Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 8 19
2 Nasaf 8 18
3 Bunyodkor 8 15
4 Dinamo 7 15
5 Neftchi 7 12
6 Qo‘qon-1912 8 12
7 Navbahor 8 11
8 Surxon 8 10
9 Qizilqum 7 10
10 Mash’al 8 10
11 Paxtakor 8 9
12 Andijon 8 9
13 Xorazm 7 8
14 So‘g‘diyona 8 7
15 Buxoro 8 6
16 Sho‘rtan 8 1

O'tgan o'yinlar.

8-тур Xorazm 1-1 Nasaf
8-тур Bunyodkor 1-2 Qo‘qon-1912
8-тур Buxoro 1-2 Mash’al
8-тур OKMK 4-3 Andijon
8-тур Surxon 2-1 Paxtakor
8-тур Neftchi 2-1 So‘g‘diyona
8-тур Qizilqum 3-2 Navbahor
8-тур Sho‘rtan 1-3 Dinamo

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 06.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бохум".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Магдебург" - "Пройссен Мюнстер".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Вольфсбург".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Дармштадт 98" - "Гамбург".
      15:20 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Бавария Мюнхен".
      17:25 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бохум".
      19:30 Новости футбола.
      19:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      20:35 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Магдебург" - "Пройссен Мюнстер".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Вольфсбург".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Бавария Мюнхен".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Дармштадт 98" - "Гамбург".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 06.05.2025

      05:05 "География спорта". Красноярск.
      05:35 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 1.
      09:35 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв".
      10:20 Спортивная акробатика. Кубок Владимира Гургенидзе в Одинцово, Россия.
      12:15 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 "География спорта". Республика Алтай.
      15:55 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Сальвадор - Италия. Прямая трансляция.
      17:25 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Сенегал - Чили. Прямая трансляция.
      18:45 Д/ф "Стадион".
      19:25 "Лучшие из лучших".
      19:55 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Оман - Бразилия. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Таити - Испания. Прямая трансляция.
      22:45 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 1.
      00:25 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Женщины. Гундерсен. Масс-старт 5 км.
      00:55 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Женщины. Прыжки на лыжах с трамплина. HS 102.
      01:50 "Страна спортивная".
      02:05 "Непобедимый".
      02:30 Спортивная акробатика. Кубок Владимира Гургенидзе в Одинцово, Россия.
      04:25 "География спорта". Республика Алтай.
      04:55 Плавание. Чемпионат России в Казани.
  • MATCH-TV
    • Sana: 06.05.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 1.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Вопреки всему".
      13:30 Смешанные единоборства. ACA 184 в Москве. Павел Витрук против Жосиеля Силвы.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Сальвадор - Италия. Прямая трансляция.
      17:15 "Магия большого спорта". "Кёрлинг".
      17:45 Новости.
      17:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:50 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/2 финала. "Трактор" (Челябинск) - "Динамо" (Москва). 5-й матч. Прямая трансляция.
      21:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). 1-й матч. Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Сергей Павлович против Александра Волкова.
      02:30 Эль-Класико. Стратегия и тактика.
      03:00 Д/ф "Светлана Ромашина. На волне мечты".
      04:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар). 1-й матч.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 06.05.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 16. Ливиньо - Санта-Кристина-Вальгардена.
      10:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      11:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      12:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 2.
      13:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 16. Ливиньо - Санта-Кристина-Вальгардена.
      14:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 3 в Шанхае, Китай.
      16:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 16. Ливиньо - Санта-Кристина-Вальгардена.
      18:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 2.
      18:35 LIVE Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 3. Прямая трансляция.
      20:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 16. Ливиньо - Санта-Кристина-Вальгардена.
      21:30 Велоспорт. "Велошоу".
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 1 в Кобэ, Япония. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 2. Jin Shan Ling Great Wall Trail в Китае. Обзор.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      00:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1.
      01:00 Автоспорт. Формула E. Этап 5 на трассе Монако, Монако. Обзор.
      02:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 1 в Ландсхуте, Германия. Обзор.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 2.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 17. Сельва-ди-Валь-Гардена - Пассо-дель-Брокон.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Olifta futbolchining antiqa faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Portugaliyalik sobiq himoyachi Abel Shavyer maydondagi ishonchli harakatlaridan tashqari, kiborlarga xos tabiati bilan ham boshqalardan yaqqol ajralib turardi.

O‘zining oliftagarchiligi orqali u nafaqat Evropa, balki AQSHdagi muxlislarni ham lol qoldira oldi.

«Di Si Yunayted»ning adabini berib qo‘yish uchun Vashingtonga kelgan «Geleksi» yigitlari «Morton`s» mehmonxonasida qo‘nim topishdi. Tez orada bekorchilikdan zerikib qolgan los-anjelesliklar Bekxemning taklifiga ko‘ra mehmonxona yaqinidagi restoranlardan biriga yo‘l olishdi.

Ofisiant bilan mijozlar o‘rtasida qisqacha savol-javob bo‘lib o‘tdi: «Kim sharob ichadi?» Hamma qo‘lini ko‘tardi. «Mayli, unda hujjatlaringizni tekshirib ko‘rishim lozim».

Donovan, Grey va Martinodan ke-yin xodim Bekxemga yuzlandi. «Hujjatlar yonimda emas», dedi Devid. «Unda sharob ham yo‘q». «Bu yigit hazillashyapti, shekilli», - ming‘irladi futbolchi.

Shu pallada ofisiant Abel Shavyer qarshisida turardi. «Bu qanaqasi o‘zi? Hujjatlarim yo‘q, lekin o‘zim 34 yoshdaman, 3 nafar farzandning otasiman. Hatto o‘g‘lim ham ichish mumkin bo‘lgan yoshga chiqqan», - dedi Abel. Jamoadoshlari kulib yuborishdi.

Ha, Bekxeem ham, Shavyer ham Yevropada doimiy diqqat-e’tibordan shikoyat qilib yurishardi, ummon ortida esa... «Amerikaga xush kelibsiz, yigitlar!»

Oxir-oqibat, Bekxemning tansoqchisi restoran sohibiga murojaat qildi. Olisdan ofisiantning e’tirozi eshitildi: «Ularning kimlar ekanliklari meni qiziqtirmaydi». Lekin shundan so‘ng Bekxem va Shavyer oldida ham qadahlar paydo bo‘ldi.

Hammasi «Gelaksi» futbolchilari navbatdagi mashg‘ulotga to‘ppa-to‘g‘ri Tom Kruzning ziyofatidan so‘ng tashrif buyurishgan kundan boshlandi. Ular yechinish xonasida zarhal harflar bitilgan qizil varaqlarga duch kelishdi: «Abel Shavyer shartnoma imzolangani sharafiga bazm uyushtirib, unga sizlarni ham taklif etadi».

Taklifnomaga tantananing afsonaviy muhtasham qasrda tashkil etilishi, gazak sifatida Shavyer xush ko‘radigan tirik jo‘jalar dasturxonga tortilishi, mehmonlar esa boshdan-oyoq oppoq liboslarda kelishlari lozimligi ilova qilingandi.

Abelning tashqi ko‘rinishi hatto turli-tuman oliftalarni kutib-kuzatavergani sabab hech narsaga ajablanmaydigan Los-Anjeles aholisini ham hayron qoldirdi.

Bu borada taniqli jurnalist Grant Val o‘zining «Bekxem tajribasi: dunyoning eng mashhur sportchisi Amerikani qay tariqa zabt etdi?» asarida shunday yozgandi: «Yorqin rangdagi soch-soqol Shavyerni iloh Neptunning futboldagi talqiniga aylantirib qo‘ygandi».

MLSdagi faoliyati davomida safar uchrashuvlari Abel bilan hamxona bo‘lgan amerikalik yarim himoyachi Peter Vadjenas esa portugaliyalik jamoadoshini shunday ta’riflagandi: «Turli tabiatlar qorishmasini tasavvur qiling: Maykl Jeksondagi jo‘shqinlik, Piter Pendagi mug‘ombirlik, basketbolchi Denis Rodmanga xos g‘aroyiblik va temir yo‘l vokzalidagi lo‘lining ziyrakligi. Bularning barchasi Abel Shavyerda mujassam!»

Himoyachi AQSHga yo‘l olishini quyidagicha izohlagandi: «Los-Anjelesga pul topish maqsadida emas, menga notanish bo‘lgan muhitda o‘zimni sinab ko‘rish uchun keldim. Doimo shohona sharoitda, huzur-halovatda yashashni yoqtirmayman».

Ta’kidlash joizki, «Gelaksi» Shavyerni jiddiy xavotir bilan xarid qilgandi: MLS ijrochi direktorining Yevropadan olgan ma’lumotlarida Abelning oyoqlari zaiflashib qolganligi, deyarli yugura olmasligi qayd etilgandi.

Amalda Shavyer bir yildan ko‘proq to‘p surdi. Faoliyati yanada uzoqroq davom etishi mumkin edi. Biroq «Gelaksi»ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi - Ruud Gullit bilan chiqisha olmadi.

«Bu yigit chindan ham buyuk futbolchi edi. Ammo keyinchalik bedavo qabihga aylanib qoldi. Takabburligi bilan ichki muhitni dabdala qildi. Qaysidir o‘yindan keyin o‘zaro janjallashib qolgandik. O‘shanda u kek saqlab qolgan ekan - matbuot vakillari bilan suhbat chog‘i meni yolg‘onchilikda aybladi.

Go‘yoki, maydonga tushmaslik uchun o‘zimni jarohat olgan futbolchidek tutgan emishman», - degandi Abel norozi ohangda. Shavyerning faoliyati ham tabiati kabi g‘aroyib.

«Benfika»dagi chempionlikdan keyin u Italiyaning «Bari», Ispaniyaning «Ovyedo», Gollandiyaning PSV klublarida to‘p surdi. So‘ng «Everton»ga yo‘l oldi.

«Sochlarimni oq rangga bo‘yaganimda, murabbiyimiz Uolter Smit menga qo‘ng‘iroq qilib, shunday degandi: «Menga qara, hoy yigit, esingni yeganmisan?», - deya xotirlaydi Abel.

Shogirdining tashqi ko‘rinishi Smitning ensasini qotirsada, himoyadagi ishonchli o‘yinlari g‘azabini tiyishga majbur etardi. Liverpulda   Shavyer Pol Gaskoyn bilan do‘stlashib qoldi. Afsonaviy hujumchi Abelni «Ginnes» deb chaqirardi.

«Bir paytlari Shavyer barda qizlar bilan tanishishga urinib ko‘rgandi. Biroq uni hech kim tanimasdi. Shunda u o‘zini «Men Gaskoynning do‘stiman», deb tanishtirdi va... Bir nechta telefon raqam bilan qaytdi», - degandi Gazza.

Yuksak sport formasini ta’minlaydigan asosiy omil - to‘g‘ri ovqatlanish, deb hisoblaydigan Shavyer Tyerri Anrining amakisini o‘ziga shaxsiy diyetolog sifatida yollagandi. 2000 yilda u Vitor Bayya, Rui Koshta va Nunu Gomesh kabi futbolchilar bilan Portugaliya terma jamoasi tarkibida Yevro-2000 turnirida ishtirok etdi.

O‘shanda jamoa yarim finalga qadar yetib borgan, olifta himoyachi esa Fransiyaga qarshi bahsning bosh qahramoniga aylanishiga bir bahya qolgandi: Figuning so‘nggi daqiqalarda qanotdan uzatgan to‘pi va baland sakragan Abelning ajoyib zarbasi.

Biroq Bartez fantastik «seyv» namoyish etib, qahramonlik unvonini Shavyerdan tortib olgandi. «Overtaym»ning nihoyasida esa Trezegening zarbasidan so‘ng Bayya tomonidan qaytarilgan to‘pga yetib kelgan Valter darvozani nishonga oldi. Biroq to‘p Shavyerning qo‘liga tegdi.

«Men qo‘l bilan muvozanatni saqlashga intildim, to‘pga o‘ynaganim yo‘q. Qo‘limni olib qochishga ulgurmadim. Uni qayoqqa yashirishim mumkin edi?», - deya e’tiroz bildirdi Abel. Zayniddin Zidanning «nuqta»dan yo‘llagan aniq zarbasidan so‘ng portugaliyaliklar hakamni siquvga oldilar.

Nunu Gomesh esa unga qarata o‘z futbolkasini uloqtirdi: «Hakamga futbolkamni sovg‘a sifatida qabul qilishini taklif etdim. Shu tariqa uning qanday ajoyib jamoani «sindirganini» bir umr eslab yurishini istagandim. Hakam taklifni rad etgach, libosimni uloqtirishga majbur bo‘ldim».

Hakamni haqorat qilgan Abel esa 6 oy muddatga futboldan chetlatildi. Rejalashtirilmagan «ta’til»dan unumli foydalanishni maqsad qilgan himoyachi avlodlari yurti - Mozambikda ro‘y bergan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashdi.

E’tiborlisi, Abel Shavyer «Everton»dan «Liverpul»ga o‘tishga ham jur’at topdi. Odatda, azaliy raqib tarkibiga qo‘shilgan futbolchini ikki tomon muxlislari ham xush ko‘rmaydilar.

Biroq Shavyer bundan mustasno: «Albatta, bu ajabtovur holat. Liverpulga yo‘lim tushib qolsa, har ikki jamoa muxlislari menga hurmat ko‘rsatishadi. Bu kabi e’tibor hammaga ham nasib etavermaydi. «Liverpul» safida derbida maydonga tushgan kezlarimda ham muxlislar samimiy qarshi olishgan, hech qanaqa hushtakbozliklar bo‘lgan emas».

Portugaliyalik himoyachining keyingi faoliyati ashaddiy sayyohning kundaligini eslatadi: «Galatasaroy», «Gannover», «Roma», «Midlsbro»... Ingliz jamoasi bilan Abel UYEFA kubogi finaligacha yetib borgandi. Afsuski, keyin doping nazoratidan o‘ta olmay, 1 yilga diskvalifikasiya qilindi.

Butsalarini mixga ilganidan so‘ng Shavyer Islom dinini qabul qildi, endi uning ismi - Faysal. «Galatasaroy»da to‘p surgan paytim qalbimda Islomga e’tiqod uyg‘ondi. Hayotning og‘ir damlarida aynan u menga ko‘makchi bo‘ldi», - degandi sobiq himoyachi keyinchalik.

Shavyer Gollivudda omadini sinab ko‘rdi - qovushmadi. Biznesda ham ishi yurishmadi: faoliyatini boshlaganiga hech qancha bo‘lmasdan, 1,5 million yevrolik qarzga botdi. Ammo murabbiylik sohasida ishi baroridan kelmoqda. U Portugaliyaning 2-liga jamoalarida tajriba to‘plagach, Mozambik termasini qabul qildi.

Jamoaning yagona salbiy jihati shuki, u uchun yaratilgan shart-sharoitlar talab darajasida emas. Boisi, Mozambik, uran, titan va tabiiy gaz kabi boyliklarga ega bo‘lsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan emas.

Faysal esa jamoaga baholi-qudrat yordam berishga ahd qildi. «Qalb amri bilan ishga qo‘l urdim, - deydi murabbiy. - Vazifam - faqat futbol maydonida g‘alaba qozonish emas, balki o‘yinchilar uchun sharoit yaratish, ularning turmush darajasini ko‘tarish».

Darvoqe, Shavyer Mozambikda tug‘ilgan. U payt mamlakat Portugaliya tasarrufida edi. Muxolif kuchlarning kolonial tuzumga qarshi urushi kuchayib ketgach, Abel ota-onasi bilan Portugaliyaga ko‘chib o‘tgandi.

«Chindan ham, Shavyer terma jamoa ravnaqi yo‘lida katta ishlarni amalga oshirmoqda, Portugaliyada yig‘inlar tashkil etmoqda. Muxlislar uning faoliyatiga ijobiy baho berishmoqda, uni hurmat qiladilar», - deydi mozambiklik muxlis Santush Ernesto Niguani.

Jurnalist Devid Nyassingo ham vatandoshi bilan hamfikr: «Shavyerning sa’y-harakatlari evaziga jamoa muxlislarni stadionga qaytardi, uning obro‘si oshdi. Lekin hozircha natijalar bobida maqtana olmaymiz».

Mozambik Afrika millatlar kubogi-2019ning saralash bosqichida Zambiya, Gvineya-Bisau hamda Namibiya bilan bir guruhdan joy olgan.

Dastlabki turda Zambiyaga yo‘l olgan Abel Shavyer shogirdlari safardan kichik hisobdagi (1:0), lekin to‘liq 3 ochko beradigan muhim g‘alaba bilan qaytishdi. Boshlanishi chakki emas!

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:03, 08.05.2018. O'qildi: 4196 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 6
2 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 4
5 Нефтчи Zoran Marushich 4
6 Бунёдкор Luis Kachorri 4
7 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 3
8 ОКМК Ali Abdurahmonov 3
9 Бухоро Shohruz Norxonov 3
10 Пахтакор Umar Adhamzoda 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.