Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 36 57
6 Selta 37 53
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 44
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Uzoqni ko‘zlagan futbol fidoyisi haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Hobbilar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban klub tashkil qil­di, qishloqda stadion qurdi. Bu voqealar ro‘y berishidan avval esa futbol to‘pi zarbi tufayli tug‘ilishni uddaladi.

Felchut - Budapesht yaqinidagi mo‘’jazgina qishloq bo‘lib, unda 2 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Birgina markaziy ko‘cha va bir nechta savdo do‘koniga ega hududda shuningdek, «Pancho Arena» ham bor: 2014 yili ochilgan va 3,8 ming muxlisga mo‘ljallangan chinakam me’moriy mo‘’jiza.

Bunday deyishimizga sabab, stadion ko‘proq cherkovga o‘xshab ketadi: yog‘och ustunlar va o‘ziga xos uslubda barpo etilgan minoralar inshootga o‘ziga xoslik baxsh etayotganday. Faqatgina avtomobillar to‘xtash joyi unga zamonaviylik bag‘ishlaydi: bu yerda Vengriyaning eng boy kishilari mashinalarini ham uchratish mumkin.

«Pancho Arena» - Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning loyihasi asosida bunyod qilingan va qurilishga 17 mln. AQSH dollari sarf etilgan. 54 yoshli siyosatchi 2010 yildan beri mamlakat boshqaruvida va futbolning chinakam muxlisi. Orban bu «xastalik» bilan tug‘ilguniga qadar kasallangan, desak ham xato bo‘lmasa kerak.

Uning otasi futbolning chinakam ishqibozi bo‘lib, butun oilasi bilan sevgan jamoasi mashg‘ulotlarini tomosha qilishga borardi. Bir safar to‘p og‘iroyoq ayolning qorniga borib tegishi bois to‘lg‘oq ham boshlanib ketgan. Shu zahoti tug‘ruqxonaga olib ketilgan ayol o‘g‘il farzand ko‘rdi - Viktor Orbanning dunyoga kelishi shunday kechdi.

Orban bolaligining ma’lum bir qismi Felchutda o‘tdi - shu davr mobaynida u yarim professional darajada to‘p ortidan quvdi. Hozir ham u dam olish kunlarining aksariyatini shu yerda o‘tkazadi, uchrashuvlarni bevosita stadionda tomosha qiladi: siyosatchining dala-hovlisi muhtasham arenadan bir necha o‘n metr narida joylashgan.

«Stadionga boqing va siz futbol chinakam san’at ekanligiga iqror bo‘lasiz», - deya ishontirishga urinadi Orban. Faqatgina uning rafiqasi bu fikrga qo‘shilmaydi: stadion oshxonaning ko‘rinishini buzayotgan emish.

Orban 1998 yili ilk bor Vengriya bosh vaziri etib tayinlandi, lekin sevimli mashg‘ulotiga xiyonat qilmadi. Siyosatchi hamon to‘rtinchi ligada ishtirok etayotgan qishloq jamoasi tarkibida to‘p suryapti va har hafta o‘tkaziladigan o‘yinlarda qatnashmoqda.

«Dastlab mo‘’jazgina qishloqlarda qanday shov-shuv ko‘tarilganini tasavvur qila olasizmi? Gol urmagunimcha hech kim mening aslida kim ekanligimga ishonmayotgandi», - deydi Orban hayratini yashirmay.

Davlat ishlari sabab klub mash­g‘ulotlarini o‘tkazib yubormaslik uchun u hatto hukumatning haftalik yig‘ilishlarini seshanbadan jumaga ko‘chirdi. Orban ish va qiziqishi o‘rtasidagi farqni ham topadi: «Futbolda ikki bo‘limni ko‘ngildagidek o‘tkazishdan ko‘ra hukumatni boshqarish osonroq».

Hatto uning bosh vazir etib saylanishi ham futbol bilan bog‘liq. Saylov natijalari e’lon qilinadigan kun «Videoton»ning asosiy va o‘rinbosarlar tarkibi o‘rtasidagi uchrashuv vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi - Orban ushbu klubga muxlislik qiladi. Siyosatchi bu o‘yinni juda ham ko‘rgisi kelgani bois, kerakli taqdimotni o‘yinlar o‘rtasidagi tanaffusda o‘tkazishga to‘g‘ri keldi.

1999 yili Vengriya NATOga a’zo bo‘lgach, AQSH prezidenti Bill Klinton Orbanga qo‘ng‘iroq qildi. «O‘shanda mashg‘ulot o‘tkazayotgandim, Bill Klinton qo‘ng‘iroq qilayotganini aytishdi.

Men esa: «Bunaqa hazil qilmanglar. Hozir mashg‘ulotdaman, 5 daqiqadan keyin qayta qo‘ng‘iroq qiling», dedim. Ma’lum bo‘lishicha, Klinton Yugos­laviyadagi notinch vaziyatni muhokama qilmoqchi bo‘lgan ekan».

2010 yilgi saylov arafasida siyo­siy yetakchilar Orbanni Yevropa Chempionlar Ligasi finalini tomosha qilishga qo‘ymadilar - ularning fikricha, futbol Vengriya uchun butunlay keraksiz narsa edi.

Uning o‘zi bu voqeani quyidagicha xotirlaydi: «Menga shunday deyishgandi: «Vengriyada futbolning rivojlanishi - ommabop narsa emas. Buning iloji yo‘q. Siz buning uddasidan chiqolmaysiz ham, boisi Vengriya futboli - bir chaqaga qimmat».

Orban esa bunday deb hisoblamaydi: «Futbol - intellektual va badiiy faoliyat. U iqtisoddan ko‘ra san’atga yaqinroq. Biz vengr futbolining qayta tug‘ilishi uchun katta qadam tashladik. Ammo hech kim ushbu fikrga qo‘shilmayapti. Hammaning fikricha, bu bo‘lmag‘ur gap emish. Ammo vaziyat o‘zgargani rost. Demak, biz rivojlanyapmizmi?»

2007 yilning 1 aprelida Ferens Pushkashning 80 yillik yubileyi bahonasida va Orbanning sa’y-harakatlari bilan Felchutning o‘z jamoasi paydo bo‘ldi - «Pushkash akademiyasi». U «Videoton» klubining o‘rinbosari hisoblanadi.

Umuman olganda, bu klubni afsonaviy vengr bilan hech narsa bog‘lamaydi: nomlanish - hurmatdan nishona, xolos. Klubning boshlang‘ich kapitali bor-yo‘g‘i 500 yevroni tashkil etardi, ammo shu mablag‘ ham elitaga yo‘l olishga kifoya qildi.

Hozirda «Pushkash akademiyasi»ning Vengriya oliy divizionidagi ishlari unchalik ham muvaffaqiyatli kechmayapti (12 jamoa orasida 8-o‘rin), ammo «Pancho Arena»dagi faol hayotni qo‘llab-quvvatlab turibdi, milliy jamoaga o‘yinchilar yetkazib berishni boshlab yubordi ham.

2008 yili klub homiyligida Pushkash nomidagi ilk xalqaro musobaqa tashkil etildi va unda 17 yoshgacha bo‘lgan yosh iqtidor egalari ishtirok etdilar. Orbanning maqsadi esa yanada uzoqroqqa borish:

«Ertami yoki kech biz albatta, Pushkash institutini tashkil qilamiz. O‘z akademiyamiz, maktablarimiz, jamoamiz ham bor - kichkina bo‘lsada, umumbashariy. Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida muzey, ta’lim markazi va nashriyot uyini ham qurmoqchimiz».

Orban vengr futboli jahon elitasiga qaytishiga ishonadi va «Futbol bu - san’at» konsepsiyasining taraqqiy topishiga ham umid qiladi. Uning bobosi shuni vasiyat qilgan ekan:

«Bobom menga shunday degandi: «Nevaraginam, agar yaxshi o‘yinni tomosha qilayotgan bo‘lsang - bu yaxshi musiqa tinglayotganday bo‘lishi kerak, agar musiqani eshitmasang, demak u yomon o‘yindir».

Agar nemislar g‘alaba qozonadigan bo‘lishsa, biz yaxshi musiqa tingladik, deya olmaymiz. Chunki musiqa o‘rniga robotlarning g‘ichirlashi eshitiladi, xolos».

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:55, 05.04.2018. O'qildi: 3007 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Алавес Toni Martines 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик