Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevromavsumning 33 yoshdan oshgan goleadorlari (fotogalereya)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu ro‘yxatda hammaga tanish «qariya» Krishtianu Ronaldu birinchi emas, balki ikkinchi.

Ha, Yevropa futbol mavsumining 33 yoshdan katta to‘purarlari reytingini portugaliyalik yulduz emas, Portugaliyada sokingina o‘ynayotgan braziliyalik Jonas boshqarib turibdi.

Xo‘sh, yana qaysi futbolchilar «qo‘hna qit’a» milliy chempionatlarida gol urish bobida yosh faktoriga parvo qilishmayapti?

10-11. Emmanuel ADEBAYOR - 12ta gol. Ha, «Arsenal», «Manchester Siti» va «Tottenxem»ning sobiq futbolchisi hamon nimalargadir qodir.

34 yoshli togolik joriy mavsum Turkiya elit ligasida «Istanbul Bashakshehir» klubi uchun 12ta gol urdi (23ta o‘yinda). Qolaversa, faxriy hujumchi nisbatan kamtar jamoa bilan chempionlik unvonini ko‘zlamoqda.

«Faoliyatim rivojidan uncha xursand emasman. Ehtimol, hali ham «Oltin to‘p»ni orzu qilishim va bu real voqeaga aylanishi mumkindir...», - deydi Adebayor hazil ohangida.

10-11. Danko LAZOVICH - 12ta gol. «Zenit» va PSVning sobiq hujumchisi ko‘pchilik nazaridan chetga chiqqan bo‘lsada, Vengriyada hali ham hurmati baland.

34 yoshli serb ayni payt «Videoton»ni oltin marra tomon boshlamoqda. Eng asosiysi, u mahalliy birinchilikning to‘purarlar poygasida peshqadam bo‘lib turibdi. Aniqroq aytsak, Danko 12ta golini Vengriya milliy ligasi doirasidagi 18ta o‘yinda nishonladi.

Yana bir diqqatga sazovor statistika shuki, Lazovich assistentlik rolini ham qoyillatyapti - 6ta samarali uzatma. To‘g‘ri, u shuning barobarida joriy mavsum 8 marta sariq va 1 marta qizil kartochka oldi - bunisi hamon kurashga chanqoqligidan dalolat.

8-9. Umut BULUT - 13ta gol. Ism-sharifida naq 4ta «u» harfi mujassam hujumchi Adebayordan ko‘proq gol urgan holda, turk ligasida kim «xo‘jayin» ekanligini isbotlashga urinmoqda, go‘yo.

«Qaysarispor»ning 35 yoshli vakili buning uchun 25ta o‘yinda ishtirok etdi. Bulutning faoliyati togolik ampluadoshiniki singari yorqin chiqmagan bo‘lsada, u Turkiya milliy terma jamoasida o‘ynagan va hattoki, xorijda ham ma’lum darajada obro‘ orttirgan. Aniqroq aytsak, Umut mavsum-2011|2012da «Tuluza» sharafini munosib himoya qilgandi.

8-9. Mersudin AXMETOVICH - 13ta gol. «Rostov» muxlislariga salom! Jamoaning sobiq hujumchisi kamtaringina chepionat - Bosniya oliy divizionida gol urishni hali unutmaganini tez-tez namoyish qilmoqda.

Rus diyorida «Volga» (Nijegorod) va «Salyut» (Belgorod) klublarida ham ko‘rinish bergan Axmetovich hozir 33 yoshda. E’tiborli fakt - faxriy futbolchi «Sarayevo»ning oxirgi 3ta o‘yinida jarohat tufayli maydonga tusholmadi, shunga qaramay, Bosniya ligasi bosh to‘purari maqomini yo‘qotgani yo‘q.

Yana bir tomoni, jamoadoshlari bu o‘yinlarda birorta gol urolmadilar.

6-7. Fabrisio SIMOYES - 15ta gol. Kipr chempionati qiziqish uyg‘otuvchi ijrochilarga to‘la.

Misol uchun, ligadagi top-snayperlar orasida Angliya yoshlar termasi, «Blekbern» va «Birmingem» klublarida o‘ynagan Mett Derbishir, shuningdek, «Krilya Sovetov»ning finlyandiyalik sobiq hujumchisi Berat Sadikni ko‘rish mumkin. 33 yoshli Fabrisio Simoyes shunday futbolchilarga raqobat taqdim etmoqda.

Aytish joiz, notanish braziliyalik faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o‘tkazmoqda. Aytgancha, u 15ta goldan iborat «xirmon»ni kamtarin «Alki» safidagi 22ta o‘yinda to‘pladi.

6-7. Kris BOYD - 15ta gol. Shotlandiyalik futbolchi bundan 10 yil oldin «Glazgo Reynjers» safida o‘ynar va UYEFA kubogi finalida «Zenit»ga qarshi to‘p surgandi.

Endi ancha «qarigan» faxriy jonajon klubi - «Kilmarnok»ni o‘z ortidan ergashtirmoqda. Umumiy statistikasiga qarasak, u bu vazifani yomon uddalamayapti. Ishlari hattoki, juda zo‘r: 34 yoshli Boyd - Shotlandiya Premyer-ligasi bosh to‘purari.

26ta o‘yinda 15ta gol - butsalarini mixga ilishni o‘ylayotgan hujumchi uchun zo‘r natija. Darvoqe, «Kilmarnok» sardori yaqinda liga yetakchisi «Seltik»ning mag‘lub etilishiga katta hissa qo‘shdi va o‘sha o‘yini Shotlandiyada qahramonlikka tenglashtirildi.

5. Marko PAYSHAO - 16ta gol. Portugaliyalik bu futbolchining familiyasi ehtiros, his-tuyg‘u, harakat ma’nolarini beradi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:36, 03.04.2018. O'qildi: 7246 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик