taschkent esa bolalar futbolini yangi darajaga olib chiqishni maqsad qilgan. Avvalo, futbolga nisbatan qarashni Yevropa darajasiga ko‘tarmoqchimiz.

Shu maqsadda Germaniyadan malakali mutaxassis Xerald Frits taklif etildi va u bir oy davomida seminar olib bordi. O‘zim esa hamkorlik doirasida Germaniyaga borib, JFL in Schlothaim maktabida amaliyot o‘tab qaytdim. Endi yangi metodlarni o‘zimizda amalga tatbiq etishim kerak.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:05, 29.01.2018. O'qildi: 3250 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик