Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Orzumandlar turniri yoxud Fransiya o‘ziga xos musobaqasi haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mamlakat kuboklari / Fransiya kubogi
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tgan yili ko‘pchilikka notanish «Etual» klubi Fransiya kubogi 1|8 finaliga chiqib, katta shov-shuv ko‘targan edi. Tabiiyki, fransuzlar keyinchalik ushbu havaskorlar jamoasini mavsumning bosh kashfiyoti sifatida tan olishdi.

Diqqatga sazovor tomoni, turnirning joriy mavsumi ham afsona misoli «uchish»lardan xoli bo‘lmayapti. Mana, Fransiya uchinchi divizionida o‘ynovchi birdaniga 2ta klub turnir yarim finaliga yo‘l oldi.

Taqdir taqozosiga ko‘ra, final yo‘lida shu ikkisi o‘zaro kuch sinashadi. Demakki, 17 aprel kuniga belgilangan o‘yinda g‘alaba qozongan tomon Yevropa Ligasiga «sakrash» imkoniyatiga ega bo‘ladi.

To‘kilgan yaproqlar

- Yigitlar, jim, jim... Kelinglar, yaxshisi, sevimli qo‘shig‘imizni kuylaymiz, — deya jamoadoshlarini kiyinish xonasida bezatilgan bayram stoli atrofiga chorladi himoyachi Diaranke Fofana.

Shu tariqa tobora kuchayib borayotgan shovqin pasayib, yoqimli xonish yangradi: «Sha-la-la-la-la, o-o-o «Le ErbYE!» G‘alabadan sarmast futbolchilar shundan so‘ng bir-birlariga suv sepishdi. Yo‘q, sepishmadi, balki ustilaridan suv to‘kishdi.

Yanada quvnoqroq yigitlar esa butsalarini yechmasdan stol ustiga sakrashdi. Nufuzi bo‘yicha Fransiyada uchinchi o‘rinda turuvchi divizion ishtirokchisi «Le Erbye» Liga 1 vakili «Lans»ni penaltilar seriyasi orqali yengganidan keyin uning kiyinish xonasida xuddi shunday holat hukm surgandi.

Zero, kamtarin «Le Erbye» ayni shu g‘alaba natijasida «PSJ» va «Lion» qatori mamlakat kubogi yarim finaliga yo‘l olgandi xuddi ertakdagidek... Alohida ma’lumot: «Gerbariya» (uzoq 1919 yili tuzilgan klub nomini taxminan shunday talqin qilish mumkin) tarixida aytarli yorqin sahifa yo‘q edi.

Deylik, Vandey jamoasi deyarli 100 yil badaliga biror marta oliy divizionga chiqqan emas. Yangi asrning ilk yillari esa moliyaviy muammolar sabab, nomini bir necha marta o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan va qandaydir mo‘’jiza tufayli yakuniy inqiroz holatidan chiqib ketgandi.

O‘shanda jamoaga hammadan ham sobiq futbolchi Frank Rizetto ko‘proq qayg‘urgan. Vaqtida «Monpelye» safida o‘zini ko‘rsatgan va shu orqali Fransiya milliy jamoasidan taklif olgan Rizetto murabbiylik faoliyatini boshlashidan avval ma’lum vaqt «PSJ» tizimida ishlab, tajriba to‘plagandi.

Xullas, u chamasi 3 yil davomida «Gerbariya»ning Konferensiya ligasiga tushib ketmasligi uchun kurashdi. Biroq 2015 yilga kelib, jamoa baribir, havaskorlar qatoriga «quladi».

Oxirgi 2 yilda «qizil-qoralar»-ni Frederik Rekulo boshqardi va og‘ir holatga qaramay, jamoaning kubok turniri 1|16 finaliga olib chiqishdan tashqari, Milliy ligada saqlab qoldi. Bundan ruhlangan klub rahbariyati o‘tgan yoz bir necha obro‘li homiylar bilan kelishuvga erishdi.

Jumladan, Volkswagen kompaniyasining La-Rosh-syur-Yondagi filiali moddiy ko‘mak berishga ko‘ndi. Shu tariqa «Le Erbye» futbolkasida hamma «Volfsburg» formasida ko‘rishga odatlangan logotip paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, «qizil-qoralar» joriy mavsum chempionatda har bir ochkoni katta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritishmoqda.

Misol uchun, jamoa ayni payt atigi 11-o‘rinda bormoqda. Kubok bahslari esa Frederik va uning shogirdlari uchun ertaknamo tus olmoqda. Bunda murabbiyning futbolchilarni kubok o‘yinlari Liga 1 vakillariga qarshi to‘p surish uchun zo‘r imkoniyat ekanligiga ishontira olganiyu, ularni alohida shaylantirgani katta ahamiyat kasb etadi, albatta.

Mana, «Le Erbye» avvaliga «Angulem» (2:1) va «Sen-Le» (2:1) kabi kamtarin raqiblarni yengib, 1|8 finalga chiqdi. Jamoa bu raund­da Liga 2da ham ishlari yurishmagan «Oser»ga to‘qnash keldi.

Diqqatni tortadigan tomoni, «qizil-qoralar» vaqtida hattoki, UYEFA kubogida ham shov-shuv ko‘targan jamoaga zarracha imkoniyat qoldirishmadi - 3:0. Biroq bu orada Frederik Rekulo iste’foga chiqqan va uning o‘rnini assistent murabbiylar egallashgandi.

«Le Erbye» rahbariyati klubning mo‘’jaz arenasi (atigi 5 ming muxlisga mo‘ljallangan) kubok doirasidagi hal qiluvchi o‘yinlarga torlik qilishini inobatga olib, «Nant» stadioni - «Bojuar» (sig‘imi - 37 ming)dan foydalanish masalasida kelishuvga erishdi.

Xullas, «Lans»ga qarshi bahs 20 mingdan ko‘p muxlis ko‘z o‘ngida o‘tdi. Muhimi, uchinchi divizionda to‘p surayotgan futbolchilar o‘yinga xuddiki, oxirgi jangdek yondashishdi. Ha, Fransiya miqyosida olganda ham, tomoshabop futbol ko‘rsatilgani yo‘q: «Gerbariya» himoyalanishdan bo‘shamadi.

Ya’ni hujumda hech qanday vaziyat yaratmadi. Fakt shuki, jamoa o‘z maqsadiga erishdi - ishni penaltilar seriyasigacha cho‘zib, yarim final eshigini ochgancha yangi tarixini bitdi.

Oilaviy pansionat

Fransiya kubogi-2017|2018 yarim finalida «Le Erbye»ga mamlakat uchinchi divizionining yana bir vakili «Shambli» raqib bo‘ladi. Bunisining ramzi xuddi «Inter» (Milan)nikiday. Eng qizig‘i, «Shambli» joriy chempionatda «Le Erbye»dan ham ortda qolmoqda. «Ko‘k-qoralar» jamoasi - nisbatan yangi loyiha. Bu klub 1989 yili asli italiyalik Luzilar oilasi tomonidan tuzilgan (Milan klubiga bog‘liqligi boisi shu).

O‘shanda Valter Luzi jamoa sohibi, uning ukasi Fulvio bosh murabbiy, o‘g‘li Bruno esa futbolchi maqomini olgandi. «Shambli» deyarli 30 yil davomida havaskorlar chempionining 8-ligasidan Milliy divizionga ko‘tarildi. Oxirgi 4 mavsumdan buyon esa Fransiya uchinchi divizionida majolsiz qatnashmoqda.

Klub akasi o‘rnini egallagan Fulvio Luzi mablag‘i hisobiga kun ko‘rmoqda. Uning asosiy xizmatlaridan biri Ford avtokonserni filiali bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganidir. «Shambli»ning joriy mavsum uchun byudjeti 1,7 mln. yevroni tashkil etdi. Taqqoslash uchun aytsak, bu birgina Neymar transferi uchun to‘langan summaning atigi 3,74 foiziga teng.

Klubning ilk davrlarida maydonda futbolchi sifatida to‘p surgan Bruno Luzi 2001 yili butsalarini mixga ildi va ayni payt bosh murabbiy rolida. Joriy kubok turniridagi parvoz uning uchun eng yuqori natija hisoblanadi.

Endi «Shambli»ning yarim final yo‘lidagi yurishiga to‘xtalsak, jamoa avvaliga ortiqcha shovqin-suronsiz «Lion» farm-klubini chetga surdi (2:0), keyin «Shatoru»ni penaltilar seriyasi orqali yengdi (0:0, 5:4). Shundan so‘ng «Granvil»dan yagona gol evaziga ustun keldi.

«Stad Pyer-Brisson»da «Strasbur»ga qarshi kechgan chorak final o‘yini esa elektr ta’minotidagi muammolar tufayli belgilanganidan 1 soat kech boshlandi. Shu lahzalarda mezbon jamoa fanatlari pirotexnika vositalarini yoqib, stadionga nur olib ki-rishdi. Liga 1 debyutanti tabiiyki, «Shambli»ni «yakson» qilish ilinjida maydonga tushgandi.

Darhaqiqat, jamoa Fransiya shimolidagi havaskorlarni 80 daqiqa davomida bosh ko‘tarishga qo‘ygani yo‘q. 83-daqiqada esa malilik yarim himoyachi Gaxaro Dukure «Shambli»ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Jamoa sardori shu zahoti jamoadoshlari ostida qoldi, xayriyatki, unga shikast yetmadi...

Fransiya kubogi-2017|2018ning ikki bosh «sensasiya»chisi o‘rtasidagi yarim final o‘yini 17 aprel kuniga belgilangan. Katta ehtimolki, bo‘lajak uchrashuv milliy kubok yo‘lidagi kurash emas, Yevropa Ligasi yo‘llanmasi uchun chinakam jangga aylanadi.

Zero, yarim finalning ikkinchi juftligida chempionat orqali Chempionlar Ligasiga yo‘l olishni ko‘zlayotgan «PSJ» va «Lion» klublari bor. Demakki, «Le Erbye» yoki «Shambli» finalda mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham YELda debyut qilishi mumkin.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:14, 25.03.2018. O'qildi: 2758 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик