Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • 1:1
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Roma» – «Barselona» uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun Yevropa chempionlar ligasining chorak final javob o‘yinlariga start beriladi.

Seshanba kuni Rim shahridagi "Olimpiko" stadionida muxlislar mazkur bosqichdan o‘rin olgan qiziqarli qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishadi.

Unda Italiyaning "Roma" klubi Ispaniyaning "Barselona"sini mehmon qiladi. www.uzreport.news sayti esa mazkur uchrashuvning qisaqacha prevyusini e’tiboringizga havola etadi.

10 aprel 2018 yil. Italiya. Rim. "Olimpiko" stadioni. Chempionlar ligasi. 1/4 final bosqichi. Javob o‘yini. Birinchi o‘yin 1:4

"Roma" (Italiya) - "Barselona" (Ispaniya)

Qaysi telekanalda tomosha qilish mumkin: FUTBOL TV

Diskvalifikasiya: yo‘q

Jarohatlanganlar: Karsdorp, Perotti, Under (?) - Din ("Barselona)

Taxminiy tarkib: 

"Roma": Alisson, Kolarov, Fasio, Manolas, Peres, Strootman,  De Rossi, Nainggolan, El-SHaaravi, Djeko, Florensi.

"Barselona": ter Shtegen, Alba, Umtiti, Pike, Semedu, Inyesta, Rakitich, Buskets, Dembele, Suares, Messi.

Mazkur jamoalarning birinchi o‘yinidagi natijasidan so‘ng javob bahsi deyarli rasmiyatchilikka aylanib qoldi. Rimlklar "Kamp Nou"dagi o‘yindan so‘ng hakamga ko‘p e’tirozlar bildirishdi. Biroq o‘sha bahs yirik hisobda yakunlanishiga "Roma" futbolchilarining o‘zlari ham yordamlashib yuborishdi. Shu sababli ham Eusebio Di Franchesko bo‘lajak o‘yindan oldin ularni keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari ancha past ekanligi tan oldi. "Djallorossi"larni keyingi bosqichga o‘tishi hozirda mo‘jizaga teng baholanmoqda.

Italiyaliklar mazkur o‘yindan oldin Italiya A seriyasida o‘z maydonlarida "Fiorentina"ga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Eusebio shogirdlari o‘yin davomida raqib darvozasiga 25ta zarba berib birortasini golga aylantira olishmadi. Bundan esa murabbiyning jahli chiqib, shogirdlarini mashg‘ulotlarda o‘z ustida ishlamay qo‘yganlarini OAVga ma’lum qildi. Ustiga ustak, "Roma" o‘zining uy uchrashuvlaridagi anti rekordini takrorlashiga ham yana bitta o‘yin qolmoqda. Rimliklar bu mavsum "Olimpiko"da 6ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishdi. Agar ular bunday natijalar qayd etaverishsa, kelasi mavsum YECHLda qatnashishlari ham so‘roq ostida qoladi.

"Barselona" esa bu o‘yinga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurmoqda. Ispaniya chempionatining 31-turida "Leganes"ni taslim etgan kataloniyaliklar abadiy rekord deb aytilayotgan "Real Sosyedad"ning rekordini (La Ligada qatorasiga 38ta mag‘lubiyatsiz o‘yin) takrorlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu mazkur jamoa bir yildan beri ichki chempionatda mag‘lub bo‘lmadi degani. Yana bir necha turlardan so‘ng esa ular chempionlikni rasmiylashtirishadi. Bu "Barselona" bilan 50ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan Ernesto Valverde shogirdlarini butun e’tiborlarini Chempionlar ligasiga qaratish imkonini beradi.

Murabbiylar intervyusi:

Eusebio Di Franchesko ("Roma" bosh murabbiyi): "Barselona"ga qarshi hamma kuchlilar o‘ynaydi. Derbi haqida o‘ylashga hali erta. Bor kuchimizni ishga solishimiz va final hushtagi yangraguncha umidimizni yo‘qotmasligimiz kerak. Keling, "Barselona" ikki hafta avval qurilmaganini esdan chiqarmaylik. Bunga yillar kerak bo‘lgan. Uning asosiy kuchiga aynan shu sabab bo‘lgan deb o‘ylayman.

O‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch bizni qo‘llab-quvvatlab turishi kerak. Guruh bosqichida "Chelsi"ni 3:0 hisobida mag‘lub etganmiz, aynan shunday hisob bizni qoniqtiradi. Biz "Barselona"ni mag‘lub etishga qodirmiz. Bu safar ham shunday hisobni qayd qilishga urinib ko‘ramiz.

Ernesto Valverde ("Barselona" bosh murabbiyi): Biz g‘alaba qozonib bo‘ldik, deb o‘ylamasligimiz kerak. Birinchi bellashuvda ajoyib natijaga erishdik, biroq xuddi hisob 0:0 bo‘lib turgandek o‘ynashimiz shart. Biz g‘alaba uchun harakat qilishimiz va boshqa hech narsa haqida o‘ylamasligimiz kerak.

Men futbolda juda ko‘p vaqtdan beri ishlab kelyapman va bu yerda kutilmagan hodisalar yuz berishi mumkin ekanini bilaman. Biz bugun kechqurun shunday voqea yuz bermasligiga erishishimiz lozim. Maydonga „Roma“ biz uchun – raqib emas, degan xayolda chiqish kerak emas. O‘ziga ishonish salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Qiziqarli ma’lumotlar:

"Roma"

- Rimliklar o‘z faoliyatida to‘rtinchi marta chorak final bosqichida qatnashishmoqda. 1ta g‘alaba 2ta mag‘lubiyat.
2007/08 "Manchester Yunayted" mag‘lubiyat 0:3 (0:2 uyda, 0:1 safarda)
2006/07 "Manchester Yunayted" mag‘lubiyat 3:8 (2:1 uyda, 1:7 safarda)
1983/84 "Dinamo" Berlin g‘alaba 4:2 (3:0 uyda, 1:2 safarda)

- "Roma"ning ispan klublariga qarshi ikkita o‘yindan iborat bo‘lgan bahslardagi statistikasi: 3 g‘alaba 4 mag‘lubiyat

- "Roma"ning Ispaniya klublariga qarshi YECHLda o‘tkazgan barcha o‘yinlari. 10ta g‘alaba, 5 durang, 16 mag‘lubiyat. O‘z maydonida: 6 g‘alaba, 2 durang, 7 mag‘lubiyat

"Barselona"

- Kataloniyaliklarning 1/4 final bosqichidagi statistikasi: 14 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat. Uchta mag‘lubiyat so‘ngi 3 yilga to‘g‘ri keladi.

- "Barselona"ning Italiya klublariga qarshi ikkita o‘yindan iborat bo‘lgan uchrashuvlardagi statistikasi: 8 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat

- Barselonaliklar A seriya klublari maydoniga 22 marta tashrif buyurishgan: 6 g‘alaba, 10 durang, 6 mag‘lubiyat. 

- Kataloniyaliklar so‘ngi Italiyada bo‘lib o‘tayotgan so‘ngi 6ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olishmayapdi. 4 durang, 2 mag‘lubiyat.

Birinchi o‘yin

Ispaniya. Barselona. "Kamp Nou" stadioni. 90 106 muxlis
Hakam: Danni Makkeli (Gollandiya)
"Barselona" (Ispaniya) - "Roma" (Rim, Italiya) 4:1 
Gollar: De Rossi 38 (avt.), Manolas 55 (avt.), Pike 59, L.Suares 87 - Djeko 80
"Barselona" (Ispaniya): ter Shtegen, Semedu, Alba, Pike, Umtiti, Inyesta (D.Suares 85), Buskets (Paulinyo 66), Roberto (Gomesh 83), Rakitich, L.Suares, Messi
Murabbiy: Ernesto Valverde
"Roma" (Rim, Italiya): Alisson, Kolarov, Peres, Manolas, Fasio, Florensi (El-SHaaravi 72), Pellegrini (Gonalon 60), Strootman, Perotti, De Rossi (Defrel 77), Djeko
Murabbiy: Eusebio Di Franchesko
Ogohlantirish: Kolarov 44, Strootman 86

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 12:41, 10.04.2018. O'qildi: 5013 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик