Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«El-klasiko» jangovar durang bilan tugadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Ispaniya chempionati doirasida navbatdagi "klasiko" musobaqa jadvali nuqtai nazaridan hech narsani hal qilmasdi. Shunga qaramay, har ikkala jamoa bosh murabbiylari o‘yinga jangovar tarkibni tanlashdi.

Jamoalar o‘yinni juda faol va tezkor gollar bilan boshlab berishdi. Dastlab qarshi hujum paytida Messining uzatmasidan keyin Serji Roberto o‘ng qanot bo‘ylab yolg‘iz oldinga o‘tdi. Mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Messini yopishdi, ammo Roberto ochilayotgan Suaresga to‘pni yetkazdi. Urugvaylik futbolchi aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. Ronaldu chap qanotdan mezbonlar jarima maydonchasiga kirdi va tovoni bilan Kroosga uzatma berdi. Toni olis ustun tomondagi Benzemaga yuqoridan to‘pni yetkazdi. Karimning bosh bilan pasidan keyin Krishtianu yaqin masofadan darvozani zabt etdi!

Ushbu gollardan keyin o‘yin tempi biroz tushdi. Shunga qaramay, gol urish uchun eng yaxshi vaziyatlar klublari yetakchilarida bo‘ldi. Modrichning uzatmasidan keyin Ronaldu raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Ter Shtegen oyog‘i bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Messi yakkama-yakka vaziyatga chiqqanida esa, Navas o‘zini aldashga urinayotgan argentinalik futbolchining oyoqlari ostidan to‘pni urib yuborishga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari asabbuzarliklar bilan yodda qoldi. Hakam bir necha marta cho‘ntagidan sariq kartochkani chiqarishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda "Barselona" himoyachisi Serji Roberto maydondan chetlatildi. Bir daqiqa avval esa Ernandes Garet Beylni maydondan chetlatishi kerak edi: Umtitining oyog‘iga butsasining tishlari bilan tepgani uchun...

Ikkinchi taym boshida Valverde o‘ng qanot himoyasiga Semeduni tushirgan bo‘lsa, Zidan Ronalduni maydondan olib, Asensioni tushirishga qaror qildi. Mezbonlar bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotganiga qaramay, ikkinchi bo‘limni ancha faol boshlashdi va hisobda oldinga chiqib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Luis Suares chap qanotda Varan bilan to‘p uchun kurash olib bordi va qoidani buzgan holda raqibidan to‘pni olib qo‘yib, oldinga o‘tdi. Hakamlar fol qayd etishmadi. Urugvaylik futbolchi Messiga pas berdi. Leo raqibning ikki futbolchisini aldab, 16 metrlardan o‘ta aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi — 2:1. Darvoqe bu goldan atigi bir necha soniyalar avval "Real" gol urish ajoyib imkoniyatga ega bo‘lgandi. Qarshi hujum paytida Asensio raqib jarima maydonchasiga kirayotgan Beylga uzatma bermadi va o‘zi 14 metrlardan zarba berdi. Ter Shtegen to‘pni egallab olgandi... O‘sha gap: "sen urmasang — senga urishadi".

Oradan ko‘p o‘tmasdan kataloniyaliklar o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishlari mumkin edi. Mezbonlar o‘ta xavfli hujum tashkil qilishdi. Suaresning uzatmasidan keyin Semedu o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va Paulinyoga uzatma berdi. Braziliyalik futbolchiga to‘pga biroz yeta olmadi va Navasga urilib ketdi.

"Ko‘k-anorranglilar" asta-sekin himoyaga o‘ta boshlashdi. Shunga qaramay, Messidan juda ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Argentinalik futbolchi  deyarli maydon markazidan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va zarba berdi. Keylor Navas to‘g‘ri pozisiya tanlagani uchun ajoyib seyv namoyish qildi!

Oradan 2 daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. Jarima maydonchasi ostonasi tomon ochilayotgan Garet Beylga Asensio chiroyli uzatma berdi. Beyl to‘pni to‘xtatmasdan 18 metrlardan aniq zarba berdi. Ter Shtegen ojiz qoldi. 2:2! "Sen urmasang — senga urishadi.

Bahsning 76-daqiqasida hakam yana bir qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Xordi Alba o‘z jarima maydonchasi ichida Marseloni chalib yiqitdi. Ammo Ernandes penalti bermadi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida "Barselona" g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Messi tomonidan yo‘llangan bitta zarbaga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda Navas qutqardi.

Shu tariqa, bu galgi "klasiko" jangovar durang bilan yakunlandi. Hakam esa har ikkala jamoa zarariga 2tadan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Bitta o‘yin uchun 4ta qo‘pol xato — bu haddan tashqari ko‘p.

"Barselona" ushbu mavsumda mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasini davom ettirgan bo‘lsa, "Real" 2-o‘rinda borayotgan "Atletiko"ga yaqinlashib olish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Ispaniya La ligasi, 36-tur
Barselona – Real Madrid 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 10 Suares, 1:1 – 14 Ronaldu, 2:1 – 52 Messi, 2:2 – 72 Beyl.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutinyo (Nelson Semedu, 46), Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inyesta (Paulinyo, 58), Messi, Suares (Pako Alkaser, 90).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).
Chetlatish: Serji Roberto (45).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:41, 07.05.2018. O'qildi: 9665 marta. Fikrlar: 36 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик