Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ligalar jamg‘armasidagi tafovut qanday?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Har qanday musobaqaning nufuzini mukofot jamg‘armasiga qarab osongina aniqlab olish mumkin. Soccer.ru turnirlarning moliyaviy jihatlarini tahlil qilib, ularni o‘zaro taqqoslab ko‘rdi.

Rossiya chempionati va kubogi

RFPLda jamoalarni yuqori o‘rinlar uchun ayovsiz kurash olib borishga majbur eta oladigan mukofot jamg‘armalari joriy etilgan emas. Har bir jamoa o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bahs yuritadi. O‘tgan yili mamlakat chempionligiga sazovor bo‘lgan «Spartak» 5 mln. AQSH dollariga ega chiqdi.

Bu mablag‘ jamoaning yillik byudjetidan bir necha marta kam. Shuningdek, chempionatdagi eng ko‘p maosh bilan teng. RFPLning mukofot jamg‘armasi bundan ham ozroq - 16 jamoa uchun bor-yo‘g‘i 40 mln. dollar. Misol uchun, o‘tgan mavsumni 13-o‘rinda yakunlagan «Orenburg» atigi 1,48 mln. daromadga ega bo‘ldi.

Vaholanki, u yil davomida 15,8 mln. dollar sarflagandi. Liga byudjetining uchdan bir qismiga teng mablag‘ jamoaga ajratildi. Sezilarli qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘rimi? «Orenburg»dan olti barobar ko‘proq sarflagan «Lokomotiv» esa atigi 2,2 mln. dollarga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich liga byudjetining ikki foiziga teng! Bu yog‘iga nima deysiz?

Rossiya kubogi turniridagi vaziyat bundanda ajablanarli - musobaqaga mukofot pullari ajratilmagan. To‘g‘ri, final bellashuvida mutasaddilar saxovatpeshalik ko‘rsatib, ikki jamoa uchun 10 mln. rubl ajratishdi. Valyuta hisobida bu mablag‘ 141000 yevroga teng.

Pavlyuchenkoning «Lokomotiv»dagi maoshi 2,2 mln. ekanidan kelib chiqadigan bo‘lsak, «Ural» ustidan erishilgan g‘alabaning mukofot puliga Syomin Romanning ikki haftalik shartnomasini qoplashi mumkin.

Agar hal qiluvchi bahsda maydonga tushgan jamoa bundan keyin ham 10 mln. rubldan ulushini olish bilan cheklanadigan bo‘lsa, Rossiya kubogi musobaqasi hech kimga kerak bo‘lmay qoladi. Chunki RFPLdagi eng qashshoq jamoaning byudjeti bundan 40 baravarga ko‘p. Faqat yevrokuboklar yo‘llanmalari Rossiya klublariga sezilarli madad bera oladi.

So‘nggi 15 yil ichidagi eng muvaffaqiyatli mavsum uchun qo‘lga kiritilgan 5 mln. dollar esa «Spartak» ustidan ochiqdan-ochiq kulishdan o‘zga narsa emas. Axir jamoaning yillik byudjeti 140 mln. dollar atrofida. Badavlat klublar uchun qashshoq liga qonun-qoidalarini belgilab beradigan joydan mantiq izlab ovora bo‘lishning hojati yo‘q.

Yetakchi beshlikdagi mukofotlar

Moliyaviy jihatdan APL vakillariga havas qilsa arziydi. O‘tgan mavsumda «Chelsi» chempionlik uchun qurt­dek sanab olgan 150 mln. funt undan avvalgi «Lester»ning mukofot pulidan (87,3 mln.) ancha ko‘p. Lekin Angliya­da joriy etilgan tizimga ko‘ra, hatto musobaqada ishlari yurishmay qolgan jamoada ham o‘zini o‘nglab olish imkoniyati mavjud.

Masalan, «Sanderlend» mavsumni oxirgi o‘rinda yakunladi, chempionshipga tushib ketdi. Quyi divizionga g‘aznasini 93,47 mln. funtga boyitgan holda yo‘l oldi. O‘tgan mavsum APL vakillari hammasi bo‘lib 2,39 mlrd. funt daromad olishdi.

E’tiborlisi, musobaqa boshida har bir ishtirokchi 35 mln.ga ega bo‘ldi. Jamoalarning o‘rinlariga ko‘ra yuzaga keladigan farq esa unchalik katta emas.

Mavsumni beshinchi o‘rinda yakunlagan «Arsenal» 139,6 mln. funtga ega bo‘ldi. YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Liverpul» esa 146,1 mln.ga, ya’ni ikkinchi va uchinchi, 12- va 13-o‘rinlar o‘rtasidagi tafovut deyarli yo‘q hisobida. Albatta, 6-7 mln. funt kimlar uchundir ulkan sarmoya. Angliya uchun esa unday emas.

«A» seriyasi mutasaddilari ham mavsum omadsizligida xonavayronlikni chetlab o‘tish imkonini beradigan tizimni yo‘lga qo‘yishgan. Italiyaliklar «parashyut» ko‘mak pullari miqdori 45-60 mln. yevro atrofida. Mablag‘ muayyan jamoaning so‘nggi mavsumlarda necha marta elitaga chiqqaniga qarab belgilanadi.

Liga taraqqiyot masalasida jiddiy muammolarga duch kelayotgan bo‘lsada, chempion «Yuventus» har yili faqat TV huquqlari savdosidan 120 mln. yevro daromad oladi. Eng kam mukofot puli - 30 mln. yevro. Ya’ni Rossiya chempioniga to‘langan mablag‘dan 6 marta ko‘p!

Vaholanki, «A» seriyada futbolchilarning ish haqlari Rossiyadagidan ko‘p emas, ba’zan oz bo‘lgan holatlar ham uchrab turadi. Aynan shuning uchun ham «Yuventus» Iguain uchun pul topishda muammolarga duch kelmaydi. Turin superklubi daromadlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi - 562,7 mln. yevro. Sof foyda esa 42,6 mln. yevroni tashkil etdi.

Fransiya, Ispaniya va Germaniyada ham shunga o‘xshash manzara. Garchi u yerdagilar TV huquqlarini nisbatan arzonroq baholarda sotayotgan bo‘lishsa ham. Aynan shu sababli «PSJ» hozirda jiddiy muammolarga duch kelmoqda - 502 mln. yevrolik umumiy «pirog»dan atigi 60 mln.i poytaxt jamoasiga tegadi.

«Real» hamda «Barselona»ning moliyaviy natijalaridan kelib chiqqan holda 937 mln. yevroni Primeraning barcha a’zolariga taqsimlaydigan bo‘lsak, autsayderlar ham qiyinchiliklarga duch kelishmaydi.

Avvalgi mavsumda «Qirollik klubi» 150, Kataloniya grandi esa 148 mln. mukofot puli oldi. Har bir jamoa uchun kafolatlangan to‘lov esa 50 mln. yevro. Bunday sharoitda «Granada» ham o‘zini xotirjam his etadi.

Bundesliga vakillari 817 mln. yevroni o‘zaro baham ko‘rishmoqda. E’tiborli jihati, mablag‘ning 663 mln.i ichki bozordan olinmoqda. Taqqoslash uchun: Pryadkinning ma’lumotiga ko‘ra RFPL TV huquqlarini sotish orqali 1,59 mlrd. rubl daromad oladi.

Tashqi baho biroz yuqori - 22 mln. yevro emas, balki 29 mln. Ana shu yuqori bahoda hisoblaganda ham Turkiyada TV huquqlari savdosidan olinayotgan daromad Rossiyadagidan salkam 10 baravarga ko‘proq - 286 mln. yevro. UYEFA hisobotiga ishonadigan bo‘lsak, RFPLdagi tushum APLdagidan 80 baravarga oz.

YECHL va YEL

Dunyodagi eng ziqna amaldorlar hisoblanadigan FIFA mutasaddilari Rossiyada o‘tadigan JCHning mukofot jamg‘armasini 12 foizga oshirib, 400 mln. yevroga ko‘tarishdi. Yangi mavsumdan boshlab UYEFA ham YECHLda g‘alaba va ishtirok uchun to‘lanadigan mablag‘lar miqdorini oshiradi.

Turnirning yangi formatga o‘tishi top-beshlik vakillariga ko‘proq o‘rinlar berilishini ta’minlaydi. Shu sababli Cheferin daromadlarning o‘sishiga umid qilmoqda. Hozir guruh bosqchidagi ishtirok uchun jamoalar 12,7 mln. yevrodan olishmoqda, yangi mavsumda esa 15 mln.dan olishadi.

G‘alaba va duranglar baholari ham oshadi, «pley-off» bosqichi ishtirokchilarini rag‘batlantirish ham ortadi. Masalan, yarim final bahslari avval 7,5 mln. yevroga baholangan bo‘lsa, endi 12 mln. beriladi. Turnir g‘olibi endilikda 19 mln.ga ega chiqadi. Umuman olganda, qo‘shimcha rag‘batlar 528 mln. yevroga teng.

Sovrin sohibi musobaqa davomida 100 mln. to‘plashi mumkin. Qizig‘i, moliyaviy muvaffaqiyatga erishish uchun doimo g‘alaba qozonish shart emas. Misol uchun, «Lester» bilan «Yuventus» o‘tgan mavsumda YECHL tufayli mos ravishda 81,7 va 110,4 mln. yevroga ega bo‘lishdi.

Bu turnir g‘olibi - «Real»ning daromadidan (81 mln.) ko‘p. 100 «limon» - «Qirollik klubi»dek monstr uchun ham katta mablag‘. Chunki u 674,6 mln. yevro daromadni qayd etgan bo‘lsada, sof foyda atigi 21,4 mln.ni tashkil qildi. Demak, YECHLda 80 emas, 100 mln. ishlash orqali «Real»dek badavlat jamoaning foydasini ikki baravarga oshirish mumkin.

YELdagi g‘alaba ham vaqti kelganda o‘ta foydali bo‘lishi mumkin. Aynan shu turnirdagi muvaffaqiyat evaziga «MYU» daromadlar bo‘yicha «Real»ni quvib o‘tib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Endilikda musobaqaning shunchaki oddiy ishtirokchisi hali maydonga tushmasdan turib 2,6 mln. yevroga ega bo‘ladi. «Lokomotiv»ning YELda olgan daromadi Rossiya kubogidagi zafaridan bir necha baravarga qimmatroq.

Har bir g‘alaba yoki durang, «pley-off» bosqichiga chiqish va yuqori bosqichlarga ko‘tarilish mukofotlarga qayta-qayta musharraf bo‘lish imkonini berishiga «Ros­tov»ning xalqaro arenadagi o‘yinlari misol bo‘la oladi.

Yangi mavsumda YEL g‘olibining sof daromadi 15,71 mln. yevroga yetadi. YECHLga nisbatan ozroq, lekin mablag‘ doimiy o‘sishda davom etadi. YEL uchun hammasi bo‘lib 399 mln., YECHLga esa 1,3 mlrd. yevro ajratiladi.

Yana shunisi ham borki, mukofot jamg‘armasi oshiriladi. Umuman, YECHL, YEL, Yevropa superkubogi musobaqalariga UYEFA 2,35 mlrd. yevro ajratadi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda. 
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:53, 07.04.2018. O'qildi: 2978 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.