Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lyuka Din: «JCHda g‘olib chiqish real maqsad»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» himoyachisi Lyuka Din Fransiya milliy jamoasi safida o‘zi uchun uchinchi yirik musobaqaga jiddiy hozirlanmoqda.

Garchi u Kataloniya klubida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasada, bo‘lajak mundialda o‘zini har tomonlama ko‘rsatib, ortga jahon chempioni maqomi bilan qaytish niyatida.

- Lyuka, JCH-2014 va Yevro-2016 arafasida ham milliy jamoadan chaqiruv olgansan. Demak, yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilasan.

- JCH iborasining o‘ziyoq har qanday futbolchini sehrlab qo‘yadi. Tabiiyki, hamma mundial g‘oliblari ro‘yxatiga kirishni istaydi. Umuman, turnirda ishtirok etish - katta baxt. Axir JCH futbolchiga o‘zini ko‘rsatish uchun zo‘r imkoniyat sanaladi.

- Didye Deshamning aytishicha, oxirgi o‘rtoqlik uchrashuvlariga jalb etilgan 24 nafar futbolchining aksariyatida mundialga borish imkoni katta. Murabbiyning ushbu bayonotidan keyin jamoadagi bosim pasaydimi?

- Biroz pasaygandir. Lekin yuksak sport formasini saqlab turishimiz shart, baribir. Murabbiy tarkibga kirishimizni aytibdimi, demak, uning ishonchini oqlayapmiz. Ammo unutmaylik, hozircha Rossiyaga yo‘l olmadik, qolaversa, hech kim jarohatlanishdan to‘liq himoyalanmagan. Shunday ekan, bo‘shashish yaramaydi aslo.

- 4 yildan buyon milliy jamoa yig‘inlarida qatnashayotganing senga qandaydir ustunlik beradimi?

- Ha. Ayni payt jamoaning barcha a’zolarini yaxshi bilaman, muhimi, o‘zimni erkin his etaman. 24 yoshgacha mamlakat terma jamoasi sharafini 20 marta himoya qilish - ajoyib natija! Shuning barobarida bu zimmamga yanada ko‘proq va yorqinroq to‘p surish mas’uliyatini yuklaydi.

- Hozirgi tarkibda Yevro-2016da o‘ynamagan futbolchilar ham ko‘p. Ularning terma jamoa muhitiga moslashishlari qiyin kechmadimi?

- Vatan sharafini himoya qilish huquqi - mashaqqatli mehnat samarasi. Jamoamizga chaqirilgan yosh iqtidorlarni mamnuniyat bilan kutib olishga odatlanganmiz. Axir kimdir umumiy maromdan ortda qolsa, avvalo, jamoa jabr ko‘radi. Buni aslo unutmaymiz va yangilarga mudom yordam qo‘lini cho‘zamiz. Qisqasi, jamoamiz allaqachon ahil oilaga aylangan.

- Seningcha, Fransiya termasi aynan nimaning hisobiga JCH shohsupasiga ko‘tarilishi mumkin?

- Tajriba evaziga! Yevro-2016 finali biz uchun bebaho saboq bo‘ldi, shundan keyin jamoa maqomi ham o‘zgardi. Xususan, oldimizda nurli manzillar ko‘rindi. Muhimi, tarkibimiz navqiron avlod vakillaridan iborat.

Oddiy aytganda, Fransiya termasi - supero‘yinchilar va superdo‘stlar jamoasi. Demoqchimanki, ahillikni yana bir ustun jihatimiz sifatida ko‘rsatish mumkin. Umuman, JCHdan g‘alaba bilan qaytish - real maqsad!

- Fotosuratlarga qarasak, muloyim va doimo jilmayib turadigan yigitga o‘xshaysan. Bu o‘ziga xos «niqob» emasmi?

- Yo‘q, maydonda ham, hayotda ham shundayman. Hech qachon yuzimga «niqob» tortmayman. Mana, dunyoning eng kuchli klubida to‘p suryapman, Fransiya terma jamoasidan yana taklif oldim. Bunday muvaffaqiyatlarni tabassum bilan qabul qilmaslikning iloji bormi? Shaxsiy hayotim ham havas qilgudek.

Oilamiz a’zolari futboldagi yo‘limdan mamnunlar. Balki kimdir suratga tushishda rol o‘ynashimni ta’kidlar, lekin bu xato fikr. Tan olaman, rol ham o‘ynayman, lekin faqat maydonda. O‘z o‘rnida aytishim kerak, futbolchining shaxsiga uning o‘yin uslubiga qarab baho berish noto‘g‘ri, menimcha.

- Desham ko‘pincha o‘z shogirdlarining klublarda yetarli amaliyotga ega bo‘lishmayotganidan noliydi. U bu borada sen bilan ham gaplashdimi?

- Yo‘q. Chunki muntazam maydonga tushish imkoniyatiga egaman. Har holda, amaliyot yetishmasligi muammosidan yiroqman. O‘yin saviyasi esa faqat o‘zimga bog‘liq. Murabbiy asosiy tarkibda ishonch bildiryaptimi, demak, topshiriqni sifatli bajaryapman.

- Ha, Bolgariya va Germaniya termalariga qarshi kechgan o‘yinlarda chakki harakatlanmading. Xo‘sh, shu «o‘rtoqlik»lar sen uchun katalizator vazifasini o‘tadimi?

- Ikki ma’noda javob beraman: «Ha» va «Yo‘q». Chunki «Barselona»dagi o‘yinlar ortidan yangi saviyaga ko‘tarildim. Terma jamoada qanday to‘p surayotganim buni to‘liq tasdiqlaydi. Nemislarga qarshi bahsdagi harakatlarimni esa o‘zim uchun etalon o‘rnida ko‘raman.

- Yangi mavsumni ham «Barsa»da o‘tkazasanmi yoki...?

- Ayni payt hammasi ko‘ngildagidek. O‘yinlarda kuchli ishtiyoqni namoyish etyapmiz, ko‘plab sovrinlar yutish imkoniyati bor. Endi eng asosiysi - ularni rasmiylashtirish.

- Savolni boshqacha qo‘yamiz: kamroq maydonga tushsang ham, dunyoning eng kuchli klubida qolishing muhimmi yoki o‘rtamiyona jamoada «issiq» joyga ega bo‘lishing?

- «Barsa» - orzu jamoasi! Esimda, bolaligimda otamga shunday degandim: «Kamp Nou»ga muxlis sifatida borishni istamayman. Jamoa safida to‘p surishga chaqirishsa, mayli». Boshqa gapga hojat qolmagan bo‘lsa kerak.

- Xo‘sh, «Barselona»da qaysi xususiyatlaring ko‘proq rivojlandi?

- Himoyalanish qobiliyatim. Joriy mavsum Ernesto Valverde bizdan raqiblarni darvozadan ancha olisda qarshi olishimizni talab qilmoqda. Avvallari bunday emasdi. Italiya va Fransiyada ham bunday uslubda o‘ynamagandim.

- Doimo Karles Puyolni namunali himoyachi sifatida ko‘rsatasan, nima uchun?

- Ha, aynan Puyol va Paolo Maldini barcha himoyachilarga ibratdir. Deylik, Karles maydonda o‘zini sherdek tutar va hech kimni yoniga yaqin yo‘latmasdi. Muhimi, qoidani buzmagan holda. Chinakam daho himoyachi!

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:47, 10.04.2018. O'qildi: 3024 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.