Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Krishtianu Ronaldu: «JCHda favorit emasmiz»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Madridning «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu Braziliyaning youtube.com saytidagi Desimpedidos kanaliga intervyu berdi.

Quyida qiziqarli tarzda kechgan suhbat bilan tanishishingiz mumkin.

— Muxlislar xaqida gapirib bersangiz.

— Ronalduni yoqtiradiganlar bis­yor va albatta, kimlargadir yoqmayman. Meni sevadigan, qo‘llaydiganlarni hamisha hurmat qilaman.

Marselo va Kazemiro Braziliyada meni qo‘llaydiganlar ko‘pligini ta’kidlashadi. Bunga sabab tilimiz bir xilligi emas (braziliyaliklar ham portugalchada gaplashishadi). Bu meni baxtli qiladi.

— «Oltin to‘p»ni besh marta qo‘lga kiritishingizni bilganmisiz?

— Yo‘q... O‘zgacha bolakay ekanligimni bilardim. Chunki sinfdoshlarim orasida ajrab turardim. Kelajakda nima bo‘lishini oldindan aytish qiyin. Avval «Sporting»da to‘p surdim, keyin «Manchester Yunayed»ga o‘tdim.

Aynan o‘shanda jahonning eng kuchli futbolchilari qatorida o‘ynay boshladim. Shu bilan birga ular orasida ajrab turganman. Manchesterdagi faoliyatimdan keyin «Oltin to‘p»ni yutishim mumkinligiga ishondim. Umuman olganda, bu sov­rin haqida 16, 17 yoki 18 yoshligimdan o‘ylay boshlaganman.

— Sizda «Jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishim kerak» degan xayol bo‘lgandir?

— Yo‘q. Agar o‘zingizga bosim qilsangiz, bu yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hammasi o‘z yo‘lida ketishi kerak. Mening hayotim ham shunday kechdi.

Agar bir narsaga o‘ta berilib ketsangiz, maqsadga erishish qiyin bo‘ladi. Bunaqasi nafaqat professional faoliyat, balki shaxsiy hayotda ham yuz beradi.

— Bolaligingizda qaysi futbolchilar sizni ruhlantirgan?

— Har doim professional futbolchi bo‘lishga intilganman va Portugaliya termasida o‘ynashni orzu qilganman.

Rui Koshta, Fernando Koutu va Luish Figu o‘yinlarini kuzatib, ular bilan birga to‘p surishni orzu qilganman. Ushbu yulduzlarga qarab:

«Men ularning orasida o‘ynashim kerak», derdim. Oxir-oqibat terma jamoa a’zosiga aylandim.

— Deku haqida gapirasiz, deb o‘ylagandim.

— Ha, Deku bilan termaga teng kelganmiz. U xuddi men kabi milliy jamoada 2003 yildan o‘ynay boshlagan.

— O‘shanda sizning ishqibozingizga aylanganman.

— Jiddiymi?

Ha! Vinger pozisiyasida o‘ynardingiz. Futboldan tashqari yana nimalarni yoqtirasiz?

— Uyda futbol ko‘rmayman. Ayrim derbilar, katta o‘yinlarni tomosha qilishim mumkin. Menga kino, seri­al­lar, hujjatli filmlar, musiqiy konsertlar ko‘proq ma’qul.

Shuningdek, sayohat qilishni ham yoqtiraman. Dam olish kunlari Fransiya, Angliya, Portugaliyaga boraman.

— Keling, milliy terma haqida gaplashamiz. Siz jamoa yetakchisi va to‘purarisiz. Portugaliya JCH-2018da qanchalik uzoqqa borishi mumkin?

— Jahon chempionatida jamoamiz favorit emas. Musobaqada bizdan ko‘ra kuchli raqiblar bor: Braziliya, Ispaniya, Germaniya, Argentina. Biroq futbolda hamma narsa ro‘y berishi mumkin.

Oldimizda Ispaniyaga qarshi qiyin bo‘lgan birinchi o‘yin bor. Ispanlar chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biridir. Avvalambor, biz guruhdan chiqishimiz lozim, u yog‘ini keyin ko‘ramiz.

Asosiy maqsadimiz - «pley-off» bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish.

— Orzuingiz bormi?

— Futbolda hamma narsaga erishib bo‘ldim, deb o‘ylamayman. Boshqa tomondan, orzuim ushaldi, deyishim mumkin. Agar mendan «Yana qandaydir sov­rin yutishni istaysanmi?», deb so‘rasangiz, jahon chempionatida g‘olib chiqishni aytaman.

Mabodo faoliyatimni hozir yakunlaydigan bo‘lsam, faxr bilan, baxtiyor holda tugatardim. Faoliyatim bunchalik muvaffaqqiyatli kechishini o‘ylamagandim.

— Deyarli 700ta gol urgansiz. Shundan eng yaxshi uchtasini ayta olasizmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:56, 07.03.2018. O'qildi: 11314 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик